#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun
Yozilmagan qonun.
Kun xayr bilan nurlandi. Qishloq ahli tong yorishmasdanoq o'z yumushlariga sho'ng'ib ketishgandi. Bog'bon ham asta o'z ishiga kirisha boshladi. Bog'chasida gulzor oralab qurigan gullarni asta ajratib olar, ba'zilaring qurigan shoxlarini qirqardi. Ba'zilarini tagini yumshatardi. Gulzor ahli o'zaro shirin suhbat qurishardi . Turfa gullar o'zaro so'zlashar, daraxtlar-u o'simliklar ham ularni suhbatini maroq bilan tinglashardi. Bog'bon ham o'zicha bu suhbatlardan bahramand bo'lib , o'z yumushlarini asta bajarayotgandi. U har kun shu gulzorga , bog'chaga qarardi. Ular orasidan hech chiqgisi kelmasdi.
Daraxtlar o'zaro :
- Hoy , shaftoli. Seni ham pishib qolibsan. Vaqtida terib olishmasa, anavi o'rikni ahvoliga tushasan. Mevalaring , hosiling uvol bo'ladi. Bultur ko'rding-ku, olmavoy qancha hosil qilgandi. Vaqtida terishmadi, unda tashqari hosili ko'pligi uchun shoxlari chiday olmadi. Sinib ketdi.
- Bultur tura tursin, hozir ham bog'bonning tirranchasi dastidan tinchlik yo'q-ku. Shoxlaringa osilaverib tinchlik bermaydi. Uni ko'rsam a'zoyi- badanim junbushga keladi.
- Ey, anovi ahmoq borku. Bog' chekkasida o'sayotgan . U o'sha tirranchasi yaxshi ko'radi. Tirrancha esa nuqul bizga yopishgani yopishgan. Tutni yonidan ham o'tib ketmaydi. Kuzakda yoniga qish uchun o'tin g'amlashga bormasa, umuman unga yaqinlashmaydi. Tut esa u bilan vaqt o'tkazgisi, soyasida dam bergisi keladi.
Shu payt ayvonda shovqin ko'tarib , bog'bonning tirranchasi o'rtoqlari bilan paydo bo'ldi. To'rtalasi bog'ning to'rt tomoniga qarab chopqillab ketishdi. Tirranchaning o'rtoqlaridan biri tutning oldiga bordi va kichkina-kichkina shoxlarida uch-to'rttani yulib olib, o'rtoqlarigayam berdi. Gulzor orasida yurgan bog'bon shovqin solayotgan bolalarni ko'chaga haydadi va o'z ishini davom qildirdi.
Tushlik payti. Jazirama. Hamma yoq lov-lov yonardi. Bog'bon tushlik qilish uchun gulzordan chiqdi.
" - Ey, qarasang-chi. Ayvon labidagi kim ekan. Rosa kelishgan , chiroyli ekan-a?!
- Yo'g'ey, unaqaga o'xshamaydi-ku. Turqiga qara. Sovuqligini.
- Bilmadim. Menga yoqib qoldi. Mag'rurligini. Hech kimni nazariga olmaydi-ku.
- Ey, qo'ysang-chi... "
U hech kimga e'tibor bermasdan kelishgan gulqaychini kuzatardi. Bor o'y-u hayoli unga qaratilgandi. Shu alfozda kech tushdi. Tun hamma yoqqa o'z ko'rpasini yozib ulgurgandi. Barcha shirin uyquda orom olayotgan bir paytda ham u gulqaychini kuzatardi. Shu kech gulning ko'ziga uyqu kelmadi. To sahargacha uni kuzatdi. Oy shu'lasida u yanayam chiroyliroq bo'lib ko'rinardi...
Kechasi ko'ziga uyqu kelmagan gul ertalab kech ochildi. Ko'zini ochgan zahoti , xushbichim gulqaychini izlay boshladi. Kechagi joyidan qaradi . Yo'q. Topolmadi. Bir marta hammayoqni ko'zdan kechirdi. Bir payt quyosh nuri tushib yaltiragan bir narsa e'tiborini tortdi. Gul hayratdan dong qotdi. Xushbichim gulqaychi bog'bon qo'lida. Gulqaychi bilan bog'bon gullardan guldasta yasayotgandi. U chiroyli gullarni birin-ketin qirqib kelayotgandi. Gul o'ylar girdobiga cho'mgandi. Shu alfozda navbat o'ziga kelishini kutardi...
✍: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Forwarded from Xorazm.uz
Вилоятимизда илк бор умумий ўрта таълим мактаблари, профессионал ва олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган иқтидорли ва ижодкор ёшлар учун вилоят ҳокими стипендияси таъсис этилган эди. Махсус комиссия вилоят ҳокими стипендиясини олиш учун тавсия этилган номзодларнинг ўқишдаги муваффақиятлари, иқтидори ва ижтимоий фаоллигини кўрсатиб берувчи ҳужжатларни Низом талаблари асосида ўрганиб чиқиб, ғолибларни аниқлади.
Бугун вилоят ҳокими стипендияси соҳибларини тақдирлаш маросими ўтказилди. Вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов 26 нафар иқтидорли ёшларга махсус сертификатларни тантанали равишда топширди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

🟦🟦🟦🟦
Bugun 22-iyun haftaning payshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.
🇺🇳Butunjahon tropik o‘rmonlar kuni.
🔴Bu kun tropik o'rmonlarning sayyoramiz salomatligi va farovonligini saqlashdagi ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish uchun nishonlanadi.
🟥Butunjahon tuyalar kuni.
🔴Tuyalar issiq va quruq iqlim sharoitida uzoq masofalarga og‘ir yuklarni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun ko‘pincha “cho‘l kemalari” deb ataladi. Ular qadimdan odamlar tomonidan transport, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda foydalanilgan.
🟥Butunjahon cho'milish kuni.
🔴Bu kun odamlarni band hayotidan dam olishga va suvning afzalliklaridan bahramand bo'lishga undaydi. Bu kun cho'milishning salomatlik, salomatlik va dam olish uchun ahamiyatini targ'ib qilishga bag'ishlangan.
🗣Germaniya Yevropada birinchi bo'lib qarilik pensiyalarini joriy qildi (1889).
🗣Pluton sayyorasining beshinchi tabiiy yo'ldoshi Xaron kashf qilindi (1978).
🗣Diego Maradona, argentinalik futbolchi Meksikada bo'lib o'tgan FIFA Jahon chempionatida Angliya darvozasiga qo'li bilan “Asr goli” ni urdi (1986).
🟢Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi (2018-2021) boʻlgan Inoyatov Rustam tavallud topgan (1944).
🟢Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tavallud topgan (1969).
🟢O‘zbek og‘ir atletikachisi va murabbiyi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mansurbek Chashemov tavallud topgan (1983).
👉 Rasmiy sahifalarimiz: 🕊Telegram |📺YouTube

#Nazm
#4_kun
Bilamanki, bu dunyoda abadlik yoʻq.
Oʻtkinchidir olamlar ham,
Odamlar ham...
Oʻtkinchidir azob bergan bor dardlar-u,
Yuraklarga olov yoqqan achchiq alam.
Kimda muqim oʻrnasharkan baxt degani?
Kipriklari nam bilmagan odam bormi?
Haq yoʻlidan qayrilmasdan yursa hamki,
Gʻiybat sira oʻlchamagan qadam bormi?
Asli hamma gunohkor-u, ojiz banda,
Avvali-yu oxirining gʻamin yemas.
Bu oʻtkinchi dunyolarga dil bermoqlik,
Iymoni pok musulmonning ishi emas!
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#4_kun
Bilamanki, bu dunyoda abadlik yoʻq.
Oʻtkinchidir olamlar ham,
Odamlar ham...
Oʻtkinchidir azob bergan bor dardlar-u,
Yuraklarga olov yoqqan achchiq alam.
Kimda muqim oʻrnasharkan baxt degani?
Kipriklari nam bilmagan odam bormi?
Haq yoʻlidan qayrilmasdan yursa hamki,
Gʻiybat sira oʻlchamagan qadam bormi?
Asli hamma gunohkor-u, ojiz banda,
Avvali-yu oxirining gʻamin yemas.
Bu oʻtkinchi dunyolarga dil bermoqlik,
Iymoni pok musulmonning ishi emas!
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun
Alvon lolalar.
Kun xayr bilan nurlandi. Quyosh allaqchon olam bozoriga o'z zeb-ziynatlarini yozib ulgurgandi. Qishloq ahli allaqachon o'z tashvishlariga g'arq bo'lishgandi.
Nuriya aya nonushta tayyorlagach, qizini olib chiqish uchun xonasi tomon yo'l oldi. Mumtoza har doimgidek deraza oldida. Qo'lida kitob. Derazadan atrofni bexol kuzatardi. Xayolga berilib , onasini kelganini ham sezmay qolibdi:
- Qizim, yaxshi dam oldingmi?
Javob bo'lmadi.
- Ahvoling qanday, kechagidan yaxshimisan? Uxlay oldingmi kechasi?!
Javob o'rniga sukunat yangaradi. Mushtipar ona bu holni qizini injig'ligiga yo'yib, chuqur xo'rsindi-yu, gapini davon ettirdi:
- Mazali nonushta tayyorladim. Qani ketdik, birgalikda nonushta qilamiz. Mumtoza bir nuqtaga tikilgancha, haliyam o'ylar girdobidan chiqolmayotgandi. Nuriya aya asta qizini yetaklagancha ayvonga olib chiqdi.
Ayvon. Ixchamgina hovli. Hashamdor bo'lmagan stol. Kamtarona dasturxon va baxt neligini bilmagan baxti to'kislar. Nonushta chog'ida ham Mumtozadan sado chiqmadi. Haliyam bir nuqtaga tikilgancha nimalarnidir hayol surardi.
- Qizim, Asror kelsa , u bilan birga shaharga tushib , shifokorga ko'rinib kelasanmi?
- Ona... qo'ysangizchi. Men yaxshiman.
Nuriya aya qiziga qarab bir oh tortib qo'ydi va gapini davom ettirdi:
- Ho'p, qizim. Ahvoling yaxshiligini ko'ryapman. Shunday bo'lsa ham bir ko'rinib kelgin. Undan tashqari havo ham almashtirib kelasan.
Shu payt eshikdan Asror kirib keldi. Ular har doimgidek iliq salomlashishdi.
- Kichkina, sen yaxshimisan?
Mumtoza haliyam sukut saqlardi. Sukunat dengizi to'lqinlariga qarshilik qilmasdan , oqim bilan birga suzardi.
Asror Mumtozaning bu ishini har doimgi injig'ligiga yo'ydi. Parvo qilmadi.
- Nuriya aya, qarang sizga nima olib keldim.
Qo'lidagi bir quchoq alvon lolalarni ko'rsatdi.
- Siz uchun ataylab terib keldim, aya,- ko'z qiri bilan Mumtozaga nazar soldi. Mumtoza yuzida ham nim tabassum paydo bo'lgandi. Sezdirmaslik uchun yana o'yga tolgandi.
Asror qo'lidagi lolalarni stol ustidagi guldin solib, kecha olib kelgan lolalarini esa ayvon labiga qo'ydi.
Nuriya aya Asrorni ham nonushtaga taklif qildi. Uchalasi kamtarona dasturxon ustida shirin suhbat qurishdi. Mumtoza bu yerda faqat tinglovchi bo'ldi, xolos. Nuriya aya qizi bilan bo'layotgan suhbatga Asrorni ham qo'shgandi:
- Nuriya aya, istasangiz siz ham biz bilan yuring. Shaharni aylanib kelasiz.
- Yo'g'-a, bolam. Uyda ishlarim bor biroz. Mana Mumtoza bilan...
- Men yaxshiman, juda yaxshiman. Eshityapsizlarmi ?
Yaxshiman,- onasini gapini bo'lib shartta gap boshladi.
Chuqur nafas olub, gapini davom ettirdi.
- Ona, ahvolim yaxshi. Xavotir olmang. Hammasi joyida,- bo'g'ziga nimadir kelib tiqildi va gapirolmay qoldi...
Xonasiga ketib qolish qo'lidan kelmagach, orqasiga o'girilib o'tirdi. Nuriya ayaning ko'zida yosh aylana boshladi. Uni ko'rsatmaslik bahonasida stolni yig'ishtirib oshxonaga kirib ketdi.
Mumtoza bir muddat hamma narsani unutdi. Hamma narsani. Dardi, tashvishlari, og'riqlari, jarohatlari, hatto, o'zini ham. Bo'g'ziga hayqiriqlar kelib tiqila boshladi. Yuzida esa alamli sukut. Sukunat uni allalay boshlagandi. Ko'z buloqlari lablarini sug'ora boshlagandi.
- Asror. Lolazorga borgim kelyapti.
Ortiq bir og'iz so'z ham aytmadi. Asror ham uni yetaklagancha lolazor tomon yo'l oldi. Nuriya aya oshxona oynasidan yoshli ko'zlari bilan ularni kuzatib turardi. Asror unga bir qarashi bilan hamma gapni tushuntirib ketdi.
Yo'l davomida hech kim bir og'iz gapirmadi. Qishloqda sukunat hukmronlik qilardi. Ora-sirada qushlarning sayrashi bu sukunat sarhadlarini buzib o'tardi, xolos.
Lolazor. Ko'ngilzor. Esdan og'dirar darajadagi go'zallik. Joziba. Dardlaringni unuttiradigan darajadagi sokinlik. Hamma yoq xuddi shafaq misol. Hatto, yoshlarning dili ham.

Asror Mumtozaga qaragancha hayol surardi.
- Asror, men baxtli bo'lishni xohlayman.
Asror nima deb javob berishni ham bilmasdi.
- Shifokorlarsiz, dorilarsiz, ozorlar, tashvishlarsiz, og'riqlarsiz, jarohatlarsiz. Charchadim. Hamma narsadan . O'zimdan ham. Hamma narsadan dam olishni istayman. Hamma narsadan.
- Kichkina. Nimalar deyapsan. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Qarab tur. Sen tuzalib ketasan. Lolazorga keyin ikkilamiz kelamiz. Har kuni. Birgalikda. O'zing yurib kelasan.
- Men ham shuni istayman. Lekin qachon..?
- Bir kuni. Albatta, bir kuni. Bugunmasdir, ertagamasdir yoki indinga. Lekin , albatta, bir kuni. O'zing kelasan. Ayamizga birga lolalar teramjz keyin.
- Bir kuni. O'sha bir kunni har kun kutib yashaymanmi?
- Birgalikda kutamiz. O'shanda tez keladi.
Ular vaqt ham rahm qilmasdi. Vaqt daryosi oqishdan to'xtamasdi. Ular esa shirin suhbatdan. Tun ro'molini allaqachon o'rab ulgurgandi. Nuriya aya hovlida ularni kutib o'tirardi. Dasturxonda kechki ovqat. Qizini ko'rib Nuriya ayani yuziga tabassum yugurdi. Ahvoli ancha yaxshi edi. Asror ular bilan xayrlashib, uyiga yo'l oldi. Ona-qiz birga ovqatlanishdi. Shirin suhbat qurishdi. Birgalikda maroqli vaqt o'tkazishdi.
- Ona , rosa charchadim. Uyqum kelyapti.
- Hop , qizim . Hozir xonangga kirgizib qo'yaman. Bugun ko'p sayr qilding axir,- deb kulib qo'ydi.
Nuriya aya aravachani yetaklab xonasi tomon ketayotgan edi:
-Ona, shoshmang. Shu gullarni o'zim bilan olay.
Mumtoza stoldagi lolalarni o'zi bilan olib oldi.
Onasi uni xonasiga olib keldi. Uni yotqizib xonadan chiqayitganida:
- Ona, hammasi uchun rahmat sizga. Boringizga shukur. Sizni yaxshi ko'raman.
- Men ham seni yaxshi ko'raman qizim,-qizini oeshonasidan o'pib, chiroqni o'chirib xonani tark etdi...
Tong xayr bilan otdi. Har doimgidek Nuriya aya nonushta tayyorlab , qizini oldiga yo'l oldi. Mumtoza yana deraza oldida. Kechagi guldon polda sinib yotibdi. ( Mumtozani qo'lidan tushib ketib singan) Lolalar har tomonda sochilib yotgan. Mumtoza qo'lida bugun kitob emas. Qandaydir idish. Bo'sh idish. Qo'li osilgancha yerdagi lolalarni silardi. Nuriya aya ularni ko'rib , qotib qoldi.
- Seni yaxshi ko'rardim qizim...
Hovlida kimningdir ovozi eshitildi:
-Nuriya xola. Kichkina. Qayerdasizlar?
Nuriya aya bir ahvolda hovliga chiqdi.Asror uni ko'rib qo'rqib ketdi.
-Shifokorga boramiz deb chiqqandim.
- Endi shifokor yordam bera olmaydi...
... Mungli yuraklar titraydi. Tillar kalimaga kelmaydi.
-Mumtoza, men yana keldim. Sen yoqtirgan gullarni olib keldim. Bilasanmi, menga bu ayriliqning bir tomoni yoqyapti. Oldinlari mendan gullarimni olmasding. Hozir so'zsiz qabul qilasan. Meni tinglaysan. Tez orada men ham borib qolaman yoningga.
" - Lolalar ochilibdimi?
- Ular qachon so'lgandi..?!"
✍: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
- Asror, men baxtli bo'lishni xohlayman.
Asror nima deb javob berishni ham bilmasdi.
- Shifokorlarsiz, dorilarsiz, ozorlar, tashvishlarsiz, og'riqlarsiz, jarohatlarsiz. Charchadim. Hamma narsadan . O'zimdan ham. Hamma narsadan dam olishni istayman. Hamma narsadan.
- Kichkina. Nimalar deyapsan. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Qarab tur. Sen tuzalib ketasan. Lolazorga keyin ikkilamiz kelamiz. Har kuni. Birgalikda. O'zing yurib kelasan.
- Men ham shuni istayman. Lekin qachon..?
- Bir kuni. Albatta, bir kuni. Bugunmasdir, ertagamasdir yoki indinga. Lekin , albatta, bir kuni. O'zing kelasan. Ayamizga birga lolalar teramjz keyin.
- Bir kuni. O'sha bir kunni har kun kutib yashaymanmi?
- Birgalikda kutamiz. O'shanda tez keladi.
Ular vaqt ham rahm qilmasdi. Vaqt daryosi oqishdan to'xtamasdi. Ular esa shirin suhbatdan. Tun ro'molini allaqachon o'rab ulgurgandi. Nuriya aya hovlida ularni kutib o'tirardi. Dasturxonda kechki ovqat. Qizini ko'rib Nuriya ayani yuziga tabassum yugurdi. Ahvoli ancha yaxshi edi. Asror ular bilan xayrlashib, uyiga yo'l oldi. Ona-qiz birga ovqatlanishdi. Shirin suhbat qurishdi. Birgalikda maroqli vaqt o'tkazishdi.
- Ona , rosa charchadim. Uyqum kelyapti.
- Hop , qizim . Hozir xonangga kirgizib qo'yaman. Bugun ko'p sayr qilding axir,- deb kulib qo'ydi.
Nuriya aya aravachani yetaklab xonasi tomon ketayotgan edi:
-Ona, shoshmang. Shu gullarni o'zim bilan olay.
Mumtoza stoldagi lolalarni o'zi bilan olib oldi.
Onasi uni xonasiga olib keldi. Uni yotqizib xonadan chiqayitganida:
- Ona, hammasi uchun rahmat sizga. Boringizga shukur. Sizni yaxshi ko'raman.
- Men ham seni yaxshi ko'raman qizim,-qizini oeshonasidan o'pib, chiroqni o'chirib xonani tark etdi...
Tong xayr bilan otdi. Har doimgidek Nuriya aya nonushta tayyorlab , qizini oldiga yo'l oldi. Mumtoza yana deraza oldida. Kechagi guldon polda sinib yotibdi. ( Mumtozani qo'lidan tushib ketib singan) Lolalar har tomonda sochilib yotgan. Mumtoza qo'lida bugun kitob emas. Qandaydir idish. Bo'sh idish. Qo'li osilgancha yerdagi lolalarni silardi. Nuriya aya ularni ko'rib , qotib qoldi.
- Seni yaxshi ko'rardim qizim...
Hovlida kimningdir ovozi eshitildi:
-Nuriya xola. Kichkina. Qayerdasizlar?
Nuriya aya bir ahvolda hovliga chiqdi.Asror uni ko'rib qo'rqib ketdi.
-Shifokorga boramiz deb chiqqandim.
- Endi shifokor yordam bera olmaydi...
... Mungli yuraklar titraydi. Tillar kalimaga kelmaydi.
-Mumtoza, men yana keldim. Sen yoqtirgan gullarni olib keldim. Bilasanmi, menga bu ayriliqning bir tomoni yoqyapti. Oldinlari mendan gullarimni olmasding. Hozir so'zsiz qabul qilasan. Meni tinglaysan. Tez orada men ham borib qolaman yoningga.
" - Lolalar ochilibdimi?
- Ular qachon so'lgandi..?!"
✍: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
🟦🟦🟦🟦
Bugun 23-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.
🇺🇳BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlat xizmati kuni.
🔴2003-yil mart oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 57/277 rezolyutsiyani qabul qildi, unda 23-iyun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni deb e'lon qilindi. O'shandan beri u har yili nishonlanadi.
🟥Butunjahon ma'lumot tarqatuvchilar kuni.
🟥Xalqaro Olimpiya kuni.
🟥Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
🟥Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
🔴Bu kun ayol inspektorlarning yovvoyi tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilishdagi muhim rolini tan olish va nishonlash maqsadida nishonlanadi.
🟥Pushti flamingo kuni.
🔴Bugungi kunda pushti flamingo hali ham yoz va dam olishning sevimli ramzi hisoblanadi. Odamlar Pushti flamingolar kunini o'z uylari va bog'larini pushti flamingolar bilan bezash, pushti kiyim kiyish va pushti mavzuli ziyofatlar uyushtirish orqali nishonlaydi.
🟥Yozuv mashinkasi tug‘ilgan kun.
🗣Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi (1868).
🗣Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi (1894).
🗣O‘zbekiston Bruney davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi (1996).
🗣Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi (1998).
🟢Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, qo‘shiqchi Valeriy Meladze tavallud topgan (1965).
🟢Fransiyalik futbolchi, jahon va Yevropa chempioni, murabbiy Zinedin Zidan tavallud topgan (1972).

Forwarded from KIUT
⚡ O’zbekistonda nufuzli hamda keng imkoniyatlarga ega bo’lgan Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti uzoq viloyatlik talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, 2022-yil Samarqand shahrida filialini tashkil etdi.
📎Ushbu universitet xodimlari Samarqand shahrida filiali tashkil etilganligini qo’shni viloyat yoshlariga yetkazish hamda ularni talaba bo’lib qator imkoniyatlardan bahramand bo’lishini maqsad qilgan holda Buxoro viloyatiga safar qilishdi. Safar davomida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i o’tinbosari S.X.Abdullayev bilan uchrashdi. Ikkala tomon ham yoshlarning sifatli bilim olishi, kelajakda kerakli kasbni tanlab, kasbi doirasida yaxshi kadr bo’lib yetishishi maqsadida ekanligini ta’kidlab, bu borada kelajakda hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirishdi. KIUT Samarqand filiali Xorazmlik yoshlarni o’z yurti uchun kerakli va bilimli kadrlar qilib tayyorlashdan mamnun
Universitet bo’yicha yanada to’liqroq ma’lumotni👉🏻@kiut_sam telegram kanalida topishingiz mumkin.