Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#kun_tarixi
#bilasizmi

💠 Bugun 7-fevral — haftaning seshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🟥Xalqaro xavfsiz internet kuni

🟥
AQShda birinchi yong'inga qarshi vosita (ognetushitel) patentlangan kun (1863)

🟥Oʻzbekiston va KXDR (Shimoliy Koreya) oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi (1992)

🟢Amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1930) Lyuis Garri Sinkler tavallud topgan (1885)

🟢Shved fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1970), matematikaning doimiy Eyler soni (e) muallifi Ulf fon Eyler tavallud topgan (1905)

🟢Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor Tolibjon Karimov tavallud topgan (1940)

🟢Nemis musiqachisi, bastakor, “Modern Talking” guruhi asoschisi va a’zosi Diter Bolen tavallud topgan (1954)

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#JARAYON

📆 Fevral oyining 5-sanasida Xorazm televideniyasining 📺 "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi, shoir Xorun Muso dastur mehmoni bo‘ldi.

🎞 Efirda ijod maktabida 2023-yildagi rejalar haqida qisqacha so‘z yuritib o‘tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Forwarded from Abu Ali ibn Sino maktabi
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

❗️Hurmatli oʻquvchilar!

Boburiylar davlati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan "Bobur kabi seving Vatanni!" shiori ostida 4-fevraldan 12-fevralga qadar chellenj eʼlon qilinadi.

⬇️ Chellenjda ishtirok etishni istaganlar quyidagi yo‘nalishlarda ijodiy ishlarini yuborishlari mumkin:

▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida audio yoki video she’r;
▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida ijtimoiy rolik;
▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida ijodiy ishlangan rasm.

📌 Ijodiy ishlaringizni quyidag havola orqali yuborishingiz mumkin.Belgilangan vaqtdan keyin yuborilgan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

🎁🎁🎁 Chellenj gʻoliblari munosib sovgʻalar bilan taqdirlanadilar !

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_582yil

📜 Bugun buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘ldi.

📚 Hazrat Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nainki xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixi rivojida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz ravnaqida alohida o‘rin egallaydi.

📖 Ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning benazir ijodiyoti, asarlari, ma’rifiy merosi, bebaho hikmatlari hamon jahon ahlini hayratda qoldirmoqda. Biz yoshlar Navoiy shaxsini qancha o‘rgansak shuncha kam.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

ALISHER NAVOIY
HAYOTI VA IJODI HAQIDA QISQACHA

✔️Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

✔️Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

✔️Tarixchi Mirxond “Ravzat us-safo” asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.

✔️Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.

✔️7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

✔️Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

✔️Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

✔️Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

✔️Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

✔️Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

✔️Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

✔️Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.

✔️Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

✔️Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

✔️Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etadi.
#Seminar_trening
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#3_kun

📣Xabaringiz bor, shu kunlarda “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusidagi seminar-treninglar yurtimiz bo'ylab barcha hududlarda tashkil etilmoqda.

🔰Bugun seminar-trening Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bo'lib o'tmoqda. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining direktorlari ishtirok qilmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
​​ALISHER NAVOIY "XAMSA" SI - INSON UMRINING 5 FASLI HAQIDA

1️⃣ "Hayrat ul abror" - yaxshi insonlarning hayrati demakdir. Yaxshi insonlar esa begunoh go'daklar va bolalardir. Ular bu aldoqchi dunyoga har doim hayrat bilan boqishadi.

2️⃣ "Farhod va Shirin" - o'smirlikning savdoyi va isyonkor muhabbati. Bu yoshda inson yuragi ilk bor ishq nimaligini anglay boshlaydi. Ammo bu telbalik ko'p hollarda fojiali yakun topadi.

3️⃣ "Layli va Majnun" - havasdan keyingi haqiqiy muhabbat fasli haqida bayon etadi. Sevishganlar uchun xunuk qiyofalar, uzoq masofalar endilikda ahamiyatsiz bo'ladi

4️⃣ "Sab'ai sayyor" (Yettita sayyoh) - inson umrining qirchillama va navqiron 40 yoshlik davri haqida. Endilikda uning qalbidan Bahrom va Diloromga xos o'zgacha bir muhabbat joy oladiki, bir-birini topish uchun 7 iqlimni kezishga ham tayyor bo'ladilar

5️⃣ "Saddi Iskandariy" (Iskandar devori) - bu devor foniy dunyo va boqiy dunyo o'rtasidagi ulkan bir ramziy devor bo'lib, keksalik faslidagi Iskandar uchun hayot falsafasi yanada teran anglashilib turadi.

@timur_books
#Alisher_Navoiy_582
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Jarayon

🔰 Fevral oyining 8-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Xiva tumani Mudofaa ishlari bo'limi bilan hamkorlikda "Navoiy buyuklik timsoli" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔻 Suhbatda Xiva tumani mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i podpolkovnik B. Nasrullayev so‘zga chiqib buyuk shoir tavalludi yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamda nishonlanayotganligi, Navoiy ijodida vatanparvarlik ruhining ustuvor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

📜 Shundan so‘ng, maktabning 11-sinf o'quvchi qizlari tomonidan bobomiz g'azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Alisher_Navoiy_582
#Live

➡️ Ayni damda, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da buyuk shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan "Navoiy navosidan nurlangan nazm" nomli tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM