Ogahiy ijod maktabi
1.17K subscribers
31.5K photos
2.51K videos
313 files
7.91K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon

🔰 Mart oyining 3-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da 7-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygulning "Xorazm yoshlari" nashriyoti tomonidan chop qilingan "Hayot kitobi" nomli hikoyalar to‘plamining taqdimot kechasidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#VATAN_BÒYLAB_SAYOHAT
#JARAYON

🔰 Ogahiy ijod maktabining 9-"B"-sinf o‘quvchilari bilan azim Xivada joylashgan "Xorazm davlati xonlari muzeyi" ga sayohat bo'lib o'tdi.

🔻Sayohat davomida o'quvchilar muzey orqali shahar tarixiga oid ma'lumotlarni bilib olishdi. Bundan tashqari, sinfning ilg'or o'quvchilaridan biri Karimov Javohir Xiva tarixi haqidagi turli xil ma'lumotlarni o'quvchilarimizga chet tilida gapirib berdi.

➡️ O'quvchilar Ichan qal'ada sayohat qilib yurgan chet ellik sayyohlar bilan ham muloqot qilishdi.

O'ylaymizki, bu kabi sayohatlarning tashkil qilinishi o‘quvchilarimizning nutqiy fikrlash qobilyatlarini oshirib, o'zimiz yashayotgan shahrimizning tarixi haqidagi ma'lumotlarni yanada mustahkamlashiga yordam beradi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Eng_bilimdon_kitobxon
#Jarayon

📆 Joriy yilning 3-mart sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da o‘quvchilarni kitobxonlikka undash maqsadida "Eng bilimdon kitobxon" ko'rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📖Tadbirda maktabning kitobxon o‘quvchisi Karimov Javohir boshlovchilik qildi.Tanlov tashkilotchisi tarbiyachi-pedagog M.Bobojonova "Alpomish" dostoni bo‘yicha 8-"A" sinfning "Vorislar" va 8-"B" sinfning "Ko'hinur" jamoalarning o‘tgan haftadagi natijalari tengligi sababli final bosqichiga yo‘llanma olishi lozim bo‘lgan jamoani aniqlash maqsadida qayta bellashuv o‘tkazildi.Jamoalar tezkor savol-javob sharti bo‘yicha bellashdilar.

🔻Bellashuv murosasiz tarzda o‘tdi. Yakuniy natijaga ko‘ra 8-"B" sinf jamoasi g‘olib deb topildi.

💬Tanlov so‘ngida maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sadullayev so‘zga chiqib murosasiz kechgan bilimlar bellashuvi haqida so‘z yuritib barcha ishtirokchilarga minnatdorchiligini bildirdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
|Telegram| |Facebook|
#Eng_bilimdon_kitobxon
#Jarayon

📆 Joriy yilning 3-mart sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da o‘quvchilarni kitobxonlikka undash maqsadida o‘tkazilgan "Eng bilimdon kitobxon" ko'rik-tanlovidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|