Ogahiy ijod maktabi
Photo
#MUNOSIBLAR_TAQDIRLANDI
#JARAYON
🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazida" o‘tkazilgan bir qator tanlovlarda munosib ishtirok qilgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔸Dastlab, o‘tgan o‘quv mavsumining oxirida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida 2 nafar ijodkor o'quvchilari g'oliblar safidan o'rin egallagan edi.
🔹Yaqinda g'oliblarimiz uchun maxsus Diplom va estalik sovg'alar yetib keldi. Shu munosabat bilan hikoya yo'nalishida 2- o'rinni egallagani uchun 10-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Komila, Alliteratsiya- Nazm yo'nalishida 2- o'rinni qo‘lga kiritganligi uchun 10-"B" sinf o‘quvchisi Jumanazarova Hilola taqdirlandi.
📝 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Unutmas, meni bog‘im” mavzusida insholar tanlovida
🏆 1-o‘rin 8-"A" sinf o‘quvchisi Karimova Sarvara
2-o‘rin 8-"B" sinf o‘quvchisi Aminboyeva Nafisa
3-o‘rin 9-"B" sinf o‘quvchisi Rahimova Sarobibilar taqdirlandi.
Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr
Ko‘zgudagi aks
(Hikoya)
Hakim oy suzib yurgan tund osmonga qarab alg‘ov-dalg‘ov xayollarini yig‘ib olishga harakat qilardi. Ichidagi iztirobini o‘zini tark etgan yaqinlari singari bularni ham tark etishni xohlardi. Uni qiynayotgan alam erib, ko‘zlaridan oqmoqda edi. Oniy soniyaga bolalikka qaytdi...
...Bobosi bilan yasagan ko‘zguda o‘zini ko‘rdi. Bu ko‘zgu bobosi va bolalikdan unga yagona xotira manbai edi. Uni ham otasi boshqa xotiralari kabi ko‘z oldida chilparchin qilib tashlagandi. O‘sha xotira siniqlaridan Hakim o‘ziga yangi bir hayot, yangi bir olam yaratishni o‘ylab qoldi. Va barcha narsalarni yig‘ishtirib ishga kirishdi. O‘zi ko‘zlagan yangi bir olamni yaratdi. Uni sayqalladi va unda birinchi bo‘lib, o‘z aksini emas, balki yuzidagi dog‘lari bilan ham hamma o‘ziga jalb qilgan oyni ko‘rdi. Keyin esa o‘zini... Ko‘zguga qarab beixtiyor yuziga kulgi yugurdi. Tashqi tarafdan o‘zgargan bo‘lsa ham botini o‘zgarmaganini anglab yetdi va bu tosh oynani uyining oldiga qo‘ydi. Bu ko‘zgu o‘zining serjiloligi bilan hammani o‘ziga jalb qilardi. Hayotdan ham, o‘zidan ham xafa savdoyi kelib bu ko‘zguga qaradi va shuni anglab yetdiki, bularning hammasi baxtdan ko‘zlari quvongan, quvonchi ichiga sig‘magan kishining ko‘zi ko‘zguga qadaldi. Uni chetlab o‘ta olmadi. Unga borib qaradi va yuzidagi kulgi o‘rnini qayg‘uga bo‘shatib berdi. Shuni anglab yetdiki, bu kulgi bilan hammani aldasa ham o‘zini aldolmaydi...
✍: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

IZLAM
(Hikoya)
Uzoq o‘ylanib, ko‘zguga qarayman. Ko‘zgudagi men. Lekin bu men emas. Qarayotgan "men" emas. Akslanayotgan "men" negadir g‘alati. Go‘yo oyna meni emas, boshqa insonni ko‘rsatayotgandek... Endi u yerda - ko‘zguda o‘zimning yo‘qligimni ko‘raman. Yuragimda qandaydir hissiyot boshqa tomonga qarashga majbur qiladi. Endi tushunyapman: o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Butun dunyodan izlayapman. U yo‘q. Menimcha u qora tunga singib ketgan. Endi o‘zimni qora tundan qutqarmog‘im kerak. Tundan so‘rayman: meni ko‘rmadingmi? Tun javob bermaydi. Faqat osmon "parilari" nur sochib turibdi. Quyosh uyg‘ona boshladi. Uning zarrin nurlari ko‘zimni qamashtirdi. O‘zligim quyoshni, tabiatni sevardi. Balki u gullar orasidan go‘zallik izlayotgandir... Yo‘nalishimni o‘zgartirdim. Rang-barang gullar shamol og‘ushida yangi kelinchak misol "ta‘zim qiladi". O‘zimni qidiraman. Yo‘q, u yerda ham yo‘q. Yana boshqa yerlardan izlayman. Ammo "men" dan darak yo‘q. G‘amgin bir holatda ketarkanman, kechagina majburan voz kechgan sevimli, hayotimdan ham ustun qo‘yuvchi bir hayot egasini uchratib qoldim. "Nima qilib yuribsan?" - so‘rayman undan. Ajab! U ham men kabi "o‘zini" izlayotgan ekan. Endi sevgim bilan birga "o‘zimizni" izlaymiz. Shunday deya o‘ylarkanman, o‘zimni ko‘rib qoldim. O‘zligim uning o‘zligi bilan quyosh chiqqan tomonga ketishardi...
✍: Komila Bahodirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf o‘quvchisi

#BIZNING_ZAKOVAT_JAMOAMIZ
#TOSHKENTGA_SAFAR
ZAKOVAT BILIMDONLARI TOSHKENTGA YO‘L OLDI
🔰Oktabr oyining 9-sanasida Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabimizning "Ogahiy izdoshlari" jamoasi Toshkent shahriga yo‘l oldi.
✔️ Maktabimiz bilimdonlariga omad tilab qolamiz. Ilohim yorug' yuz bilan qaytish nasib qilsin.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟢Xabaringiz bor 11-oktabr kuni Toshkent shahrida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini respublika bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Ushbu turnirda Xorazm viloyati nomidan ishtirok etuvchi Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi va Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoalari ham ishtirok qiladi. Ushbu turnirda ishtirok qiluvchi oʻquvchi - bilimdonlardan iborat jamoalar bugun tongda Toshkent shahriga yetib kelishdi va "Oʻzbekiston" mexmonxonasiga joylashishdi.
🏆 Xorazm viloyati jamoalariga ushbu turnirda omad va zafarlar tilaymiz.
🔥"Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati bo'limi kanali: @ZakovatNNT

#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Live
🔰 Oktabr oyining 10-sanasida Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida, Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali pedagogi, matematika fani o’qituvchisi Polvonova Yulduzxon u yerda tahsil olib kelayotgan o‘quvchilarga matematika fanidan ilmiy ishi bo‘yicha, "Blended learning texnologiyasi, Station rotation" metodi yordamida dars mashg'ulotini o‘tkazdi.
✔️ Ustozimizga "kelajak avlodga ziyo tarqatishdan charchamasin" deb qolamiz.