Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#adabiy_tadbir

"OGAHIY ASARLARIDA TABIAT MANZARASI" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI.


🔰Joriy yilning 15-sentabr sanasida Xiva ahli va ijod maktabi o'quvchilari uchun ajoyib kun bo'ldi. Xiva Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamkorlikda o'tkazgan "Ogahiy asarlarida tabiat manzarasi" nomli adabiy tadbirdan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Xushxabar
#bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi Respublika "QIZLARJON" klubi hamda "EZGULIK" gazetasi hamkorligida "O'zbekistonim" nomli ijodiy tanlovini e'lon qilgan edi. Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati  tomonidan baholandi.
Unga ko'ra "Eng yaxshi hikoya" yo'nalishi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi, maktabimizda faoliyat ko'rsatayotgan Jumanazar Yo'ldosh rahbarligidagi "Ijodiy to'garak" a'zosi Nurmamatova Oygul o'zining "Yangi nafas" hikoyasi bilan birinchi o'rinni egalladi.

   Gʻolib o'quvchimizni  tabriklaymiz!  Quvonarlisi, uning ijodiy ishi "Ezgulik" gazetasining keyingi sonida nashr etiladi. Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Mustaqilligimizning🇺🇿 32 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi Respublika "QIZLARJON" klubi hamda "EZGULIK" gazetasi hamkorligida "O'zbekistonim" nomli ijodiy tanlovini e'lon qilgan edi. Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.
Unga ko'ra O'zbekistonimizni tarannum etuvchi ijodiy ish yo'nalishlaridan

🔰Eng yaxshi she'r;
🥇-o'rin (12)Mahliyo Isaqulova
🥈-o'rin (2)Sabina Abdulazizova
🥉-o'rin (11)Sobirova Parvarish
(65) Shaxzoda Salohiddinova

🔰Eng yaxshi hikoya;
🥇-o'rin (49)Nurmamatova Oygul
🥈-o'rin (68)Abdullayeva Feruza
🥉-o'rin (16)Mahfiratxon Abdurahmonov

🔰Eng yaxshi maqola;
🥇-o'rin (8)Ozodabonu Rustamova
🥈-o'rin (33)Tohirova Malikabonu

🔰Eng yaxshi rasm;
🥇-o'rin (22)Tilovova Diyora
🥈-o'rin (25)Ibragimova Rushana
🥉-o'rin (39)Sultonova Sevara

🔰Eng yaxshi video rolik:
🥇-o'rin (36)Soipova Mashrabxon
🥈-o'rin (57)Salimova Jasmina
🥉-o'rin (37)Nommurotova Go'zal

https://t.iss.one/ezgulik85
"AJAB OHANGU NAVOLAR"
❇️ 15-sentabr kuni Xorazm viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida "Tillarni o'qitish metodikasi" kafedrasi ona-tili fani o'qituvchilari guruhi ishtirokida Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova bilan o'zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili, ulug' davlat arbobi,g'azalnavis ajdodimiz Ogahiy dahosining yetuk ijod yo'li borasida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
❇️Adabiyotshunos olima tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.4 ta kitob, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan 50 dan ortiq maqolalar muallifi Madina Matyoqubova 2000-yilda "Ogahiy lirikasida kichik janrlar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan."Ogahiy" nashriyotida nashrdan chiqqan "Ajab ohangu navolar" nomli kitobi taqdimoti va mahorat darsi bo'lib o'tdi.
❇️Markazi matbuot xizmati
🌐Telegram / (
https://t.iss.one/xorazmmalaka) veb-sayt (https://xmoi.uz/)
O‘quvchilar o‘rtasida asosiy olimpiada nechta bosqichda o‘tkaziladi va g‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?

VMning qaroriga ko'ra, maktab o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi:

➡️ asosiy olimpiada;
➡️ qo‘shimcha respublika olimpiadalari;
➡️ onlayn olimpiada;
➡️ nufuzli xalqaro olimpiadalar;
➡️ mintaqaviy xalqaro olimpiadalar.

Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

➡️ 1-bosqich – maktab, akademik lisey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;
➡️ 2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
➡️ 3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
➡️ 4-bosqich – respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida.

🏢 Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari MMTV tomonidan tasdiqlanadi.

📌 4-bosqichda maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari qatnashadi.

🏆 Har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.

Asosiy olimpiada g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

➡️ 3-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

● 1-o‘rin – BHMning 6 baravari;
● 2-o‘rin – BHMning 4 baravari;
● 3-o‘rin – BHMning 3 baravari.

➡️ 4-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga:

● 1-o‘rin – BHMning 12 baravari;
● 2-o‘rin – BHMning 8 baravari;
● 3-o‘rin – BHMning 6 baravari.

🧾 Shuningdek, 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

🎓 Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
#Xushxabar #Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Ijod_maktablarida_ilk_bor
#Turk_tilini_bilish_xalqaro_sertifikati

🇹🇷Avval xabar berganimizdek, Ogahiy nomidagi ijod maktabida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, turkiyalik o‘qituvchi Ogun Yavuz ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro TYS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📑 Maktabimizning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan, 11-"A" sinf o'quvchisi Zarina Bahodirova turk tilidan Level B2 darajasini qo‘lga kiritganligi haqidagi sertifikat bugun Turkiyadan yetib keldi.

🔶 O‘quvchimizning ota-onasi va barcha ustoz-pedagoglarimizni ushbu quvonchli xabar bilan qutlaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma narsaga oddiy qarashni to‘xtating!

"Men buni bilardim", "Har doim hammasi shunday bo‘lgan", "Hammasi tushunarli", "Hech narsa yaxshi bo‘lmaydi" degan so‘zlardan qoching.

Yangiliklarga ochiq bo‘ling. Har bir yutuq odatiylikning emas, balki izlanish va yangiliklarga o‘ch bo‘lishning ortidan keladi. Komfort zonadan chiqmaydigan va odatiylikka moslashganlar yutuqlarni ham boshqalarga boy berishi mumkin.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#XUSHXABAR
#TURK_ANTOLOGIYASI

🇹🇷 Turkiyaning “Arslan Bayir - Baygench” nashriyoti tomonidan “O'zbekistonning iste'dodli ovozlari" nomli antologiya nashr etildi.

📖 E'tiborli jihati, ushbu to‘plamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf iste'dodli o'quvchisi Dosimova Zilolaning hikoyasi ham chop etildi.

👨‍🏫 Biz bunday ijodkor o‘quvchlarimiz bilan doimo faxrlanamiz. Ularni e'tirof qilishdan aslo charchamaymiz.



O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi