Ogahiy ijod maktabi
1.33K subscribers
31.9K photos
2.57K videos
313 files
8.07K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi

❗️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida
STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining Xorazm viloyati hududiy bosqichiga start berildi.


Olimpiadaning ochilish marosimida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayevlar ishtirok etishdi.

✔️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:
Matematika
Kimyo
Biologiya fanlaridan,

✔️ Urganch shahar IT Parkda:
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘tkazilmoqda.

Olimpiada respublika bo‘yicha bir vaqtda bo'lib o'tmoqda
.

📸 Fotosuratlarda jarayonlardan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

STEM FANLARI BO'YICHA OLIMPIADA
05.05.2023

Bugungi Agentlik olimpiadasi jarayonlari @XorazmTELEKANAL dasturlarida

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Kitobxonlar_davrasi
#Jarayon

📆 Joriy yilning 5-may sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste`dodlar markazi"da o‘quvchilarni kitobxonlikka undash maqsadida "Kitobxonlar davrasi" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📖 Tadbir tashkilotchisi Bosh tarbiyachi-pedagog M. Bobojonova "Mehrobdan chayon" romoni bo‘yicha 7-8-sinf jamoalari tomonidan mutolaa qilgan "Alvido bolalik", "Dunyoning ishlari", "Ikki eshik orasi","Mehrobdan chayon" asarlari bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

💬 Tadbir so‘ngida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sadullayev kitobxonlik bo‘yicha o‘quvchilar taqdim qilgan asarlar haqida so‘z yuritdi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari B.Yusupova va M.Shixovalar sahnada yaxshi ishtirok qilgan jamoalar haqida so‘z yuritib, hammani kitobxonlikka chaqirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
👍6