Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
🏆“MIRZO ULUG’BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVINING GURLAN TUMANI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

Bugun Xorazm viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi, yoshlar ishlari agentligi, Gurlan tumani hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining Gurlan tumani bosqichi tashkil etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra 5 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. Tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular, shuningdek, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

Gurlan.uz |Facebook |Telegram |Instagram |Youtube
#Xushxabar
#Vorislar_tuman_bosqichi
#Gurlan

🔰Iste’dodli yoshlarni qo‘llab -quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi e’lon qilingan edi.

➡️ Joriy yilning 3-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Jahongir tuman bosqichida faol ishtirok qilib g'oliblikni qo‘lga kiritdi.

🔻 O‘quvchimizni maktab jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz.
Tanlovning viloyat bosqichida ham omadlar tilab qolamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichiga yo‘l olgan jamoalar aniqlandi!

Bugun, 3-mart sanasida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi! Unda respublikamizning 14 ta hududidan jami 400 dan oshiq jamoa va 2400 nafardan oshiq ayollar ishtirok etdi.

Hududiy bosqich yakunida har bir hududdan 3 tadan jamoa respublika bosqichiga yo‘l oldi. Turnirning respublika bosqichi yuqoridagi suratda nomlari keltirilgan 42 ta jamoa ishtirokida 13-mart kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🌸 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining Xorazm viloyat bosqichida 🥈2-o’rinni  egallagan Xiva shahar Ogahiy ijod maktabining o’qituvchilaridan tashkil topgan "Ziyolilar" jamoasi tarkibi bilan tanishing:

G'ulamova Shoira - ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
Shixova Muqaddas - ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
Karriyeva Sohiba - rus tili fani o'qituvchisi;
Allamova Nazokat - tarix fani o'qituvchisi;
Polvonova Yulduzxon - matematika fani o'qituvchisi;
Razzaqova Barno - ingliz tili fani o'qituvchisi.

Jamoaga respublika bosqichida ham OMAD tilab qolamiz!

👉 @ZakovatNNT
#Mahorat_darsi
#Jarayon

🇺🇿 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan "Mahorat darslari" reja-jadvaliga ko'ra

📆 Mart oyining 3-sanasida Ogahiy ijod maktabining 9- "A" sinf o'quvchilariga iste'dodli shoiralar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Bibimaryam Begimova va Qurbonbika O‘razmetova tomonidan "Zamonaviy O‘zbek shoiralarida vatan madhi" mavzusida mahorat darsini olib bordilar.


📝 Mahorat darsida asosan, adabiyot maydonidan nazokat bilan o‘z ijodi va she'riyati orqali ko‘ngil kuychisiga aylangan shoiralar ijodi haqida so‘z yuritildi. Bahor ayyomining elchisi bo‘lgan Zulfiyaxonim va uning she'rlaridan namunalar o‘qildi.

🔻O'ylaymizki, bu kabi tashkil etilayotgan mahorat darslari o'quvchilarimizning ijodiy barkamollikka erishishlarida o‘zining katta yordamini beradi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 3-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakani baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan sertifikatlarni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔻Marosimda maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev o‘zlarining bilim salohoyati bilan yaxshi natijaga erishgan o‘quvchilarni samimiy qutlab ularning kelgusidagi o‘qishlariga omadlar tilab o‘tdi.

Shundan so‘ng 6 nafar sertifikat egalari
11-sinf o‘quvchisi Karimova Munira
11-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Shohida
11-sinf o‘quvchisi Xakimova Sarvinoz
10-"A"sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Dilaso‘z
  10-"A" sinf o‘quvchisi Artiqova Donoxon
10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Gulsanamlarga bilan umumta'lim fanini bilish to‘g'risida SERTIFIKAT lar topshirildi
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|