Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.61K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сифатли таълим вақти келди

Пришло время качественного образования

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugun, 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Hurmatli Hilola O‘ktamovna!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sizni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy tabriklaydi!

Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch-g‘ayrat, mamlakatimiz ta'lim tizimi ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat va ehtirom bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil_tabrigi
#2023_yil_muborak

🎄Qadrli ijod maktablar jamoasi!
Kirib kelayotgan yangi-2023-yil barchangizga muborak boʻlsin! Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan sifatli ta'limga e'tibor berayotgan muhim pallada o‘quvchilarga bilim berishdan aslo charchamang.

❄️ Ilohim, boshlanayotgan ushbu yil xayrli, fayzli, omadli, quvonchli lahzalarga boy, muvaffaqiyatlarga, ezgu ishlarga toʻla yil boʻlsin! Buyuk bobolarimizga munosib izdosh bo‘lib yetishayotgan vatanparvar, ma'rifatparvar yoshlarimiz komil shaxs sifatida tarbiya topayotgan maskaningiz doim e'tibor va e'tirofga sazovor bo‘laversin.

🏠 Xonadongizga fayz-u baraka, tinchlik-xotirjamlik, toʻkin-sochinlik, asosiysi, sogʻlik-omonlik olib kelsin!!!

🧩 Hurmat bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tabriknoma

KIRIB KELAYOTGAN YANGI -2023-YIL BARCHA HAMYURTLARIMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🌲Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli doʻst-u yoronlar, mehridaryo, jonkuyar, fidoyi ustozlar! Qalbga yaqin jamiki insonlar! Kirib kelayotgan yangi - 2023-yil barchangizga muborak boʻlsin! Ilohim, boshlanayotgan ushbu yil xayrli, fayzli, omadli, quvonchli lahzalarga boy, muvaffaqiyatlarga, ezgu ishlarga toʻla yil boʻlsin! Xonadoningizga fayz-u baraka, tinchlik-xotirjamlik, baxtiyorlik, toʻkin-sochinlik, eng asosiysi, sogʻlik-omonlik olib kelsin!!!

🎄YANGI YIL
Ezgu niyat, goʻzal kalomlar ila,
Kutmoqdamiz seni intiq, YANGI YIL!
Har yurakning qalbi quvonchga toʻla,
Dillarimiz nurga toʻldir, YANGI YIL!

Oʻtgan yilning safosi-yu jafosi,
Qolar endi tarix muhri-la abad.
Kezar yurtda Yangi yilning navosi,
Goʻyo unda yoʻqday chegara - sarhad.

Mehr-muhabbat, shodlik quchsin dunyoni,
El-yurt tinchi sendan - bu oliy tilak.
Oʻzing daf et boshdan har ne baloni,
Shudir dil tubidan otilgan istak!

🎄 YANA BIR BOR YANGI YILINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, AZIZLAR!

Sizga cheksiz hurmat va muhabbat ila
Muhabbat Jumaniyazova
#Tabriknoma

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI JAMOASI!

Siz azizlarni yangi yil ayyomi bilan muborakbod qilamiz!

Kelayotgan yil ulkan orzu-umidlar va yangi rejalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Yangi 2023-yil yangi marralar, yutuqlar va shodliklarga boy bo‘lishini tilaymiz!

Yangi yil barchamizga qutlug‘ kelsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, AZIZ ISTOZLAR, PREZIDENT, IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIMIZ JAMOALARI !

Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng katta boylik bo'lgan sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ulkan muvaffaqiyatlar, kasbingiz kamolini tilab qolamiz.

✔️Qadringiz doim baland bo'lsin!

Yangi yilingiz muborak bo'lsin, azizlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi nomidan Sarvar Abdullayev

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, HURMATLI OTA-ONALAR!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlaymiz.

Xonadonlaringizda omad va baxt, oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon tark etmasligini tilaymiz! Aziz farzandlaringiz baxtiga hamisha sog‘-u salomat bo‘linglar!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, QADRLI O‘QUVCHILARIMIZ!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2023- yil bilan qutlaymiz!

📚Hamisha qunt va ishtiyoq bilan o‘qishlaringizni, muvaffaqiyatlar sari olg‘a borishingizni va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shuvchi yoshlar bo‘lishingizni tilaymiz!

✔️Hamisha cheksiz mehr va yuksak g‘amxo‘rlik qurshovida bo‘ling!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi va agentlikning viloyatimizdagi ta'lim muassasalari jamoalari

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#bayramona
#nasr

MANZILGA YETMAGAN KEMA

(Hikoya)

Samo artilgan chinniday toza. Quyoshning ilk nurlari mo'ralagn payt. Xonani o'zining nurli yo'rgagiga o'raydi.
" - Akmal aka, uyg'onaqoling. Tong otib ketdi-yu". Akmal biroz hayratdan qotib qoldi. Ushbu ovoz qayerdan kelayotganligini aniqlash uchun yon-veriga nazar soldi.
"- Akmal aka. Bo'laqoling endi.Dilbarning ovozida endi biroz yalinish va ko'zlarida ilinj bor edi." Akmal haliyam bu yerda nimalar bo'layotganini yaxshi anglab yetmagandi:
- Dilbar, sen..?
"- Ha, men."
"- Uning ovozi hamon qo'ng'iroqday jarangdor edi. Umuman o'zgarmagan. O'sha gapirish, o'sha yurish-turish, o'sha qarash... Yo'q, o'zgargan. Dilbarning ko'zlarida oldin mung yo'q edi..." Akmal shularni xayol surib biroz o'yalnib qoldi.
"- Akmal aka, men bo'lmasam hech narsa qilmaysiz-a? Qarang, uyimizning ahvoliga. Bugun bayram bo'lsa... Hali hech narsa tayyor emas. Hoziroq ishga kirishmasak, ulgurishimiz amri mahol."
- Axir...
"- Biram bamaylixotirsiz-ey. Shuncha ish turganda vaysashga balo bormi? Qani tezlashing. Oldin nonushta qilib olib, keyin ishga kirishamiz. Men nonushta tayyorlab turaman. Tezroq tushaqoling."
Akmal haliyam nima bo'layotganini to'la anglab yetmagandi. Dilbar oshxona tomon yo'l oldi. Akmal haliyam:
- Axir qanday qilib?! Bo'lishi mumkinmi axir? Yo men aqldan ozib qolibmanmikan-a? Dilbarrr...
Oshxonada Dilbarning qo'ng'iroqday jarangdor ovozi aks-sado bo'lib yangradi:
"- Haliyam tayyor bo'lmadingizmi? "
- Yo'q. Aqldan ozmabman .
Akmal shahdam qadamlar bilan oshxona tomon yo'l oldi. Dilbar oshxonada yoqimli nonushta tayyorlagandi allaqachon.
- Marhamat. Yoqimli ishtaha.
Dasturxonda bir-biridan shirin noz-u ne'matlar muhayyo edi.
- Dilbar o'zing-chi, nonushta qilmaysanmi?
" - Yo'q. Sizga yoqimli."
Akmal ishtaha bilan nonushta qila boshladi. Butun nigohi bilan Dilbarga termulardi.
- Dilbar, sendan bir narsa so'rasam maylimi?
"- Yo'q, Akmal aka. Nima so'ramoqchiligingizni yaxshi bilaman. Keyin javob beraman ularga. Agar javob bermasam ham bu savollarning javobi o'zinggizga ayon. Keling, shu haqda bugun gaplashmaylik."
Akmal xo'p degandek, bosh irg'ib qo'ydi.
"- Yangi yilni juda intizorlik bilan kutasiz-a? Eng sevimli bayramingiz ham Yangi yil. "
- Ha. Ammo sen Yangi yilni yoqtirmaysan-ku.
"- Asosiysi, sizga yoqishida. Muhimi shu."
- Har yili yoqtirmasang ham men uchun Yangi yilga alohida tayyorgarlik ko'rarding-a? Qanday qilib o'zing yoqtirmagan ishni kimdir uchun qilish mumkin-a? Juda hayronman.
"- Bu juda oddiy. Ko'ngildan ko'ngilga darcha borligi aniq. Ikki ko'ngil ikki vujud kabi bir-biridan ayri va uzoq qola olmaydi. Ikki qandilning yog' quyilgan idishlari bitta emas, ammo shu'lalari qorishiq. Bu ko'ngilda sevgi chaqmog'i chaqdimi, bilki, u ko'ngilda ham muhabbat bordir. Ko'nglingda Alloh sevgisi ortdimi, shubha yo'qki, Alloh seni ham sevadi. Yakka qo'ldan sas chiqmas. Yana bir qo'l bo'lmaguncha, ikki qo'ling bir-biriga urilmaguncha na sas chiqar, na sado..."
Akmal bu gaplarni eshitib xiyol o'yga toldi.
- Sen ovqatga keyin dasturxon tuzashga harakat qil. Men Kamron bilan archani va "shohona kulbamiz"ni bezayman.
Akmal bo'lib turgan voqealar ro'yo bo'lishidan qo'rqib turgandi. Ko'rayotganlarim sarob emasmi deb, har zamon o'zini chimchilab olardi.
...Akmal Kamron bilan uyni bezab tugatgandi. Endigi gal archaga kelgandi.
- Dada, archa nega mendan uzun? Qarang uni beligayam kelmayman, - deb nolinardi Kamron. Bolasining erkaligini ko'rib Akmal miyig'ida kulib qo'ydi. Dilbar ham shu payt ularning orqasidagi stulga cho'kkaladi.
- Bular qanday chiroyli-a? Kamronning qutichadagi rangorang o'yinchoqlarni ko'rib ko'zi quvnardi.
- Ey shumtaka, anavi yashil ranglisini olib ber.
Ranglarni hali farqiga bormagan Kamron ko'ziga chiroyli ko'ringan bitta archa o'yinchog'ini olib, otasiga uzatdi.
Dilabar ota-bolani kuzatib, bahri-dili ochilardi. To'satdan Kamron otasiga savol bilan yuzlandi:
- Dada, archaga nimalarni ilyapsiz?
- Sening orzularingni, o'g'lim.
- Orzu nima u?.. - ajablanib so'radi Kamron.
- Orzumi... Bu manzilga yetgan kema.
- Manzilga yetgan kema?..
- Ha, albatta.
- Unda armon nima?
- Armon esa manzilga yetmagan kema.
- Nega orzularimni qo'lim yetmas, baland joylarga osyapsiz? Ularga yetisha olmasligim uchunmi?
O'g'lining bu savollaridan Dilbar ham Akmal ham hayratda qolgandi. Hali ranglarni to'liq ajrata olmagan Kamron...
- Yo'q, albatta, o'g'lim. Ularga qarab harakat qilishing uchun. Sen aytganlarimni vaqtida qilsang, vaqtida uxlab, vaqtida tursang ikki-uch yil ichida orzularing kaftingda bo'ladi.
- Dada, siz archaning eng yuqorisiga orzularimni, eng pastiga armonlarni ilasizmi?
- Voy, mahmadona-ey. Yo'q, albatta.
- Sizniyam armoniz bormi?
Akmal nima deb javob berishni bilmay qoldi. Dilbar o'tirgan stolga qarab qoldi. Nigohlar bir nuqtada to'qnashdi. Til so'zdan qolgandi. Uning o'rniga dil so'zga kirgandi. Dilbar Akmalning mung qotib qolgan ko'ziga ortiq bardosh berolmasdi. O'rnidan turib ketdi. Kamron esa haliyam nimalarnidir gapirish bilan ovvora edi. Ishni yakunlashdi.
Dilbar chiroyli dasturxon tuzagandi. Unda uchalasi o'tirib Yangi yilni kutishdi. Kamron har yilgidek uxlab qoldi. Akmal esa o'ylar dengiziga g'arq bo'lgandi, allaqachon.
Uyda alamli sukut.
Hijron. Bejavob savollar. Yurakni o'rtovchi hislar. Mungli ko'zlar.
Kamron birdan alahlab o'rnidan turib ketdi. Hech nima demasdan faqat yig'lardi. Unsiz, bor alam-dardlarini ichiga yutib yig'lardi.
- Oyim ketyapti. Boshqa hech narsa demasdi. Faqat shu gapni takrorlardi:
- Oyim ketyapti.
Dilbar asta bu uyni, bu xotiralarni, insonlarni tark etmoqda edi.
- Bilasanmi, bugungi kunim ro'yo bo'lishidan qo'rqqandim. Har doimgidek qo'rqqan narsam oldimdan chiqdi. Har doimgidek...
Eshityapsanmi, endi qo'rqmayman. Hech qachon...
Sen bilan safarni boshlaydigan kishini topish oson ekan. Ammo uni sen bilan yakunlaydigan kishini topish qiyin. Juda qiyin. Ibtido doimo go'zal. Ammo intiho faqatgina bizga bog'liq emas ekan...
Dilbarning ko'zidagi so'nggi tomchi ham labiga sizib ulgurgandi. Endi u ham Akmal singari ko'zyoshsiz yig'laydigan bo'ldi...
Kamron asta, bo'g'iq ovozda:
- Oyijon, ketmang ... - deyishga ulgurdi, xolos.
Bu vaqtda esa Yangi yil kirib kelgan, derazadan tushayotgan chiroqlar shu'lasidan archaga osilgan o‘yinchoq kemalar yaltirar, ko‘ngillarga allaqanday sokinlik baxsh etardi...


: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#bayramona
#nasr

SHUKUH
(Hikoya)


Qish kirib keldi. Borliq oppoq ranga kirdi. Daraxtlar charchagan, qishloq ustiga un elagandek go'yo. Bitta qora narsa ham ko'rinmaydi. Qishloq qalbi pok, quvnoq insonlarga o'xshaydi. Osmondan kumush kabi yaltillagancha zarrachalar tushmoqda. Unga qarasang ko'zing qamashadi, shunday go'zal manzara.
Bu qishloq tog' yon bag'rlarida joylashgani sabab havo sovuq ammo toza bo'ladi. Bolalar ko'chada qorbo'ron o'ynaydi, qorbola yasaydi, chanada uchishadi. Bugun esa barchasi bir bo'lib katta archani bezashmoqda. Hammalar shod-u xurram, qiy-chuv ila o'ynashmoqda. Ularning o'ynayotganini bitta bobo derazadan kuzatib o'tiribdi. U bolajonlarga havas bilan boqib o'zining yoshlik davrini qumsayapti. Bu yangi yil uning yetmish ikkinchi qarshilayotgan bayrami ekan. Shuni hisobladi-yu jilmayib qo'ydi.
– Eh... – dedi va chuqur nafas olib chiqardi.
– Bolaligim, xuddi qordek tezda yog'di-yu o'tdi ketdi. Yangi yil kelsa xursand bo'lardim. Endi bilsam, U o'g'ri ekan. O'ziyam uddaburon o'g'ri ekan. Insonni xursand qilarkan-u ko'z yumib ochguncha bir yoshingni olib katarkan. Keyin uni topolmas ekansan, – dedi va juda qattiq o'ksindi.
– Sening o'rningni yangi qor parchalar bosar ekan. Osmonda yulduz bo'lib eslanar ekansan. Avvallari qor parchasidek qalbim o'ynoqi, sho'x bola edim. Hozir bo'lsa sochlarim qor rangidek oppoq bo'lgan boboga aylandim. Eh yangi yillar, yangi yillar...
U shu tarzda xayolga cho'mib turardi. Shu payt uning oldiga nevaralari yugurib keldi. Uning quvnoq qor parchalari. Oilasi jam bo'lib bugun yangi yilni qarshilashdi. Boboning ma'yus qayg'usi nurli quvonchga aylandi va endi yangi yilning shodiyona shukuhidan beixtiyor jilmayib qo‘ydi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf o'quvchisi,
#Yangi_yil_shukuhi
#Bayram_tabrigi
#Abdulla_Qodiriy_nomidagi_ijod_maktabi

🎄Yangi yilga viloyatdagi ijod maktablari tomonidan yo‘llangan bayramona tabriklar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yangi_yil_shukuhi
#Bayram_tabrigi
#Ibrayim_Yusupov_nomidagi_ijod_maktabi

🎄Yangi yilga viloyatdagi ijod maktablari tomonidan yo‘llangan bayramona tabriklar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yangi_yil_shukuhi
#Bayram_tabrigi
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi

🎄Yangi yilga viloyatdagi ijod maktablari tomonidan yo‘llangan bayramona tabriklar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yangi_yil_shukuhi
#Bayram_tabrigi
#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

🎄Yangi yilga viloyatdagi ijod maktablari tomonidan yo‘llangan bayramona tabriklar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|