Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.3K photos
2.51K videos
313 files
7.88K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yakuniy_attestasiya_imtihonlari
#Jarayon

🏢 Joriy yilning 27-may sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy attestasiya imtihonlari o'tkazildi.

9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan yakuniy attestasiya imtihonlari Agentlik tavsiyasiga binoan takomillashtirilgan test variantlari asosida bo‘lib o‘tdi. Bunda o‘quvchilarning ijodkorligi ham e'tiborga olinib, alohida baholanadi.

➡️ Imtihon belgilangan nazoratchilar tomonidan shaffof va odilona tarzda olib borildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#bilasizmi

Bugun 29-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🟥Butunjahon sog‘lom ovqatlanish kuni.
🔴Hayot va mehnat tarzimizning faolligi, salomatligimiz koʻp jihatdan qanday ovqatlanayotganimizga bogʻliq. Oʻzimizni lohas his qilib, boshimiz tinimsiz ogʻrisa, oshqozonimiz tez-tez bezovta boʻlsa, ozib yoki semirib keta boshlasak, darhol ovqatlanish tartibimizni oʻzgartirishimiz kerak boʻladi.Kunlik ovqatlanish quvvati, odamning kunlik sarflaydigan energiyasiga mos kelishi sogʻlom ovqatlanishning muhim jihati hisoblanadi.

🟥Xalqaro BMT tinchlikparvar kuchlari kuni.

🗣Toshkentda jahonning 32 davlati va 8 xalqaro tashkilotining madaniyat va sanoat arboblari ishtirokida "Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot" XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi (1997).

🟢Kino va teatr aktyori Hoshim Arslonov tavallud topgan (1956).

🟢Qoraqalpoq aktrisasi, xonanda, qoraqalpoq vokal sanʼatining yirik namoyandalaridan Oyimxon Shomurotova tavallud topgan (1917).

🟢Bastakor, dirijyor, professor, pedagog O‘zbekiston xalq artisti Muxtor Ashrafiy tavallud topgan (1912).

🟢Mikrobiolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Salima Asqarova tavallud topgan (1922).

🟢O‘zbek estrada qo‘shiqchisi va aktyor Shohruxxon tavallud topgan (1985).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаб ўқувчилари ўртасида стем фанлари бўйича олимпиада
#28may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#bilasizmi

Bugun 31-may haftaning chorshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

 🔷BMT — Butunjahon tamakidan voz kechish kuni.
🔹Tamaki mahsulotlarini uzoq muddat ishlatish odamlarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ko'plab sabablardir. Bu dunyoda tamaki kuni bo'lmagan shiorlar sizni chekishni tashlashga undaydi va boshqalarni hayotida xuddi shunday birinchi qadamlarni qo'yishga undaydi.

🔷 Xalqaro tengsizlikka qarshi kurash kuni.

🔷 Yevropada aka-ukalar va opa-singillar kuni.
🔹1998 yildan beri Xalqaro aka-uka va opa-singillar kuni butun dunyo bo'ylab nishonlanib kelinmoqda. Ushbu voqea har yili 10-aprel kuni sodir bo'ladi. Avvaliga bu bayram AQShda bo'lib o'tdi va u erda ukalar va opa-singillar kuni deb nomlandi.

🔷Butunjahon to'tiqushlar kuni.
🔹 To’tiqush tabiatdagi eng go’zal qush hisoblanadi. Ular mayda qizilishton to’tilaridan ulkan Aragacha turlarga bo’linadi. To’tilar Avstraliyada 5 million yildan beri istiqomat qiladi.

🔺Raqqosa, baletmeyster, oʻzbek ommaviy sahna raqsining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Mukarram Turgʻunboyeva tavallud topgan (1913).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#ijod_maktabi
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktablariga
7- sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_ekologlar
#Jizzax_zomin

⛺️ Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamizdagi Yosh ekologlar uchun joriy yilning 23-27 may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Eko volontyorlar” oromgohi tashkil qilinib unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari Karimov Javohir va Qo‘ziboyev Dadaxonlar oromgohda qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar
.

🌳 Qatnashchilar 4 kun davomida
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
-Tabiiy resurslardan unumli foydalanish;
-Iqlim oʻzgarishi muammolari mavzusida seminar-treninglar;
-Ekologiya mavzusida video mahsulotlar tayyorlash;
-Taniqli shaxslar, blogerlar hamda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.


🏆 Yakunda eng faol ishtirok qilganlar o‘quvchilarimiz sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Vorislar
#Respublika_bosqich

📌 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab -quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi tashkil qilingan.

💡Ushbu tanlovning Xorazm viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 20 nafar ishtirokchi orasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Jahongir Respublika bosqichida qatnashish uchun joriy yilning 22-24 may kunlari Toshkent shahridagi "Residence park" mehmonxonasida o‘z loyihalari taqdimotini respublika komissiya a’zolariga namoyish etdi.

🔻Yakunda o‘quvchimiz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori universitetda ta'lim uchun yo‘llanmalar taqdim etdi va bu bilan shu paytning o‘zidayoq talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

💬 Ma'lumot o'rnida, endi o‘quvchimiz ushbu universitetda o‘qib turizm va iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha nafaqat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, balki Avstriyaning eng nufuzli Imc Krems universiteti diplomiga ega bo‘lishi mumkin.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
📚“Zukko kitobxon” intellektual o’yinining Xorazm viloyati bosqichi bo’lib o’tdi

🖐 “Zukko kitobxon” intellektual o’yini “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilib, mahalla, sektor va tuman bosqichlarida faxrli 1-o’rinni egallagan 13 ta jamoalar bugun viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

🖐Viloyat bosqichi natijalariga ko’ra;
1-o’rinni Yangiariq tuman jamoasi;
2-o’rinni Bog‘ot tumani jamoasi;
3-o’rinni Hazorasp tuman jamoalari egallashdi

@sardorpalvanov