Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Quyidagi havolalar orqali ijod maktablarining imtihon jarayonlari haqidagi foto va video materiallar bilan tanishishingiz mumkin.

📝 IJOD MAKTABLARI:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Танлов эълон қилинади

“ВАТАН УЧУН ЯШАЙЛИК!”

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ватанимиз мустақиллигининг 32 йиллигига бағишлаб она диёримизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, жонажон Ўзбекистонимизнинг буюк келажаги йўлидаги улуғвор янгиланишлар, фидойи замондошларимизнинг ёрқин сиймолари акс эттирилган, юксак маҳорат билан ёзилган бадиий-публицистик мақолалар, очерклар, насрий ва шеърий йўналишдаги энг сара асарларнинг анъанавий “Ватан учун яшайлик!” Республика танловини эълон қилади.
Танловга 2022 йилнинг 1 августидан 2023 йилнинг 15 августига қадар республикамиздаги вақтли матбуот ва адабий нашрларда эълон қилинган ёки китоб ҳолида чоп этилган бадиий-публицистик мақолалар, очерклар, насрий ва шеърий йўналишдаги асарлар тақдим этилиши мумкин. Уларда замондошларимизнинг фидокорона меҳнатлари, заҳматкаш халқимиз амалга ошираётган бунёдкорлик ишлари, ижтимоий ҳаёт, маънавий-маърифий соҳалардаги оламшумул ўзгаришлар, буюк аждодларимизнинг бой илмий ва маънавий меросини ўрганиш ва кенг тарғиб қилиш, халқимизнинг тинч ва осойишта ҳаётини ишончли таъминлаш мақсадида Қуролли Кучлар тизимида олиб борилаётган кенг миқёсдаги ислоҳотлар, китоб мутолааси ва китобхонлик маданияти тарғиботи, юртимиз ободлиги, миллий қадриятларимиз ва ёш авлод камоли, миллий ғурур ва ифтихор, Ватан туйғуси, Истиқлол ғоялари ҳаётий мисоллар, теран фикр-мулоҳазалар билан тараннум этилиши лозим.
Танлов иштирокчилари (муаллиф аризаси ва унинг профессионал фаолияти тўғрисида қисқача маълумот, паспорт нусхаси, манзил ва боғланиш телефон рақамларини илова қилган ҳолда) ўз ижодий ишларини “Ватан учун яшайлик” кўрик-танловига деб кўрсатган ҳолда Тошкент шаҳри, Чилонзор тумани, Бунёдкор кўчаси, Адиблар хиёбони, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси биноси манзилига юборишлари мумкин.
Юборилган ижодий ишлар 2023 йилнинг 18 августига қадар қабул қилинади ҳамда танлов ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.
Танлов ғолиблари Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 32 йиллиги байрами арафасида диплом ҳамда пул мукофотлари билан тақдирланади.

Қўшимча маълумот олиш учун телефон: (71) 231-83-67.

ТАНЛОВГА МАРҲАМАТ, АЗИЗ ИЖОДКОРЛАР
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat, san’at, hunarmandchilik va shu kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” Respublika tanlovini e’lon qiladi.

Batafsil:
https://telegra.ph/VATAN-TARAQQIYOTIGA-MENING-HISSAM-07-27

Murojaat uchun telefon: 71 207 57 00

Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi tashkil etilgan.

2022-2023-o‘quv yilida jami 223 nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirdi.

Bitiruvchilarimizni 187 nafari Xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Bitiruvchilarimizning 33 nafariga Xorijiy Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish bo‘yicha takliflar kelgan. Ushbu bitiruvchilarimiz 5 mln 345 ming grant sohibi bo‘lishdi.

Fan olimpiadalarining Hududiy bosqichida ijod maktabi o‘quvchilari 35 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Birgina 2022-yilda jami 62 nafar o‘quvchilarimizning ijodiy ishlari chop etildi.

Bitiruvchilardan 3 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. Ular:
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabidan
Aziza Hamidolimova (Arizona State University).
Is'hoqon Ibrat nomidagi ijod maktabidan
Dilobar Mahmudxonova (Mizzou - University of Missouri Columbia);
Gulyora To‘ychiyeva (Mizzou - University of Missouri Columbia).

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-avgust - O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

✔️Oʻtkir Hoshimov - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

KUN HIKMATI:

Sodda va buyuk

Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

© "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O’tkir Hoshimov (1941-2013)
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Til ixlosmandlari uchun eksklyuziv — «IBRAT Academy»!

Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikka yo‘naltirmaydi, aksincha muvaffaqiyat sari ilhomlantiradi. Qayerga qarasangiz hamma natijalar haqida gapiradi. Bu natijalarning asl mohiyati esa har kunlik mehnat asosiga quriladi.

🔥 "IBRAT Farzandlari" loyihasi — ana shu mohiyatni anglagan holda, harakatdan, izlanishdan to‘xtamaydiganlarga til o‘rgatish va ularni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan!

⚡️Bugun ana shunday maqsad ovchilari uchun yaratilgan «IBRAT Academy» ilovasini taqdim etamiz! Ushbu ilova xorijiy tillarni o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha uchun muhim va manfaatli bo‘lishiga ishonamiz 😊

▶️ Ilova taqdimotini hoziroq quyidagi havola orqali tomosha qiling.

🔗 Havola: https://youtu.be/SgudttNC2bk

P. S. Unutmang, siz ham "IBRAT Farzandlari"dansiz! 😉

🔵 @ibratfarzandlari
#Yangi_loyiha
#Men_oʻqigan_kitob

“O’NTA NEGR BOLASI”
Agata Kristi


Agata Mari Klarissa Kristi— ingliz yozuvchisi. Detektiv janr
ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi.


Asar mavzusi:

Asar detektiv janrning nodir na'munasi o'laroq, ifoda yo'sinining sirliligi, favqulodda kutilmagan vaziyatlarga boyligi, asar boshidan oxirigacha kitobxonlarni qiziqtirib, fokusni yo’qotmasdan tutib turolishi bilan ajralib turadi. Asarda intihoda hamma har bir qilgan jinoyati uchun javob berishi haqida so’z boradi.

Asardan kelib chiqadigan g’oyalar:


• Asar bir-biriga o’xshamagan 10 xil taqdirni o’z ichiga qamrab olad.Turli tabaqa vakillari bo’lgan bu shaxslar orolga maxsus telegramma taklifi bilan kelishib, o’zlarining bir vaqtlar amalga oshirib, ammo qonun jazo berolmagan jinoyatlari uchun javob berishadi.. Bu qahramonlarimizning
har biri o’z jinoyati darajasiga munosib tarzda nasibasini oladi. Asarni o’qigan kitobxon
jinoyat olami oxiri chiqib bo’lmas jirkanch botqoq ekanligi, har bir jinoyatnng jazosi muqarrarligini anglaydi. Shu bilan birga insoniylik unut bo’lib, ta’magirlik, loqaydlik, yashirin jinoyatlar avj olsayu, ularning oldi olinmasa boshqa qator jinoyatlarning “tug’ilishi”ga ham doyalik qilib berilgan bo’lishi yoritiladi. Asarning boshidan oxirigacha voqealar ketma-ketligi asnosida anglatishga urinilayotgan narsa
yozuvchi o’zi yozganidek,qay ko’rinishda bo’lmasin, har qanday jinoyat uchun jazo
muqarrarligi, intiho esa kutilmaganda kelishidir.

Asarning bugungi kundagi ahamiyati:

“If qal’asi mahbusi”asarida keltirib o’tilganidek, qasos insonga lazzat bag’ishlay
olmaydi. Bugungi kunda shiddatli hayotimizda boylik ortidan quvish, nosog’lom raqobatni avj oldirish natijasida yuzaga kelayotgan jinoyatlarni oldini olish, oshkora-pinhon
jinoyatlarni ochiqlab, munosib chora ko’rish uchun ham bu asarni o’qib chiqishni tavsiya
qilaman.

Asar qaysi yosh toifalariga mo’ljallangan?

Asar asosan o’smir yoshdagilar va kattalarga tavsiya qilinadi. Chunki sog’lom fikrli avlodni
tarbiyalab ularni jinoyat olamidan ogohlantirishning eng samarali yo’li kitoblardir

Asarni o’qishga top 5 ta sabab:

1) Voqealar oxirgi nuqtagacha tugun ortiga yashiringanligi o’qirmanni logikani ishga solib tanqidiy fikrlashga undaydi;
2) O’z hayotini isloh qilolmay hirsiga berilgan insonlarga bu noto’g’ri yo’lini anglatadi.
3) Yashirin va oshkora jinoyat, gunohlardan tiyilishga undaydi.
4) Qonun jazo berolmagan jinoyatlar uchun ham jazo muqarrarligini anglatadi
5) Detektiv ixlosmandlari uchun nodir asar.


Ichki konflikt va xulosa:
Ayrim Detektiv ixlosmandlari Uorgreyvning qonxo’r ekanligi, qonun ularni o’ylaganini keyin hech kimning jazo tayinlashga haqqi yo’qligini ta’kidlashadi. Ammo aslida unday emas! Alloh taolo bandlarini haqqini bandasida qoldirmaydi. Kimningdir o’limiga kimnidir
vasila qiladi. Yopiq qozonlar yopiqligicha qolaversa, turaverganidan sasib keyinchalik atrofniyam zararlaydi. Shuningdek Oliy hakam har kimga aybiga yarasha jazo beradi. Asarda keltirilganidek: ”Gunohlarimiz uchun albat jazo olgaymiz”

: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_zavqi
#nazm

She'riyat


: Usmon Azim
🎙: Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
🟦🟦🟦🟦

Bugun 9-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🌍Butunjahon kitobsevarlar kuni.
🟢O'qish – bu shunchaki sevimli mashg'ulot emas, balki turli olamlarga qochish, bilimlarni kengaytirish va tasavvurni rag'batlantirish usulidir. Kitobsevarlar kuni odamlarni kitobxonlikni hayotlarining muntazam qismiga aylantirishga undaydi. Bundan tashqari, kitobsevarlar kunida ijtimoiy media muhim rol o'ynaydi, chunki kitobxonlar #BookLoversDay kabi heshteglardan foydalangan holda o'zlarining sevimli kitoblari haqidagi tavsiyalar va iqtiboslarni baham ko'rishadi.

🌍Butunjahon xattotlik kuni.

🌍Butunjahon tubjoy
xalqlarining xalqaro kuni

🗣Piza minorasining qurilishi boshlandi (1173).

🗣Nagasakiga atom bombasi tashlandi (1945).

🗣Ilk bor Uolt Disney kompaniyasi tomonidan “Bembi” multfilmi ekranga chiqdi (1942).

🔵Ingliz yozuvchisi Isaak Uolton tavallud topgan (1593).

🔵Italiyalik fizik va kimyogar, suvning kimyoviy formulasini kashf etgan Amedeo Avogadro tavallud topgan (1776).

🔵Ingliz yozuvchisi, Meri Poppins haqidagi kitoblar muallifi Pamela Trevers tavallud topgan (1899).

🔵Kinoaktyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Baxtiyor Zokirov tavallud topgan (1962).

🔵Oʻzbekistonlik futbol hakami. Ginnesning rekordlar kitobiga "Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam" sifatida kiritilgan Ravshan Ermatov tavallud topgan (1977).

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi:

Ona tili va adabiyot
Tarix
Matematika

Tasviriy san'at va chizmachilik
Texnologiya(Robototexnika)


💰Oylik maoshi: Pedagog toifasiga bog‘liq.


❗️Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasi va chet tili bilish darajasiga ega bo‘lishlari shart
.
Texnologiya (robototexnika) fanini o‘qitish uchun nomzod robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan Texnologiya yoki Informatika va axborot fani o‘qituvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

📆 Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin: 

☎️ Murojaat uchun telefon:
+998-99-429-59-18

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
😎Xalqaro grantlar g‘olibi bo‘lishning eng samarali 11ta strategiyasi

Aziz yoshlar, Sizlar uchun 12-avgust kuni respublika va xalqaro miqiyosdagi grant hamda stipendiyalarga qanday qilib erishish bo’yicha bepul webinar tashkil etilyapdi.

Webinar spikeri Iroda Ismailova - Germaniya Federativ Respublikasi Fridrix Shiller universiteti xalqaro magistratura bosqichi bitiruvchisi bo‘lib bugunga qadar Prezident stipendiyasi, xalqaro DAAD magistratura stipendiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi Bundestag Prezidenti stipendiyasi, ERASMUS+ stipendiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyasi kabi xalqaro va Respublikamizning 9ta stipendiyalari g‘olibi bo‘lgan.

Webinar 12-avgust kuni soat 10:00da Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo’lib o’tadi.

@yoshlaragentligixorazm