Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Zakovat_ziyolilar
#Toshkentga_safar

🔶 Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining Xorazm viloyat bosqichida munosib o‘rin egallab Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Ogahiy nomidagi ijod maktabining o’qituvchilaridan tashkil topgan "Ziyolilar" jamoasi ayni damda Toshkent azmga yo‘l oldilar.


Maktab jamoamiz nomidan hamkasblarimizga omad tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#sport_salomatlik_garovi
#musobaqa_fudbol

🟢 Maktab xodimlarining salomatliklarini mustahkamlash va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini oshirish maqsadida muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishlari yo'lga qo'yilgan.

⚽️ Shu munosabat bilan joriy yilning 11-mart sanasida Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm hududiy bo‘limi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan "Sport-sog‘lik garovi" shiori ostida o‘tkazilgan fudbol musobaqasida bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabi xodimlari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👏 Jamoamizni yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Sport
#BIz_bir_jamoamiz

SPORT, DO‘STLIK, HAMJIHATLIK BAYRAMI

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi tomonidan 11-mart kuni “Besh muhim tashabbus” tadbirlari doirasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida agentlikka qarashli maktab va maktab-internatlari xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

💢 Sport musobaqasida har maktabdan 10 kishilik jamoa ishtirok etdi.

⚖️ Musobaqaga Xorazm viloyati Futbol akademiyasi trenerleri, sport mutaxassislari hakamlik qildilar.

⚽️ Mini futbol
Shaxmat
🏓 Stol tennisi


turlari bo'yicha qizg'in kechgan bellashuvlar natijalariga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritganlar diplom va Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati kengashi tomonidan taqdim qilingan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

⚡️⚡️⚡️BATAFSIL MA'LUMOT https://telegra.ph/Agentlikning-Xorazm-viloyati-hududiy-bolimi-tomonidan-Sport--salomatlik-garovi-musobaqalari-otkazildi-03-11
#Онлайн_олимпиада: 12-25 ёш бўлганлар учун онлайн олимпиада: мукофот жамғармаси 15 000 доллар; ғолиблар Дубайга бепул сафар қилади!

Олимпиада онлайн шаклда,
12 та тилда (инглиз, рус, франсуз, немис тиллари ҳам бор) бўлиб ўтади.

Мукофотлар➡️https://muallimlar.uz/?ru=1191

Батафсил
➡️https://muallimlar.uz/?ru=1191

🌐«Ўқитувчи» канали | Ойлик маошни ҳисобловчи бот
#bilasizmi

Bugun 13-mart - haftaning dushanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🔸Radioteleskop ishga tushgan kun

🔸Millatlar Hamdo‘stligi kuni

🔸Butunjahon “Risling” oq vinosi kuni

🔸Grenada Mustaqillikka erishilgan kun

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Zakovat_respublika
#Toshkent_shahri

🔶 Ayni damda Toshkent shahrida Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi boshlanmoqda.

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining o’qituvchilaridan tashkil topgan "Ziyolilar" jamoasiga omad tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Bahor_ilhomlari
#Nasr

Uzoq umr ko'rgan kapalak
(Hikoya)


Kapalaklar bir kun umr ko'radi degan gapni hamma eshitgan bo'lsa kerak. Aslida, ular tuxum qo'yganidan keyin bir kun yashashadi. Qurtlik paytlaridan g'umbak yasab, kapalak bo'lgunlariga qadar ham bir muddat hayot kechirishadi. Lekin kapalakka aylanganlaridan keyin lichinka (tuxum) qo'yib, bir kundan keyin o'lishadi. Falakning gardishi bilan bir kapalak buni bilib qoldi. U tuxum qo'yib o'lib ketgandan ko'ra, tuxum qo'ymay bir umr yashaganim yaxshi deb o'yladi. Chindan ham agar biror-bir tashqi ta'sir uning yashashiga to'g'anoq bo'lmasa, u yashayverardi. Shunday qilib u ko'p vaqtlar umr ko'rdi, kundan kunga, oydan oyga kattalashib boraverdi. Shu bilan birga u qarib, holdan toyib ham borayotgan edi. Har kuni yangi, mitti, kapalak qurtchalarining tuxumlarini yorib chiqishlarini ko'rdi. Buni hali hech bir kapalak ko'rmagan edi (chunki ular tuxumni qo'yib o'lib ketishar edida). Har tongda quyoshga qarab, tunda yulduzlar sanab hayot kechiraverdi. Biroq uni vaqt o'rgimchak to'riga o'rab yemoqchidek beayon qaritardi. Bahorda gullar iforiga mast bo'lib yuraverdi. Bu dunyoning gullari uni o'ziga shu darajada rom etib olgandiki, u oldinda qish borligini sezmasdi. Shu tariqa qish yetib keldi. Biroq gullarni qishdan ham qizg'anib sevadigan kapalak, ulardan osonlikcha voz kechib ketishni xohlamasdi. U bazo'r qishdan chiqib yana bahorga yetdi. Lekin qanotlaridan ayrilgan edi. U yana yangi qurtchalarning tuxumdan yorib chiqishlarini, onalarining bir kun bo'lsada baxtli hayot kechirishlarini, eng muhimi, o'zlaridan zurriyod qoldirib ketishayotganini ko'rib hasad qildi. Bir o'zining, bir ularning ahvoliga qarab aziyat chekdi. U bunday umrdan ko'ra o'lim afzal deb o'yladi. Va o'zini o'rgimchakning to'riga tashladi. Ammo uning kattaligidan, semizligidan o'rgimchakning to'rlari ham uzilib ketdi. U " meni hatto ajal ham qabul qilmadi", - deya faryod chekdi. So'ngra o'zini daryoga tashlab parcha-parcha bo'lganicha daryoning ko'piklariga qo'shilib oqib ketdi...

: Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|