Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Biz, oʻzbek xalqining milliy obidalaridan biri boʻlmish Xiva shahri koʻpchilikning eʼtiborini jalb qiladi. Mening eʼtiborimni esa Ogahiydek buyuk siymolarimizning ikkinchi umrini hamon gullab-yashnatayotgan, haqiqiy ijod zavqini tuydira olgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi boʻldi. Ilk tashrifimizdayoq "Navqiron gujumlar" sheʼriy duel loyihasining shu yerda oʻtkazilganida ajib bir manzarani bagʻsh etgandi. Biz kabi koʻngil kishilariga yuksak gujumlar ichra begʻubor baxt ulasha olgan va faxr hissini bera olgan barchaga, ayniqsa, qalbi qaynoq qizlarimizga tashakkur! Adabiyot – koʻngillarni birlashtiradi. Ilm ahlini birlashtirguvchi maskan, 3 yoshing qutlugʻ boʻlsin!
Biz siz kabi kelajagi porloqlardan faxrlanamiz va ijod narvonining yana-da yetuk marralarini tilab qolamiz!

: Dilnura Omonzoda – Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi, shoira

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |In
stagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Dear Staff and Students of Agahi Creative School under the Agency for Prezidential Educational Institutions,

I am pleased to celebrate the 3rd year ANNIVERSARY of your school.

As you reach this milestone, i want to take the opportunity to congratulate you all — both teaching staff and students on THREE years of unforgettable moments. On this solemn day, I wish the school further prosperity. The team of teaching staff is the real pride of the school. And I wish you all good health so that you can continue to work for the benefit of the development and education of the younger generation. I wish you constant self-education, which is the basis for the graduation of worthy citizens of Uzbekistan. And I also wish that graduates come to their native land not only to visit, but also to work within the walls of their native institution!

Please accept my best wishes for your future succes. We look forward to your growth and a promising future. CONGRATULATIONS!

: Sincerely,
Oltinoy Hayitboyeva — Master's degree Student at UzSWLU [Uzbek State World Languages University], a member of "Future Leaders" club.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ijod maktabimiz uch yoshda!

Ko‘ngil yaqinligi beruvchi totni faqat buni his qilgan yuraklargina to‘laqonli tasavvur qila oladi.  Aytmoqchimanki, Ogahiy ijod maktabi - ma‘naviyat kishilari, ko‘ngil kishilari, ijod kishilarini bir joyga yig‘a olgan manzillarning eng navqironi.
Maktabga ilk qadam qo‘yishimiz ham ayni ijodiy kecha - she‘r bayrami "Navqiron gujumlar" loyihasi tufayli edi. Keyinchalik ham ijodiy uchrashuvlar sababli hech yotsirashlarsiz ahli maktab bilan diydor ko‘rishganmiz.
Maktabga kirarkanman, tanisharkanman, kuzatarkanman, mendan kechgan ilk fikr - "Qaniydi bola bo‘lsam-u..." va siz anglagan, ehtimol  ko‘p marotaba siz ham o‘ylagan o‘sha jumla bo‘lgan.
Ijodiy muhit bilan doimo hamnafas bo‘lish, she‘r kishilari, yuksak ma‘naviyat sohiblarining ta‘limini olish, adabiyotni "kundalik hayot tarziga olib kirish" - bag‘rida yashash , bularni o‘ylab entikmaslik mumkin emasdek, nazarimda.
Ogahiylar avlodining kichik uyi, ta‘lim va ma‘naviyatning qalamli maktabi, uch yoshing muborak!  Kelayotgan yil ilk qaldirg‘ochlarini uchirma qilayotgan ilm dargohimizga
adabiyot va ma‘naviyat osmoniga hali ko‘pdan ko‘p qaldirg‘ochlar uchirma qilishini, parvozi boqiy bo‘lishini tilab qolaman!

: Shohsanam Iskandarova,
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ogahiy ijod maktabi uch yoshda
!🎉

💌
Men ilk marta Ogahiy ijod maktabiga borganimni yaxshi eslayman. Shu kungacha hashamatli, shinam koʻpgina joylarga borganman, koʻrganman, lekin ijod maktabining fayzi boʻlakcha. Oʻquvchilarning kiyinish, soʻzlash va sheʼr oʻqish madaniyatiga oshiq boʻlib qolgandim. Va hamon shunday tasavvurdaman. Ijod maktabi chin maʼnodagi isteʼdodlarni tarbiyalab, bu vohaga qaytadan Ogahiylar berishini, sheʼrni, dilni tushunadigan, adabiyotning salobatini, malohatini chuqur his qiladigan insonlarni tarbiyalovchi dargoh boʻlib qolishini chin dildan istayman. Va aytamanki, millat tarbiyasi yoʻlida qilayotgan ishlaringiz xayrli va bardavom boʻlsin!

Zubayda Otaxonova
Urganch davlar universiteti talabasi, shoira


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

RASM CHIZISH
5-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Qo'ziboyeva Zebo,
Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

VIDEO ROLIK
2-ISHTIROKCHI


🎬: MADHIYAM
👩‍🦰: Rajabboyeva Jasmina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
16-ISHTIROKCHI


Xorazmcha ''madhiyam''

Dim bir ajib ma'noli,
So'zlari dur gavharli.
O'zbegimning madhini,
Dildan jo'shib oytoli.

Mindo bug'doy poxtolo,
Tog'-u adir gul bog'lo.
Maning yurtim bog'rindo,
Yastanib go'z olorlo.

Har tarafda yosh avlod,
Yurakda ezgu murod.
Qoraqolpoq gal birya,
O'zbek madhin atali yod.

Harbiy kuchdan ko'ngil do'q,
Xavf-xatarni odi yo'q.
Shavkatli shu diyordo,
Yurtboshimo ming qulluq.

Har qirrodo g'olibliq,
Adolatli odilliq.
Ajdodlodon merosdir,
Mardlik bilan botirliq.

Yozsom qolom titridi,
Yurak qurg'ur qo‘ymidi.
O'zbekiston yurtimdo,
Zuhro yulduz porlidi.

Og'ir o'tmish qorinon,
Fashist zolim qo'linon.
Yuksalgan bir tog' bo'lib,
Yagonam O'zbekiston.

Man va'damni baraman,
Sadoqatli bo'lomon.
O'zbekiston madhini,
Hur jahono oytomon.

: Sadoqat Erkaboyeva,
Ogahiy ijod maktabining 9-''B'' sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
2-ISHTIROKCHI


Faxr
(Hikoya
)

  Olimjon juda aqlli bola. O'zi o'n sinf o'quvchisi bo'lsa ham, har xil tanlovlarda qatnashib yuradi. U yaqinda dasturchilik tanlovida qatnashib birinchi o'rinni egalladi. Unga chet elga sayohat chiptasi berildi. Mana bugun Olimjon jo'nab ketyapti. Ayasi bilan ham yaxshi xayrlasha olmadi. Apil-tapil kiyindi, kerakli narsalarini oldi-yu uydan chiqib ketdi. Ayasi bechora ortidan xayr degancha qolib ketdi. Samolyotda borar ekan, unda qandaydir o'zgacha bir tuyg'u paydo bo'la boshladi. Unda xech qachon bunday bo'lmagandi. Menimcha, bu tuyg'u vatan sog'inchi bo'lsa kerak. Axir u birinchi marta chet elga chiqishi bo'lsa. Samolyot yerga qo'ngach, Olimjonni mehmonxonaga joylashtirishdi. Bu yer qayeri bilandir unga vatanini eslatardi. Bu yerlar juda chiroyli, odamlari ham juda samimiy. Ammo u baribir vatanini sog'inardi. Olimjon bir kuni mehmonxona atrofidagi bog'da aylanib yurardi. Shunda ko'zi shu yerlik bir odamga tushdi. U juda qari ko'zlari mungli edi. Olimjon u odam yoniga bordi uning o‘zbekligini fahmlab, o'zbekchada "Assalom aleykum"  deya salom bergandi. U odamning  ko'zlarida qandaydir bir ishtiyoq paydo bo'ldi-yu, "Nima o'zbekmisiz?", – dedi Olimjonga. "Ha, o'zbekman", deya javob berdi Olimjon. Bu odamning nega bunchalar hayratlanganidan hayron bo'lib. Keyin ma'lum bo'lishicha, bu odam  hayotda yo'lg'iz ekan. Yonida na yaqini, na tanishi  bor ekan. U yoshligida oilasi bilan O'zbekistonga ko'p kelar, har kelganda olam-olam taasurot olib qaytar ekan. Olimjonni o'zbekcha salomi unga bolaligi o'tgan O'zbekistonni eslatibdi. 
   Ular uzoq suhbat qurishdilar. Notanish odam unga o'zbeklar haqida jo'shib-jo'shib gapirar, uning har bir so'zidan vatan sog'inchi hissi kelib turardi. Notanish odam unga O'zbekistonga borish niyatini borligini aytdi. Keyin ular xayrlashdilar. Olimjon bu suhbatdan so'ng "Qara-ya, qanday vatanim bor", deb qo'ydi o'ziga-o'zi. Mana o'ttiz kun ham o'tib Olimjon o'z vataniga qaytib kelmoqda. Qanchalar sog'indi u O'zbekistonni. U samolyotda o'tirar ekan, xayolida tezroq vataniga qaytish-u ayasini bag'riga bosishni o'ylardi. Shu payt  uning xayolini bosh uchuvchining ovozi bo'lib yubordi:
  – Assalom aleykum hurmatli yurtdoshlar sizlarni bugun "10-dekabr  – O'zbekiston madhiyasi qabul qilingan kun" bilan qutlayman. Hammamizga bu kun qutlug' bo'lsin. Mana madhiyamiz qabul qilinganiga o'ttiz yil bo'libdi.
  Ha, axir  bugun 10-dekabr – madhiyamiz qabul qilingan kun nahotki unutgan bo'lsam dedi o'ziga o'zi. Shu payt  samolyotda" Ozbekiston Respublikasi davlat madhiyasi" yangradi. Bu qanchalar baxt! Madhiyamizni tinglab nafaqat Olimjonda balki barcha yo'lovchilarda faxr-iftixor  tuyg'usi jo'sh urib ketdi.

: Ro'zmamatova Dinara,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf
o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
17-ISHTIROKCHI


MADHIYAM

Aslida moziydan taralgan,
Oyatdek samodan tushgan kuy.
Qashqar*lik bir shoir qalbiga,
Borlig-u yo’qliklar solgan kuy.

Faxrsan…
Faxrsan iftixor,
Qalblarga larzalar solgan kuy.
Baytlarni takroran kuylasam,
Takrorlar lahzada o’tgan kuy.

Hayajon o’pkani to’ldirgan
Yangrasa ko’zga yosh eltganim.
Xalqing muhabbati qo’shilgan
Jonimni eltganim, eltganim…

*Qashqadaryo

: Baxtiyorov Jahongir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

RASM CHIZISH
6-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Jumaniyozova Yulduz,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

RASM CHIZISH
7-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Bardiyeva Ruhshona,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'
quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Birinchi_Renessans
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050
#Tadbir_jarayoni

BERUNIY ASARLARIDA ETNOGRAFIYAGA OID MATERIALLAR
O‘RGANILDI

🔶 Вirinchi Renessans qomusiy olimi bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash maqsadida, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da "Beruniy asarlarida etnografiyaga oid materiallar" mavzusida targ'ibot tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔷Xorazm Ma'mun akademiyasining ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy xodimlari Jumaniyozova Feruza, Rajabova Dinora va maktabimizning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Sa'dullayev tomonidan bobokalonimiz hayoti va ijodi, ilmiy merosi, uning yaratgan asarlarini o‘rganish bo'yicha targ'ibot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdilar.

➡️ O‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarini oldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|