Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#ZAKOVAT_TURNIRI
#JARAYON

📆 Dekabr oyining 16-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan tashqari vaqtda o'quvchilar bilim salohiyatini oshirish, zukkoligini shakllantirish maqsadida "Iste'dodlar markazi" da  Zakovat turniri bo‘lib o‘tdi.

💁‍♂️ Bellashuvda

1.7- "A" sinfining "Temuriylar"
2.7-"B" sinfining "Yosh Beruniylar"
3. 8-"A" sinfning "Humo" 
4. 8-"B" sinfning "Adolat"
5. 9-"A" sinfning "Ufq"
6. 9-"B" sinfning "Xorazmiylar"
7. 10-"A" sinfning "Do‘ppili qizlar"
8. 10-"B" sinfining "Ogahiy izdoshlari"
9. 9-"A" va "B" sinfidan tashkil etilgan "Ziyo" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

👨‍🏫 Maktabimizning zakovat koordinatori N. Abdullayev tomonidan o‘quvchilarga bir-biridan qiziqarli bo‘lgan savollar berildi.

🏆 Eng so‘nggi pallada hammadan ko'p ball to'plab, savollarga aniq javob bera olgan, 9-"B" sinfining "Xorazmiylar" jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritib "Hafta bilimdoni" deya e'tirof qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.


🔰 Dekabr oyining 16-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyondasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟠 Tadbir maktabimizning iste‘dodli o‘quvchilari ijrosidagi musiqiy guldasta bilan boshlandi.Tadbirni Xiva shahar hokim o‘rinbosari Jaloladdin Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

🔵 Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limidan bir guruh ijodkorlar, Urganch davlat pedagogika institutidan professor o‘qituvchilari, Xiva shahar hokimligi xodimlari tashrif buyurishdi.

🟣 Tadbirda o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

🔻Iste'dodli o‘quvchilar tomonidan shoir she'rlarining ingliz tiliga mahorat bilan qilingan tarjimalari tadbir qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari Saparbayeva Ziyoda va Ravshanbekova Gulmiralar Ogahiy ijodi yuzasidan o‘z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.

🔘 Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams va shoira Bikanazarlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi.Tadbir so‘nggida Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova Ogahiyning yangi topilgan qo‘lyozma asarlari haqida gapirib, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

Ushbu adabiy tadbir jarayonidan 📸foto lavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.


Ushbu adabiy tadbir jarayonidan 📸 foto lavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Asrlardan oʻzgan bobom

Ikki yuz o'n uch yil oldin, moziydan,
Bebaho gavharday asil asarlar.
Bobom kalomlari yashar abadiy,
Go'yo Ogahiy dur, dengiz asarlar.

"Riyoz ud-davla"da xonlik tarixi,
Tugatgan Munisning "Firdavs iqbol"in.
"Tarixlar qaymog'i", "Gulshani davlat",
Tarixlar anglatar yurt istiqbolin.

Mohirona qilib tabdil tarjima,
Mirxondning "Ravzat us-safo"sin.
Turkiy tilga oʻgirdilar forsiydan,
Durbeknig "Yusuf-u Zulayho"sin.

Donishmand, buyuk zotning bitiklari,
Maʼrifat ummoniga eltar hamon.
Ogahiy yashaydi qalbimda manim,
Bobomiz birla oshamiz zamon!

: Aminboyeva Nafisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|