Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hamkorlik
#Milliy_gvardiya
#53008_harbiy_qism

🤝Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi, 53008 harbiy qism o'rtasida o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda chavandozlar maktabiga jalb qilish yuzasidan 2023-2024-o'quv yilida hamkorlikda amalga oshiriladigan CHORA-TADBIRLAR DASTURI tasdiqlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_sertifikati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📑 Maktabimizning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan, 10-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Dilmira IELTS dan 6 ball olib, Level B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

🔶 O‘quvchimizning ota-onasi va barcha ustoz-pedagoglarimizni ushbu quvonchli xabar bilan qutlaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Dars_jarayoni

🔰 Joriy yilning 21-sentabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shixova Muqaddas tomonidan 11-"A" sinfida adabiyot fanidan "O‘tkan kunlar" asari yuzasidan bahs-munozara darsi" mavzusidan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Mashg‘ulotda obrazlar tahlili, maktublar, asar g‘oyasi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Mustaqil ish sifatida slaydlar, videorolik shaklida ijodiy ishlar tayyorlandi.


🔻O‘quvchilar mashg‘ulot davomida faol ishtirok etishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Yosh_kitobxon
#Mahalla_bosqichi

📚 Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining joriy yil 20-22-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi start oldi.

📖 Mahalla bosqichida bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok qilishdi.

➡️ Ishtirokchi o‘quvchilarimizga keyingi bosqichlarda ham munosib ishtirok etishlarini, yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Vatan, yuragimga sig'maysan netay?!

Olovingda kuysam, qochmay sevaman,
Suvlaringda cho'ksam, chiqmay sevaman,
Osmoningga uchsam, tushmay sevaman,
Yiqilsam, o'rnimdan turmay sevaman,
Nima qilishimni bilmay sevaman,
Vatan, yuragimga sig'maysan netay?!
Mehrim va sevgimdan ulkansan netay?!


:Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

—————
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning kanalda👇
Kanalga ulanish uchun👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
📖 Koʻp kitob oʻqisa nima boʻladi?

😊Ko‘p kitob o‘qigan kishi o‘zining boy so‘z zahirasi tufayli hamisha yaxshi suhbatdosh bo‘ladi.

🧑‍🎓 Mutolaa bizga kimdir yillab o‘rgangan narsasini qisqa muddatda bilib olishimizga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#DIQQAT_TANLOV

1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining viloyatimizdagi Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlari o'quvchilari uchun "Ustozimga dil izhorim" nomli tanlov e'lon qiladi.

♻️ Tanlovda mo‘tabar ustozlar bayramiga bag‘ishlangan nazm, rasm va video rolik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi.

📝 Ijodiy ishlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

1- NAZM(she’riyat):


  📎 - Bunda ustozlar bayramiga munosib tarzda ularni e'tirof qiluvchi noodatiy topilma so‘zlardan foydalangan holda ijod namunasi aks etgan bo‘lishi;
📎 - Mualliflik 📝 sheʼridan faqat bittasini jo'natishi;
📎 - Ishtirokchi tomonidan 4 qatordan 24 qatorgacha boʻlgan sheʼr taqdim etilishishi mumkin.
📎 - Yozgan sheʼringizni elektron shaklda
@XorunMuso telegram manziliga taqdim etishingiz talab etiladi.
❗️Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz, she'riy qonun-qoidalarga amal qilingan va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak
. Eng yaxshi ijodiy ishlar rasmiy kanallarimizda yoritib boriladi.

2. RASM

🌠 Ushbu yo'nalishda ishtirokchilar o‘zi tomonidan mavzuga oid ijodiy ishlarini taqdim etishi;
🌠 Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini elektron shaklda
@XorunMuso manziliga jo‘natilishi lozim.
  ❗️Baholashda ishtirokchining ijodiy ishi noodatiyligi, o‘zgacha topilmalarga boyligi, mavzuning ochib berilganligi inobatga olinadi.

3. VIDEOROLIK

🎞 Ushbu yo‘nalishda qatnashish istagidagilar sinf bilan hamohanglikda guruh shaklida yoki yakka holda mavzuga doir tayyorlangan original videorolikni taqdim qilishi lozim.

🎞 Videorolik davomiyligi 1-5 minutgacha, hajmi 120 mb gacha bo‘lishi lozim

🎞 Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini elektron shaklda @XorunMuso ga jo'natishi kerak.
❗️Baholashda ishtirokchilarning videorolik qoidalariga rioya qilganliklari, mavzuning ochib berilganligi inobatga olinadi.

Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 30-sentabr sanasigacha qabul qilinadi.


Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g‘oliblar:
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi rasm (1,2,3-o’rin)
4. Eng yaxshi videorolik (eng yaxshi sinf yoki yakka ishtirokchi) (1,2,3-o’rin) kabi yo’nalishlarda aniqlanadi. Gʼoliblar bayramona tadbirdagi taqdirlash marosimida e'lon qilinib, ularga diplom va maxsus sovg'alar topshiriladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi