Ogahiy ijod maktabi
1.24K subscribers
31.6K photos
2.53K videos
313 files
7.96K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#ertalabki_jarayon
#bizning_oʻquvchilarimiz

🔰Sentabr oyining 9-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 10-11-sinf oʻquvchilariga "Men mustaqil O‘zbekiston farzandiman" mavzusida mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Darsni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshladilar. Bunday tarzda darslarni boshlash oʻquvchilarimizning vatanga boʻlgan muhabbatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#jarayon
#live

"Men mustaqil O‘zbekiston farzandiman" mavzusidagi mustaqillik darslaridan foto lavhalar

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_ijodidan
#nazm

Kuzak


Kurtak yozib gulladi, tugdi,
Ikki fasl boʻlib jonsarak.
Bolga toʻldi oxir savatlar,
Xush kelibsan, bogʻbonim-Kuzak

Poying yopgan olov poyandoz,
Garchi oftob qilmas jizgʻanak.
Barcha otash dildami pinhon,
Xush kelibsan, dildohim-Kuzak.

Qiyomdadir egilgan boshing,
Har lahza bir qulluq, ibodat.
Sen ham muslim erursan beshak.
Xush kelibsan dindoshim-Kuzak

Chalib soʻnggi chapaklarini,
Ohista qoʻnishar tuproqqa.
Koʻnglim goʻyo sargʻaygan yaproq.
Toʻkilmoqda, tengdoshim-Kuzak

Boshing uzra qargʻalar xandon,
Sokin xayol surasan loqayd.
Sabotingdan ulashgin picha,
Ba'zan tugar bardoshim, Kuzak.

Sen donishmand, sen-da faylasuf,
Senda oʻgit, sendadir ibrat.
Har bargingda pand-u nasihat.
Xush kelibsan, sirdoshim-Kuzak!

: Barno Yusupova,
Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Barimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#munosiblar_eʻtirof_etildi
#jarayon

BIZNING O‘QUVCHILAR DOIMO HARAKATDA

🔰 Sentabr oyining 9-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quv yili boshida kutilmagan yangiliklar bilan barchani xushnud qilgan, e'tirofga loyiq o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📊 Marosimda maktabning 11-sinf IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo‘lgan
✔️Xasanova Zarnigor- 7,5
✔️Hayitboyeva Kumushoy-C1
✔️Hakimova Sarvinoz-6

yangi o‘quvchilarga tom ma'noda namuna sifatida ta'kidlab o‘tildi.

📚Marosim yangiliklarga boy tarzda o‘tdi. Yaqindagina Turkiyada chop qilingan ijodkor tarbiyachi-pedagog Xorun Muso, 10-"A" sinf o‘quvchisi Boynazarova Muxlisa va 10-"B" sinf o‘quvchisi Ozodbekova Marjonalarning kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi