Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Chingiz_Aytmatov_tavalludi
#Ochiq_dars
#Jarayon

📚 Jahon adabiyotining yetuk namoyondasi Chingiz Aytmatov nafaqat qirg'iz xalqining, balki o'zbek xalqining ham sevimli adibi hisoblanadi.

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7"A"-sinfida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Saidova Inobat tomonidan "Chingiz Aytmatovning "Birinchi  muallim" qissasi matni ustida ishlash" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

🔻Dars jarayonida o'quvchilar Chingiz  Aytmatov qalamiga mansub "Birinchi  muallim" qissasi bilan tanishdilar, asarda qo'llanilgan badiiy tasvir  vositalari va asar g'oyasi haqida  yetarli bilim va ko'nikmaga ega  bo'ldilar.

🔘 O'quvchilar "Asar adashdi", "Kim chaqqon-u, kim epchil?", "Aqliy  hujum" kabi metodlar asosida asar  ustida topshiriqlar bajargan bo'lsalar,  " Birga ijod qilamiz" metodi asosida  asar matnini qayta hikoya qilishga  kirishdilar.

🔹Dars juda qiziqarli o'tdi, o'quvchilar darsda faol qatnashdilar.Darsni M. Jumaniyozova, Sh. G'ulomova, Z. Atayevalar kuzatib bordilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlanadi

Abad xotira!

Oddiydir hayoti, emas shohona,
Sabrni sinarkan keng bu jahona.
Yillar to‘zonidan o‘tib, mardona,
Siz chekkan zahmatlar abad xotira.

Hadsiz bisotingiz ba’zan titkilab,
Ruhingizdan har tong madadlar tilab.
Purhikmat she'riyat olami bo‘ylab,
Sohir so‘zlaringiz abad xotira.

Kulgular baxshida etib insonga,
Matmusaning dong'i yetdi jahonga.
Ulangay har kuni mangu alyorga,
Matmusaning hajvi, abad xotira.

Ash’orlari xuddi sarjinday qator,
Falakga sochilgan ajib zavqi bor.
Oy bir-la yig‘amiz, ko‘ngilga tumor,
Boqiy baytlaringiz abad xotira.

Umr sarhisobi boshlangan zamon,
She’rlari uning-chun bo‘ladi qalqon.
Yangragay sha’niga dostonlar mudom,
Shonli shuhratingiz abad xotira.

Soqiylari yetdi Nazrul boshiga,
Ming fitnalar tuzdi uning qoshiga.
Yondi hakimlari o‘zning toshiga,
Ruhlar chekkan isyon abad xotira.

Shogirdlar qo‘lida bugun tug‘ingiz,
Hech qachon o‘chmagay nurli izingiz.
Tavallud-la qutlar o‘g‘il-qizingiz,
Yorqin xotirangiz abad xotira!

✍️ Ogahiy ijod maktabining 10-“A” sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonu
🔊🔊DIQQAT, TANLOV!!!

💥 Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi kirib kelayotgan 2023-yil munosabati bilan "ENG ORIGINAL TABRIK" tanlovini e'lon qiladi!

📌TANLOV SHARTLARI:

Tanlovda ishtirokchi-o'quvchilar YANGI YIL bayramiga ORIGINAL, KREATIV VIDEOTABRIK tayyorlab qatnashadi.

📽
Taqdim qilingan ish tanlovda maktab nomidan qatnashadi va videorolikda shu maktab o'quvchilarining o'zlari ishtirok qillishi, rolik 2 daqiqadan oshmasligi va hajmi kichraytirilgan bo'lishi shart. Ishtirokchilarning ism familiyalari va sinfi videoda qayd qilinishi kerak.

Tanlovga har maktabdan faqat bitta tabrik 21-dekabrgacha qabul qilinadi. Videoroliklar @yuld_uz manziliga yuboriladi.

12 ta videotabrik @piima_xorazm kanaliga ovoz berish uchun joylanadi. Ovoz berish 29-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Yig‘ilgan ovozlar natijasiga ko‘ra 3 ta o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

Tanlov g‘oliblari 30-dekabr kuni e'lon qilinadi va hududiy bo'lim tomonidan taqdirlanadi.

🌐
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_trening
#Jarayon

➡️ Dekabr oyining 13-sanasida maktabning amaliyotchi-psixologi Maqsuda Atajanova 10-"B" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Kayfiyat" mavzusida psixologik trening o‘tkazdi.

Trening davomida "Kayfiyat haqida axborot" metodi orqali o‘quvchi yoshlarni bugungi kundagi kayfiyatlari aniqlandi.

🔻Shundan so‘ng, o‘quvchilarga qanday qilib tushkun kayfiyatdan chiqish va yuqori kayfiyatda bo‘lish haqida psixologik maslahatlar berildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_sertifikat
#Infografika

💡Barchamizga maʼlumki, respublikamizda yangi 2023-yildan turli fanlar boʻyicha milliy sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.

🔻Jumladan, ona tili va adabiyot fanlaridan "Milliy sertifikat" imtihoni yanvar oyining 8-sanasiga belgilangan.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilariga "Milliy sertifikat" imtihoni haqida kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Pazandachilik
#Toʼgarak_jarayoni

🔹Dekabr oyining 13-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki paytda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi-pedagog Niyazmetova Nodira tomonidan "Pazandachilik" to‘garagi o'tkazildi.

🥗 To‘garakda o'quvchilar bu safargi mashg'ulot jarayonida lavlagi salat tayyorlashni o‘rganishdi.

📸 Marhamat siz ham ushbu jarayonni foto lavhalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|