Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KINO_TIME
#JARAYON

🎬 21-dekabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki payt o‘quvchilarning madaniy hordiq chiqarishi maqsadida taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimov "Uch xil odam" hikoyasi asosida ishlangan "Shaxmat donasi" nomli qisqa metrajli filmi namoyish etildi.

💬 Yozuvchi tomonidan aks ettirilgan qahramonlar boshidan o‘tkazgan voqealardagi ma'no judayam kuchli. Balki shuning uchun ham ushbu qisqa muddatli film hammaga birdek manzur bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

YURAK VA AQL

(Erkin Vohidovning "Yurak va aql" she'ridan ta'sirlanib..
.)

  Osmonda quyosh yer yuziga tabassum ila nur sochmoqda. Yo‘lda esa jiddiy, hech narsaga parvo qilmaydigan Aql har narsadan rohatlanuvchi, doimo xursand yuruvchi Yurakni sudrab qayoqqadir ketardi. Aql va Yurak bir-biriga teskari edi. Ular qanday qilib birga yurishi mumkin? Aqlning xayoliga shu fikr kelarkan, Yurakdan so‘radi:
   - Yurak, nega sen men bilan ketishga rozi bo‘lding?
   - Chunki odamlar meni ko‘p vaqtdan beri eslashmaydi. Oldinlari ular bilan ko‘p suhbatlashardim. Vaqt o‘tib ular meni unutishdi. Ustiga ustak, odamlar bir-birining yuragi borligini o‘ylamasdan ularni jarohatlashadi...
   "Demak, hech kim yuraklar bilan suhbatlashmasa, ular jim bo‘lib qolisharkan-da!"- o‘zicha xulosa chiqardi Aql.
   - O‘zing nega ketyapsan?
   - Hozirgi zamon odamlari uchun mening keragim yo‘q. Axir, ularda ishlatish uchun "Hazrati Google" bor-ku! - kinoya aralash kuldi.
   - Ehha, shunaqa degin.
   - Ha, shunaqa.
   Bu yog‘iga ular jim ketishdi. Aql Yurakni ip bilan tortib kelyapti. Aql manzili tomon ildam qadam tashlasa, Yurak yon-atrofdagi gullarga, daraxtlarga qarab undan orqada qolayotgandi. Bu Aqlning jahlini asta-sekinlik bilan chiqara boshladi. Yurak shu-shu tabiatga oshiq bo‘lgancha to‘xtab qolaverdi.
   - Bo‘ldi qilgin!
   Hayron qolgan Yurak so‘radi.
   - Men nima qildim?
   - Har yerga qarab to‘xtab qolyapsan. Tezroq manzilga yetib olish kerak, axir.
   - Yetib borarmiz o‘sha yerga.
   - Bu ketishda yetib bormaymiz. Odamlar seni unutib to‘g‘ri qilishibdi. Aynan sen tufayli ular baxtsiz bo‘lishyapti.
   Bu gap Yurakka juda qattiq ta'sir qildi. Endi u hech narsaga qaramay, Aqlga jimgina ergashib boraverdi. Biroz vaqt o‘tib Yurakning tanasida siniq chiziq paydo bo‘ldi. Quyosh ham charchab uyquga ketdi.
   Yurakdagi siniq chiziqlarni ko‘rib, Aql juda yomon ish qilganini tushundi.
   - Meni kechir. Senga yomon gapirdim, - deya Yurakning qo‘lini ushladi. - Faqaf xafa bo‘lma. Sen har doim yaxshisan. Hattoki mendan ham. Sen bo‘lmasang insonlar inson ekanligini unutgan bo‘lishardi.
   - Sendan xafa emasman. To‘g‘ri aytding. Tezroq manzilga yetish kerak.
   Bu safar Aql Yurakning qo‘lidan mahkam ushlab o‘z manzili tomon yo‘l oldi. Aql va Yurak birlashsagina ular o‘z maqsadlariga erishishi mumkinligini tushunishdi. Va Yurak yerdagi quyosh misol tunni kunga aylantirgandi...

: Bahodirova Komila,
Ogahiy ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

BESH DAQIQA

(Hikoya)


U yashar mensiz va lekin
Men tirikman u bilan...
        
Erkin Vohidov
          


   "- Mening shu darajaga erishishim sababchisi..."
   Shunday deya Saidahror oʻylanib qoldi.
   - Buning sababchisi oʻsha ma’yus qiz edi. Haligacha esimda, uni birinchi marta uchratganim. Qarshimda sochlari biroz toʻzgʻigan (lekin oʻziga juda yarashgandi), oppoq koʻylak kiygan moviy koʻzli, boʻyi menikidan pastroq qiz. Mendan universitet kutubxonasi qayerdaligini soʻragandi. Mening fikrimcha, qiz bu yil yangi kelgan. Kutubxona qayerdaligini har bir talaba juda yaxshi biladi, axir, shahardagi eng kichkina universitet bizniki boʻlsa. Shularni hayol qilib qizning savoliga javob berish yodimdan koʻtarilibdi. U menga hayron boʻlgancha tikilib turardi. Menday landavur bolani umrida koʻrmagan boʻlsa kerak-da. Hayolimdan oʻtkazdim.
   - Kutubxona qayerdaligini siz ham bilmaysiz, shekilli?
   Uning menga boqib turgan koʻzlari shunchalar chiroyli ediki,  meni karaxt qilib qoʻydi. Ahmoqdek unga tikilib turardim, xolos.
   - Hoy, meni eshityapsizmi? - deya barmoqlarini shaqillatdi.
   - Ikkinchi qavat chap tomonda, - dedim shoshib.
   - Bilarkansiz-ku.
   - Kim aytdi meni bilmaydi deb?
   - Qaydam, oʻylanib qolganingizga...
   - Ha, men bu yerda oʻqiyotganimga bir yil boʻldi. Kutubxonani topish qiyin emas. Soʻraganingizga hayron qoldim.
   Qiz yana menga tikilib turaverdi. Bu safar uning koʻzlarida maʼyuslikni payqadim. Biroz tikilib turdi-da, ketdi. Shundan soʻng u qizni boshqa koʻrmadim. Hamma fakultetlardan uni qidirdim, aksiga olib, ismini ham bilmasdim. Shunday boʻlsa ham, uni qidiraverdim. Bora-bora uni izlashni toʻxtatdim. Uni tasavvurimda gavdalantira boshladim. U bilan tun-u kun gaplashardim (albatta, hayolan). Qizning ismini bilmaganimdan keyin unga oʻzim ism oʻylab topdim. Mavzuna. Bu ism unga juda mos tushardi. Vaqt oʻtib, hayollarimdagini qogʻozga tushira boshladim va bosib chiqarish uchun nashriyotga berdim. Negadir birinchi urinishimdayoq omadim keldi. Tez orada "Izlam" kitobim bosib chiqarila boshladi. Negaligini hali ham tushuna olmayman. Hamma narsada omadim keldi, ammo qizning kim ekanligini, uning ismini, nima uchun aynan mendan kutubxona qayerdaligini soʻraganini hali ham anglab yetolmadim. Uni yana uchratib qolish mening ushalmas orzumga aylandi.
   - Yutuqlarim sababchisi Mavzuna ismli qiz. U bilan atigi 5 daqiqa suhbatlashganman. Keyin uni butunlayga yoʻqotib qoʻydim. U bilan hayoliy suhbatlarim, sarguzashtlarimni qogʻozga tushirdim. Va bu kitob hozir koʻpchiligingizning qoʻlingizda. Bu mukofotning aynan sababchisi oʻsha qiz.
   Saidahror shunday deb minbardan uzoqlashdi. Zinadan pastga tushyotganida ne koʻz bilan koʻrsinki, Mavzuna turardi.
   - Ismim Samira, - dedi tabassum bilan. Saidahror unga hayron tikilib turardi. Samira baland ovozda yosh bolalarcha kula boshladi.
   - 5 daqiqalik suhbatimizda ham jim turgan edingiz. Hozir yana ketib qolsam, meni qidirib kitob yozasizmi?
   - Yozaman. Albatta, yozaman.
    Ular bir-biriga qarab kulib yuborishdi.

Saidova Shaxnoza,
Ogahiy ijod maktabining 10-"A" sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

IKKI XILQAT
(Hikoya)

     Barcha shodlik senga bo'lsin
     Bor sitam zorlik menga...
                  ( Erkin Vohidov)

   Tong olam bozoriga allaqachon o'z zeb-ziynatlarini yoyib ulgurgandi. Ufq osminiga  tortilgan mato qizil rangga bo'yalgandi, so'ngra musavvir - quyoshning o'zi chiqib keldi. Kun xayr bilan nurlandi. Zarifa kechasi bilan mijja qoqqani yo'q. Xayolida o'zi bilan o'zi tortishib chiqdi. Lekin bir xulosaga kelolmadi...
      Kalla-yu saharlab hamma ishlarini tugatdi. Sabri chidamagan Zarifa kun chiqishini ham kutib o'tirmay, qari chinor tagiga yo'l oldi. Qalbini hazin kuyday bir kuy chulg'ab oldi. Bu mung, bu xazin kuy, dilining eng nozik torlarini ohista chertib, ko'ngilda qandaydir xasta, notavon hislarni qo'zg'atdi. Ruhining daxlizlarida yolg'izlik to'la dovul ko'tarilgandi. Botinida bo'ronlar-u to'fonlar bo'lsa ham, ko'zi kulib turar, labida tabassum qalqib turardi. So'qmoqlarni bezagan , dunyoga tarovat bag'sh etgan, hayotga ko'rk bag'ishlagan butun borliq ko'zida yo'qlik bo'lib aks etdi. Go'yo u bu yorug' dunyoda yolg'iz qolgan, hamma undan yuz o'girgan, undan hamma vos kechgan va hamma uni tark etgandi. Chinor uni yolg'iz kutib olmadi. Yonida Kamron ham xayol dengiziga cho'mgancha o'tirardi. Oldiniga Kamron uni payqamadi. Salom bergach darrov payqadi:
- Iye, sen bu yerda nima qilyapsan, kalla-yu saharlab?
- Kalla-yu saharlab qolibdimi?! Kun yorishgani qachon edi. Sen o'zing bu yerda nima qilyapsan?
- Shunchaki, o'zim.
- Shunchaki,- dedi Zarifa miyig'ida kulib. Kamronni ko'rgan zahoti   botinidagi chang-to'zonlar tarqab, qalb osmoniga quyosh chiqqandek bo'ldi.
Vaqt daryosi oqib borardi. Ularni esa sukunat allalaydj. Bir muddat nigohlar to'qnashdi:
- Mmm. Sendan  bir narsa so'rasam  maylimi? Menga yordam bera olasanmi?- deya , yuziga soya solgan kipriklarini pirpiratgancha termulardi Kamron.
Uning bu gaplaridan Zarifa bjroz hayron qoldi. Chunki u har doim hamma yumushini o'zi bajarardi. Hech kimdan yordam so'ramasdi ham. Undan yordam so'raganiga biroz hayron qoldi:
- Qo'limda kelsa, bajonidil,- dedi Zarifa yuzida har doimgi tabassum bilan.
   - Seni tug'ilgan kuningga yoki umuman olganda mendan qanday sovg'a olishni xohlaysan? 
Zarifa uyalganidanmi yoki to'satdan berilgan bu savoldanmi biroz o'ng'aysizlandi.
- Uyalmasang-chi, aytaqol. So'ragan narsangni balki bera olarman.
-Mmm. To'g'risi bilmayman. Menimcha hech narsa kerak emas. Xayolimga ham keltirmagan ekanman. Yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Miyig'ida kulib qo'ydi Zarifa.
- Ho'p, mayli . O'ylab aytarsan . Ha , aytgancha. Senga ko'pdan beri bir gap aytmoqchi bo'lib yurgandim.
   Zarifa nima ekanligini tezroq bilish maqsadida , ko'zlarida o't yona boshladi.
- O'zing bilasanmi, qanday chiroyli ekaningni? Tun kabi qora, sunbul sochlaring , aqiq lablaring, yuzinggga soya solgan kipriklaring, ohu ko'zlaring...
- Tushunmadim..?
Zarifa xiyol o'ng'aysizlanib, chuqur nafas ola boshladi.
- Yosh bolacha kabi beg'uborliging, samimiyliging. Esalysanmi yo'qmi bilmayman. Sen bilan ilk bor kutubxonada tanishgandik.
"- Kamron bilan yoshlikdan do'stmiz-ku. Nimalar deyapti o'zi-a?"
- Sen meni tanimaysan hatto. To'g'rimi?
Zarifaning qalbidagi umid mash'alalari asta-sekin o'chib bormoqda edi. Gap u haqida ketmayotganini allaqachon tushunib yetgandi.
- Ismimni ham bilmaysan hatto, tuyg'ularimni qaydan bilarding. Meni hatto nazarga ham ilmaysan, Bonu.
"- Bonu, Bonu..." - deb qayta qayta takrorlardi Zarifa.
- Agar sen o'tgan yil sovg'a qilgan kitobimni o'qimasang ham bir bora ochib ko'rganingdami, meni tuyg'ularimni tushunib yetgan bo'larmiding. Tuyg'ularim haqida bilmaysanmi demak u sovg'am ham boshqa sheriklari kabi mavhumlik qabristonidan joy oldi. Shunday bo'lsa-da, bu gal ham sening tug'ulgan kuningga sovg'a olib keldim . Qabul ayla yuragimni senga hadya qilayin...
Zarifaning yuragiga ayriliq shamoli urildi. Ichiga iztirob sizdi.
- Seningcha Bonu nima derkan. Qanday javob qilarkan?
- Bunisi menga ham qorong'u to'g'risi- javob berdi Zarifa.
-Bu gaplarni aytinshni ko'p vaqtdan buyon o'ylab kelaman. Lekin jur'at topolmasdim. Bu safar ,alabatta, o'ziga izhor etaman. Yuziga qarab aytaman va baxtimni o'zim bilan birga olib ketaman,- derdi Kamron to'lib-toshib.
- Ha, o'sha orzuingdagi sirli malika Bonumidi hali?
- Balki. Endi men boraqolay. Bonuga hali sovg'a olishim kerak. O'zingni ehtiyot qil.
-Mayli- degancha Zarifa yolg'iz chinor tagida xayolga cho'mib qolib ketdi. Kun daryosi mavjlanib oqib o'tib ketdi. Kun botay deb qoldi. Shafaq ham uning bag'ri singari qon bo'ldi. Yana bir kun tunga qovushdi. Tor ko'chalarning qorong'ulik cho'kkan tosh yo'llaridan yurarkan , xayoli yana ketib qoldi. " Men dengizni ko'rishni xohlagandim, xolos . Unda cho'kishni emas" deb pichirlab qo'ydi asta. Lekin Kamron uchun juda xursand bo'layotgandi. U oarlsatda qolib ketdi. Qayg'u va shodlik atalmish ikki xilqat uni o'z domiga tortayotgandi. U tarozi singari adl bo'lishi kerak edi. Qaysi tomonga og'sa , uni o'sha toomonga tortib , cho'ktirib yuborishmoqchi bo'lganday tuyulardi.
Qorong'ulik.
Hijron. Aqldan ozdirar darajada vahima. Mavhumlik. Xavotir. Zarifa birinchi bor uyquni qo'msadi. Tundan uyquga qochishni istadi. Lekin undan uyquning o'zi qochgandi. Alam bor yurakda uyqu bo'lmas ekan...
Tong olam bozoriga allaqachon o'z zeb-ziynatlarini yoyib ulgurgandi...

Begmatova Dilnura,
Ogahiy ijod maktabi 9-"A"sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

IXLOS
(Hikoya)


Jindek joni bor edi-yu katta ixlosi...

(Erkin Vohidov)




Bir kuni xislatlar sardori barcha hislatlarni huzuriga yig'ibdi va ularga yuzlanibdi.
– Ey xislat ahli, men inson qalbiga tuyg'ular baxsh etaman. Ammo har doim men ularni kuzatsam, ularda nimadir kamdek tuyulaveradi. Shu tuyg'u qaysi biringiz ekan-a? Men qaysi biringizdan insonlarga ko'proq baxsh etishim kerak, odamlarni go'zal qilishim uchun!
Shu payt u joyda go'azallik o'rnidan turib debdi.
– Odamlarni go'zal qilish uchun go'zallik baxsh etish kerak-da. Men tayyorman.
Shunda aql o'rnidan turib, gap boshlabdi.
– Ey, go'zallik xonim. Go'zal bo'lish uchun go'zallik emas, aql kerak. Miya esa juda shart, insonning eng zarur bir qismi. Miyaga esa aql bovar qilmas darajada aql kerak. Demak men ekanman.
Shu payt kuch o'rnidan turdi. U ham o'zini aytdi, so'ng odob, so'ng bilim, so'ng esa mardlik xullas barchasi o'rnidan turib o'zining nomzodini aytibdi. Bahs yuzaga kelibdi, janjal avjiga chiqibdi.
Xislatlar sardori ularga birin-ketin nazar tashlab, chiqdi. Shunda ko'zi birdan ixlosga tushibdi. U kitobni bir xil tekislikda ushlab, uni maroq bilan o'qimoqda. Uni ko'rgan hislatlar sardori birdan ,,Jim" deya baqirdi. Zalda sokinlik hukm sura boshladi. Shuda sardor gap boshladi.
– Men bildim. Na go'zal, na aqlli inson qalbi chiroyli bo'lar ekan. Odamlarga ixlos zarur. Insonlar hamma ishga mexr bilan qarsa, ixlos bilan bajarsa ularning qalbi go'zal bo'lar ekan, – debdi va insonlarga ixlos degan xislatni baxsh etishga qaror qilibdi...

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Kabir" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toʻgarak_mashgʻuloti
#Jarayon

Dekabr oyining 22-sanasida Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchilari bilan "Intellectuals" to'garagi bo'lib o'tdi.

📌Mazkur to'garakni maktabimizning tarbiyachi-pedagogi Jumaniyozova Go'zal olib bordi. To'garakda o'quvchilar bilan "Let's celebrate New Year" mavzusini turli xil o'yinlar bilan "Stars", "Intellegent" va "Dynamite" guruhlariga boʻlinib, mavzuni yaxshi tushunib olishdi.

📚Jamoalar tashabbuskorlikni qo'ldan boy berishmadi.Har bir jamoa aʼzosi yangi yil shukuhi bilan shartlarda faol qatnashishdi.
Har uchala guruh ham o'z iqtidorlarini, iste'dodlarini  namoyon etishdi va mavzularni takrorlab, soʼz boyliklarini yanada mustahkamlashdi.

📝 Bundan tashqari darsni yanada yaxshiroq xotirada saqlash maqsadida koʼngilochar oʼyinlar oʼynashdi. Oʻquvchilar uchun bu dars eng qiziqarli darslardan biri boʻldi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Toʻgarak_mashgʻuloti
#Jarayon

➡️ 22-dekabr kuni Ogahiy ijod maktabida "Nasr" to‘garagi doirasida "Hans Kristian Andersen ertaklari" mavzusida navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

📖 To‘garak davomida H.K. Andersenning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berildi. Adibning "Bulbul", "Qor odam", "Irkit o‘rdakcha", "No‘xat ustidagi malika", "Soya" kabi bir qator ertaklari tahlil etildi.

🔎 Adib ijodining o‘ziga xos jihatlari alohida o‘rganildi. Ertaklarida aks ettirilgan umumnashariy g‘oyalar haqida so‘z yuritildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|