“Men erkin fikrli jurnalistlar tarafida bo‘lganman va doimo shu pozitsiyada bo‘laman” — Shavkat Mirziyoyev
“Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida gap borar ekan, buni so‘z va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Butun dunyoda jurnalistlar o‘zlari va jamiyatni o‘ylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapirish va yozish huquqi uchun, haqiqat uchun kurashganlar va bundan keyin ham kurashadilar.
Ammo, ishonch bilan ayta olamanki, men erkin fikrli jurnalistlar tarafida bo‘lganman va doimo shu pozitsiyada bo‘laman.
Ayni vaqtda axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon bo‘lishi kerak”, — dedi prezident.
👉 @xushnudbek 👈

Shavkat Mirziyoyev ayollarni qo’llab-quvvatlash haqida:
“Oldimizda turgan yana bir muhim vazifa – jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir.
Maʼlumki, muhtarama ayollarimiz zimmasida xizmat sohasidagi vazifasidan tashqari, farzandlar tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni mustahkamlash, axloqiy-maʼnaviy anʼanalarni davom ettirishdek murakkab vazifalar ham bor.
Shunday ekan, mehribon opa-singillarimizni har qancha qo‘llab-quvvatlasak, arziydi”

Shavkat Mirziyoyev:
Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
O‘zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining maʼnosi deb bilmog‘i kerak!

#Tanlovga
#Mustaqillik_32
NASR
6-ISHTIROKCHI
Qatl qilingan isteʼdod
(Mustaqil Oʻzbekistonimning yosh ijodkorlariga bagʻishlayman)
Gulchehra pastakgina ayvonga oʻtirib mittigina qalbidan chiqqan satrlarni yoza boshladi. Oradan bir soatcha vaqt oʻtib nihoyat tugatdi. Lekin muallifini yozmadi. Bu yozgan sheʼrini ham har doimgidek oʻzining sheʼrlari turadigan "maxfiy joy"ga - ust-boshlari turadigan joyga berkitdi. Keyin u ham dadasi kabi uning "qadrdon uyi" boʻlgan paxta dalasiga joʻnadi.
Uning dadasi haqiqiy paxtakor odam.U kecha-kunduz dalada. Shoʻroga sodiq odam. U boshqalar kabi shoʻro hukumatini yomonlamaydi, siyosatidan norozi emas. Aksincha boshqalar shoʻroning siyosatidan norozi boʻlsa yoki yomonlasa " Tavba deng , shu oʻrislar boʻlmaganda, siz tirik qolmasdingiz" deb koyib beradi. Shuning uchun unga paxta dalasidagi xizmatlari uchun mukofotga hosilining 10 foizini 5 yilgacha hukumat uchlab qolish hisobiga ( pulini qoplash uchun) shoʻro unga yerini haydash uchun traktor berdi. U shu traktor bilan har kun ertalabdan dalaga ketib to xuftongacha qaytmaydi. Gulchehra ham kuni boʻyi oʻsha yerda, faqatgina u ovqat pishirish uchun dadasidan sal ertaroq keladi. Onasi esa qaysidir yillarda Gulchera hali esini tanimagan paytlarda hukumatning majburlashi bilan sanoatda ishlab yurgan kezlarida kasallanib vafot etdi. Shunday qilib oilada faqat Gulchehra dadasi qolgan. Ularning hayoti yuqorida aytib oʻtilgan tarzda o'tadi. Hammasi shu zaylda oʻtayotgandi-yu lekin birdan hukumat paxta ishi deb atalgan qandaydir tadbir eʼlon qildi-yu, yurtda tinchlik buzildi. Tergov, tintuv...
Shu kunlarning birida Gulchehralarning uyga rus askari kelib dadasiga
- Palkovnik Ivanov. Вы Абдуллаев Рустам Касимжонов? Siz paxta ishi tekshiruvida paxta в продаже ayblansiz, - dedi-da qoʼlini bogʼlab olib ketishdi.
Ana shunda Gulchehra yigʼlayverganidan koʻzlari shishib ketdi. Endi qayerga borsin? Endi uning kim bor? Dadasini olib ketgandan keyin oradan bir necha kun oʻtib yana ikki kishi kelib uyga soʻrab ham oʻtirmay kirdi, bir-biriga это сарт собака дом - tintuv qila boshladi va Gulchehraning maxfiy joyida saqlayotgan sheʼrlarni olib ketdi. Gulchehra esa bu 2 kishining sheʼrlarini olib ketishi bilan yuragi ichiga tushib ketdi. Oradan bir hafta vaqt oʼtgach esa qoʻshnilari orasida "Rustamni qatl qilishibdi, uni paxta sotganlikda ayblashibdi shoʻroga qarshi sheʼrlar yozgan ekan" degan gaplar tarqalib ketdi. Gulchehra bunday gaplarni eshitar ekan dadasining oʻlimiga oʻzini va sheʼrlarini sababchi ekanligini tushundi u oʻziga oʻzi
- Nima nima qilarding oʻsha tarixni yozib, nega oʻtmishni qoʻzgʻading? Bilarding-ku, yozish mumkin emasligini! Taqiqlangan narsani yozib jadidlar nima boʻlganligini bilarding. Vatanningni ozod qilaman deb, uning umriga zomin boʻlding shular senga kerakmidi, axir Gulchehra, Gulchehra! U uvvos solib yigʻlab butun uyni boshiga koʻtarardi va
- dadamning oʼrniga seni olib ketishsa boʼlmasmidi, hammasiga sen aybdorsan-ku!- deb yiglab uvvos solardi.
Buni eshitgan qoʼshnisi Robiya xola shosha-pisha kelib Gulchehrani ovuta boshladi.
- Yoʻq qizim aybdor emassan, hamma aybni bu oʻlgur hukumatning oʻzi toʼqib chiqardi. Dadang hukumatning sodiq odami edilar u paxta sotmaydi shunday emasmi?
- Bilaman, lekin dadam sheʼr yozmaganlar ularni men yozganman, - dedi Gulchehra hali ham oʻzini tutolmay.
Robiya xola hayron qolib
- Voy oʻlmasam, sen ham yozmagin-da, - dedi va nima deyishini bilmay qoldi.
- Men yashashga haqli emasman, men dadamning qotili boʼldim. Robiya xola qoʻrqib ketdi.
-Unday dema qizim , oʻlgur paxta ishida qatl etilganlarning oilalarini ham qatl qilmoqchi ekanlar.
Gulchehra indamadi.
- Qizim yosh umring nobud boʼlmasin, oʻzingni ehtiyot qil.
-men qatl qilishlariga haqliman.
- Nafasingni shamol uchursin, esingni yigʻ, qizim, undan koʼra yashirin, - Robiya xola ovozini sekinlatdi.
Robiya xola Gulchehrani yashirinishga bir amallab koʻndirdi va tezda uyiga ketdi.
Gulchehra oʻylanib-oʻylanib qochishga majbur boʻldi....
* * *

Mustaqillik boʼlib Gulchehra yana oʻzining yurtiga qaytarildi undan qanday qilib u yerga borganini va unga buni nima majbur qilganini aytib berar ekan oʻzining koʻz yoshlarni zoʻrgʻa tutib turdi. Shunda odamlardan biri
- Endi sheʼr yozmaysizmi? - deb so'rab qoldi.
- Mening isteʼdodining bir qismi dadam bilan qatl qilingan boʼlsa, yana bir qismi shoʻro hukumati bilan parchalanib ketdi. Qolgan isteʼdod yosh avlodga topshirdim, - dedi-da koʻziga yosh oldi...
✍: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabning 9-"A" sinf oʻquvchisi

7-ISHTIROKCHI
Qafas
(Hikoya)
Yoz o'z vazifasini o'tab,kuz tug'ilgan kunini nishonlayotgan palla...Asli kuz qadam ranjida qilgan bo'lsa-da quyosh nurlarini beminnat sochmoqda.Kattagina ,zamonviy uyning derazasi oldida yuzida ajinlari anchagina bilinib qolgan ,ammo xotirjamlik ufurib turgan yuziga ko'zoynak taqqan keksa otaxon gazeta o'qimoqda.Shu payt yoshi chamasi toʻqqiz-o'n yoshlar atrofidagi bir bola qo'lida nimanidir ko'tarib ,yuzida tabassum bilan kirib keldi.
- Assalomu alaykum,bobojon.Yaxshi o'tiribsizmi?
- Rahmat ,bolam ,yaxshiman. O'zing-chi?Buncha xursand bo'lib qayerlardan kelyapsan?
- Bilasizmi,bobojon,dadam menga nima olib berdilar?
- Sen aytsang bilamanda
- Kabutar.Mana qarang,chiroyli qafasda o'zi ham oppoqqina.Bozorda yurganimizda ko'rib qoldim.Endii mening ham qushim bor.
- Haa ajoyib qush ekan
- Lekin ,bobo, u bozordaligida ham bu yerda ham hech tinmayapti.Qanaqadir notinch.Bozorchi amakidan so'rasam suvi, ovqatini bersang,yaxshi bo'lib qoladi dedi.Men nima qilay ayting?
- Bolajonim,unga o'z uyi,tugʻilib oʻsgan makoni,ya'ni tabiat kerak
- Nega ?Axir men unga qarayapman-ku .Qafasini tozaladim,suvi va donini berdim.
- Ammo o'g'lim u tutqunlikda,qanotlari egik.Masalan,seni bir xonaga qamashsa-yu kunda ovqatingni berib yillar davomida shu yerda saqlashsa,dunyoni ko'rolmasang o'z yurtingda yasholmasang,chiday olmaysan-ku to'g'rimi?
- To'g'ri bobo,-bola biroz boshini egdi,-demak unga ozodlik kerak ekanda
- Ha,bolam, unga ozodlik,tinchlik zarur.Sen hali bu so'zlarning ma'nosini tushunsang-da his etolmaysan.Lekin men his etib ham o'z ko'zlarim bilan ham ko'rib bo'laganman.Bolam,ozodlik bebaho ne'mat.Buni kimlardir anlaydi,kimlardir yo'q.Uning qadriga yetish lozim.
Bobo og'ir xo'rsindi. Ko'z oldidan bolalik yillari, onasining bevaqt o'limi, otasining tuhmat sabab qamalib, so'ng esa Sibirdan o'lim xabarini eshitishi, yetimlikda, sarson-sargardonlika o'tgan yillari, "xalq dushmani"ning o'g'li deb bir necha bor bo'lgan tazyiqlar, keyinchalik esa mustaqillikdan so'ng bo'lgan imkoniyatlar, rivojlanishlar, otasining nomi oqlanib taqdirlanishi barcha-barchasi birma-bir o'tdi.Lekin so'ngida mustaqillk uchun,bu kunlar uchun shukronalar aytib qo'ydi.
- Xo'sh,bolam, tushungan bo'lsang,nima qilishni bilasan-a?
Bobosining jilmayib turgan yuziga qarab bola ham jilmayib qo'ydi va qafas eshigi tomon qo'l cho'zdi.
Osmonda esa minglab qushlar erkin parvoz qilardi.
✍: Masharipova Asaloy,
Ogahiy ijod maktabi 11-"B" sinf o‘quvchisi

8-ISHTIROKCHI
Mustaqillik shukronasi
Saida opa derazaning yonidagi bitta kichikroq kresloda kitob mutolaa qilib dam olayotgan edi. Birdan uning hayolini ko‘chada o‘ynab yurgan bolalarning beg‘ubor ovozlari bo‘lib yubordi. U asta hassasini tutgancha deraza yoniga kelib, pardani qo‘li bilan tortib ko‘chaga qaradi. Qarasa, ko‘chada qo‘shnilarining bolalari o‘ynab yurgan ekan. Saida opa ularni ko‘rib quvonganidanmi yoki bolalik xotiralari esiga tushib qayg‘uga botganidanmi xuddi gullarning bargidan yomg‘ir tomchilari tomayotgandek uning yuzidan ham ko‘z yoshlari oqar edi. U bir pas sukut qildi-da chuqur xo‘rsinib turgan paytida birdan eshik taqqillab qoldi. Saida opa yuzidagi yoshlarini qo‘li bilan sekin artib eshikni ochdi. Ochsa qo‘lida ikkita katta sumkasi bor uning ichi turli noz-ne'matlardan to‘lgan, Saida opaga qarab jilmayib turgan, Xayriya tashkilotidan kelgan Qurbonboy aka turardi. Buni ko‘rgan Saida opaning yuziga allaqanday quvonch hisi yugurdi. Keyin Saida opa Qurbonboyga qarata: -" Kel bolam kel. Xush kelibsan. Uyga kir - deb uni uyiga taklif qildi. Qurbonboy aka ham xursand bo‘lgancha: Assalom-u alaykum, Saida opa yaxshimisiz, meni tanidingizmi? - dedi. Saida opa: Valeykum assalom bolam ha men yaxshiman-u lekin seni tanimayroq turibman. "Opajon men Xayriya tashkilotidan Qurbonboy bo‘laman. Sizga mustaqillik bayrami oldidan turli narsalar olib kelgandim - dedi Qurbonboy aka. "Voy rahmat bolam, kel uyga kir -dedi Saida opa quvonib. Qurbonboy ham uyga kirib qo‘lidagi sumkalarni bir chetda qo‘ydi. Saida opa: " Kel bolam bu yerda o‘tir - deb Qurbonboy akani mehmonxonaga taklif qildi. U ham: Mayli opajon - deb Saida opaning yonidagi stulga o‘tirdi va gap boshladi: Opajon nega ko‘zlaringiz yoshlangan - dedi. Saida opa yuzidagi yoshlarini artib yo‘q bolam yoshlanmagan -dedi. Opajon meni o‘zingizga yaqin olib, ichingizdagi dardlaringizni to‘kavering -dedi Qurbonboy. Saida opa: Mayli bolam balkim dardlarimni senga aytsam yengil tortarman - deya gap boshladi va boyagi voqealarni aytib berdi. Qurbonboy aka sabrsizlik bilan: Saida opa bu ko‘z yoshlarni sababi nimada? - deya savol berdi. Keyin Saida opa: Hozir bu savolingga javob topasan - deb bolalik xotiralarini aytishga tushdi.
Avallari biz otam, onam va ikkita singlim bilan bir oila bo‘lib yashardik. Otam temirchilik qilardi. Onam esa qo‘shni ayollar bilan dalada ishlardi. Men onam daladan kelguncha singillarimga qarab o‘tirardim. Otam va onam topgan pul arang ro‘zg‘orga yetib turardi. Lekin biz baxtli edik. Kunlarning birida bizga urush boshlanganligi haqida xabar keldi. Biz qo‘rqa boshladik. Chunki qo‘shnilarimizning o‘g‘illari urushga ketib yo ulardan qoraxat kelardi yoki urushda jarohatlanib qaytib kelishardi. Kechalari bir-birimizni mahkam quchib yotardik. Atrofda o‘q ovozlari eshitilib uyqu ham bermasdi. Shunday kunlarning birida urushga askar yetmaganligi tufayli otamni ham urushga chaqirishdi. Shu zaylda ro‘zg‘or tebratish onamning zimmasiga tushdi. Onam bechora bir burda non topish uchun qishning izg‘irin sovug‘ida, yozning jaziramasida dalada ishlardi. Oradan biroz vaqt o‘tib otamdan qoraxat keldi. Bu judolikni onamning yuragi ko‘tarolmadi va og‘ir xastalikka duchor bo‘ldi. Lekin shunda ham onam bechora bizlarni boqish uchun dalada og‘ir mehnat qilardi. Ming afsuslar bo‘lsinkim oradan birozgina muddat o‘tib onamdan ham ayrilib qoldik. Biz esa yetim bo‘lib qoldik. Men ham onam kabi dalada ishlab singillarimni boqdim. Essiz, shu urush tufayli bolaligim nobud bo‘ldi. Va nihoyat urush tugab mustaqillikka erishdik va biz yetimlar uchun "Bolalar uyi " qurildi. Keyinchalik biz ham shu yerda yashadik.

Urush tufayli bolalarni erkin nafas ololmadi, ko‘chada tengdoshlari bilan o‘ynab yurolmadi, faqat shu o‘q, bomba ovozlari-yu , tinimsiz mehnatda bolaliklari o‘tdi. Men hozirgi kunimga shukronalar aytaman chunki mendek hozirgi avlod ota-onasiz emas va eng asosiysi erkin nafas oladi - deya Saida opa ko‘z yoshlarini artdi. Buni eshitib o‘tirgan Qurbonboy aka o‘ylanib sukunatga cho‘mib qoldi.
✍: Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabi 8-"B" sinf o‘quvchisi
✍: Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabi 8-"B" sinf o‘quvchisi
#Tanlovga
#Mustaqillik_32
NASR
9-ISHTIROKCHI
Anglash
(Hikoya)
Xalq uchun mehnat qilish-kechiktirib bo'lmaydigan vazifadir.
V.Gyugo
Yosh chumoli ko'ng'ilsizliklarsiz,tashvish nimaligini tushunmay,quyosh botishini kutib yashardi.U tamoman hech nimani anglamay yashardi,xuddi muzeyda san'at asarni ko'rgani kelganday,yo'q,adashdim,axir,muzeyga biror bir maqsadda boradilar,u nimaga kelganini anglarmikan...U ham yonidagilar singari mehnat qilardi majburiyat bilan,kelajagi esa tumandek xira edi,hech o'ylab ko'rmasdi yangi orzular va yangi g'oyalarni...U shuni bilardi ,xolos,kelajakda hamma bilan bir xil shu mehnatni qilish.Lekin u intilsa,ixlos bilan orzusi tomon harakatlansa,balki uni ota-onasi,qarindoshlari yoki yashab turgan joyidagi kattalar qo'llab-quvvatlar,"chiqmagan jondan umid" deyishadiku.Uni ko'rganlar faqat ishlash uchun dunyoga keldi deb o'ylashadi.Balki,yangi ijodiy g'oyalar barchani farovon yashashiga va yurtini ko'klarga ko'tarishiga sabab bo'lar,ammo kim o'ylaydi,kim qayg'uradi bularni...Qari chumolilar ko'rgan-kechirganlarini gapirish bilan kuni o'tsa,yosh chumolilar-chi,ular faqat majburan o'qish bilan va undan so'ng ota-onalariga yordam berish bilan o'tsa,amqsadsiz hayotni nima keragi bor.Yo'q,ota-onasi undan tashvishlana boshlashyapti,uni bu dunyoga nimaga kelganini va yurtiga nafi tegishi kerakligini o'ylab necha kundan beri tinchi yo'q.
Bu hikoyani bobom birinchi marta maktabga borish kunida yoniga olib aytib bergandi.O'shanda "qizim,sen nima deb o'ylaysan,yosh chumoli nima qilish kerak" deb savol bergandilar.So'ng dadam chaqirib qolganda,men savolga javob o'ylab o'tirmasdan yugurib oldilariga chiqgandim.O'sha kundan so'ng bobom ham indamagandi,meni ham esimdan chiqib ketgandi.Bugun bir voqea sabab yodimga tushdi...
Birinchi,inson o'zligini anglashi lozim deb o'yladim,xalqiga foydasi tegishiga harakat qilsa,farzandlariga bilim olishi uchun sharoit yaratib bera olsa,albatta,jamiyat bunga yordam beradi.Ulg'aygan sari dunyoqarashim o'zgarib bormoqda,fikrlarimga tayanib sizga javob bera olarman.Keyin o'zim o'ylab qoldim,o'ylarim meni boshqa tomonga olib bordi...Ular meni bejiz o'qitishayotgani yo'qdir,kelajakda faqat ochdan o'lmaslik emas,balki,xalqimga yordam berishim va uni rivojlanga davlatga aylantirish uchundir.U o'ylar meni u tomondan boshqa tomonga eltishdi."Bobo,sizning xalqimizning rivojlanayotganiga hissangizni qo'shibsiz,eshityapsizmi?Menga ishoning,men xalqimiz ko'rsatayotgan va sizlarning bildirayotgan ishonchingizni oqlayman,albatta!Qaniydi,eshita olsalar.Balki,his qilayotgandirlar...Balki,bilib turgandirlar,men ularga aytmoqchi bo'lganlarimni yon daftarimga sevinib yozayotganimni...
✍: Mamatsolayeva Gulir'ano,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

Shavkat Mirziyoyev
Assalomu alaykum hurmatli eldoshlar, aziz ustozlar, soha jonkuyarlari, qorako'z farzandlarimiz va qadrli ota-onalar!
Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi sizlarni Vatanimiz istiqlolining oʻttiz ikki yilligi bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad yor boʻlishini tilaydi!
Goʻzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon boʻlsin!
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
—————
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💎 " Iqror "
✍ Muhammad Yusuf
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.

Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!
#mustaqillik32
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

🇺🇿Aziz yurtdoshlar , sizlarni eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz, Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo‘lidagi islohotlar muvaffaqiyatini taʼminlovchi qudratli kuch ham - mustaqillikdir.
Oilangizga tinchlik-totuvlik, rizqi butunlik, farovon hayot va mustahkam sog‘lik tilab qolamiz!
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Summativ_baholash
🖇 Yangi baholash tizimi bo'yicha Ogahiy ijod maktabining trener o'qituvchilari N.Abdullayev hamda N.Samadovalar tomonidan
➖Xiva shahar 11-son maktabda tashkil qilingan darslardan lavhalar
29.08.2023
✔️Xiva shahar 11-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga "Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida mahorat darsi oʻtildi. O'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
🌐 Telegram | Facebook

ERK QO'SHIG'I
Taqdir yozmagaydir farzand dog'ini,
Hech banda boshiga, hatto yog'iyni,
His qilsa kimda-kim bilgay ohini,
Kayxusrav yetkazgan zulm-zo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Mensimay raqibin qo'ygan chohini,
El deb qurbon qildi ko'z qarog'ini,
Balandroq ko'tarib jang yarog'ini,
Tan olmay To'maris tanglik, xo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Doro yov bu yurtga qilganda qahr,
Shiroq jasorati moziyga muhr,
Tinchlik deb ishlatdi hiyla-yu makr,
Qay jazoga mahkum etgan sho'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Chingizxon lutf qilib berganda imkon,
Chiqib ketmoqlikka yurtidan omon,
Taklifin rad etib eli uchun jon-
Berolgan Kubrodan o'rgan sherlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tomiringda oqar Jalolning qoni,
Tan berdi fotihi-mo'g'illar xoni,
Vatan desang ko'zga ko'rinmas joni,
Panaga qochmadi, bilmas g'o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Ajdodlardan meros bizga bu Vatan,
Erk deya ne zotlar ketdi bekafan,
Qodiriyga soxta hujjatlar rasman
To'plashdi tan olmay, tanlab o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tong yulduzing ko'kda bemavrid balqdi,
Qora kunlar qancha ko'zda yosh qalqdi,
Erksevar Cho'lponing kuyladi xalqni,
Buzilgan o'lkada mavjud kirlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Yurt qayg'usin dilga tuyganda Fitrat,
Duch keldi bu yo'lda unga ko'p zahmat,
Ruhin shod etaylik qilib ziyorat,
So'nggi makonini handaq, go'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Qayinlar yaprog'i emas bu hazon,
Bu–Usmon qalbida zang bosgan armon,
Dohiyni alqagan , ey mash'um zamon,
Xatosi bilmadi senga jo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Millat ravnaqi-chun qilgan ishtirok,
Ziyoliga hukm: Qilinsin halok!
Onalar faryodda, yoqalari chok,
Qonli yoshlar "hadya etdi" ko'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tarixda eng mudhish,eng jirkanch onlar
Begunoh to'kildi qirmizi qonlar,
Bemavrid uzildi minglagan jonlar,
Shular evaziga kelgan NURLIKNI,
Qadriga yetaylik bunday HURLIKNI!
✍ SAIDA SAFO
Shoira, Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
Islom Abdug'aniyevich Karimov (1938–2016) – o'zbek xalqining ulug' farzandi, mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.
Birinchi Prezident I.A. Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og'ir 78 yoshida vafot etdi.
Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida (2017-yil 31-avgust), Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktabr) uning haykallari tantanali ochilgan.

#Yangiliklar
⚜ O‘zbekistonda 1-sentabrdan
muzey va ziyoratgohlarga kirish 18 yoshga to‘lmaganlar uchun bepul
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, bunday imkoniyat bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida joriy etilmoqda.
Respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar madaniy meros obyektlariga, jumladan, ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirishi mumkin bo‘ladi.

Vatan ichra vatan maktab!
4-sentabr-Bilimlar kuni! Farzandlarimizga ilm yoʻllari muborak boʻlsin!
Har burchida porlar oftob,
Har qarichi qutlugʻ kitob,
Har tutqichi yorugʻ xitob,
Vatan ichra vatan maktab!
Yoʻllaringda mayoqdir u,
Mangu oʻlmas saboqdir u,
Yuragingda bayroqdir u,
Vatan ichra vatan maktab!
Jaholatning eshigin yop,
Yovuzlikning ildizin chop,
Maʼrifatning kalitin top,
Vatan ichra vatan maktab!
Bilki, ilm yolgʻiz najot,
Uchay desang boʻlar qanot,
Ilm-hayot, ilm-mamot,
Vatan ichra vatan maktab!
Gʻanimatdir har bir oning,
Kitob boʻlsin jismu joning,
Yuksalgaydir togʻday shoning,
Vatan ichra vatan maktab!
Buyuklarning bari jamdir,
Millat uchun sharaf, shaʼndir,
Qancha sevsang, shuncha kamdir,
Vatan ichra vatan maktab!
Sayyorani yoritgan nur,
Har zarrasi bebaho dur,
Ozod elda obod va hur
Vatan ichra vatan maktab!
Sayyora Samandar.
@Samandarqush

🔔“MAKTAB”
Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab.
O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.
Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.
Necha yovdan qaqshagan bu aziz tuproq,
Qadim janglar guvohi har dala, so'qmoq.
Buyuk yurt tarixin anglab g'urur to'plang,
Mard bobongiz Temurbekdek turing ogoh.
O'qing, idrokli posbonlar kerak yurtga,
Shiroq yanglig' pahlavonlar kerak yurtga.
Surib davron, Vatanda xon bo'ling doim,
Qadoqqo'l bu elga darmon bo'ling doim.
Shahar tiklang, oching dunyo sari yo'llar,
Nomi besh qit'ada doston bo'ling doim.
O'qing, ongli qizu o'g'lon kerak yurtga,
Qodiriy, Nodira, Cho'lpon kerak yurtga.
Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang,
Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang.
Zamondan-da yurib ilg'or, bo'lib koshif,
Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang.
O'qing, qudrat ila shuhrat kerak yurtga,
Ma'rifatga tashna millat kerak yurtga.
Ma'rifatsiz elat maqsadda jam bo'lmas,
Ma'rifatli o'lka yotga qaram bo'lmas.
Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir,
Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo'lmas.
O'qing, fikri yorug' avlod kerak yurtga,
Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga.
✍️Anvar Obidjon
2023-2024 o‘quv yili barchamizga hayirli kelsin!

#Ogahiy_ijod_maktabi_arxividan
Ushu videorolikda Siz Ogahiy ijod maktabiga dastlabki gʻishtning qoʻyilishidan boshlab, faoliyatining ilk qadamlari bilan qisqacha tanishasiz.
Videorolikda atoqli shoir Muhammad Ismoilning "Ijod maktabi bolalariga" sheʼridan foydalanilgan.
Sheʼrni Sarvar Abdullayev oʻqidi.