Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#SHUKUHLI_TADBIR
#SARHISOB

"ISTE'DODLAR MARKAZI"DA YANGI ISTE'DODLAR KASHF QILINDI.

🔰 Joriy yilning 23-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Is'tedodlar markazi" da beshta muhim tashabbusni o‘zida mujassamlashtirgan tom ma'nodagi tarbiyachi-pedagog va to‘garak rahbarlarining hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎼 Tadbir musiqa to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan bir-biridan betakror chiqishlar bilan boshlandi. O‘zgacha fayzli sarhisob tadbirini bosh tarbiyachisi M. Bobojonova va tarbiyachi-pedagog, shoir Xorun Musolar olib bordilar.

🛑 Sinflar kesimida tarbiyachi-pedagoglar M. Bobojonova, M. Otayeva, S. To‘qsonova, G. Jumaniyozova tomonidan tashkil qilingan rus, ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha to‘garak a'zolari she'rlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar va raqslarni tomoshabinlarga havola qilishdi.

🔻Bundan tashqari iste'dodlarni namoyon qilishga qaratilgan "Nazm gulxani atrofida" va "Tasviriy san'at" to‘garagi rahbarlari M. Karimova va Sh. Ro‘zmetovaning o‘quvchilari tomonidan o‘zgacha chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari T. Qadamov boshchiligida o‘quvchilar taqdim qilgan "Vatanni qo‘riqlashga doim tayyor bo‘l!" nomli sahna chiqishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

🔹 Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi B. Bekmatov tomonidan maktabimiz direktori S. Abdullayevga hamkorlikdagi o‘tkazilgan tadbirlar uchun hurmat belgisi sifatida "Ehtirom yorlig'i" topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eksklyuziv
#5_muhim_tashabbus
#Sarhisob

🔰 Joriy yilning 23-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Is'tedodlar zali" da beshta muhim tashabbusni o‘ziga mujassamlashtirgan tom ma'nodagi tarbiyachi-pedagog va to‘garak rahbarlarining hisobot tadbiri videotaqdimoti.

🖥Videotaqdimotni Ogahiy nomidagi ijod maktabi «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi rahbari Quriyozov Murodbek tayyorladi.

Marhamat, bahramand bo'ling. Sizga manzur bo'lishiga ishonamiz.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rahmat_sizga_oshpazlar

▶️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni sog'lom va ratsional ovqatlanishlari masalasiga o'quv yili davomida jiddiy e'tibor qaratib kelindi. O'quvchilar 5 mahal ovqatlantiriladi.

Maktabimizda K. Jumaniyazov rahbarligidagi "Navqiron Xiva zamini" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan autsorsing xizmati tashkil qilinib, jamiyatning tajribali oshpazlari va oshxona ishchilari o'quvchilar sevib iste'mol qiladigan turfa milliy va zamonaviy taomlarni sifatli tayyorlab, dilbandlarimiz uchun dasturxonga qo'yadilar.

🥟 Bugun, 25-may kuni ham tushlikda har doimgidek chiroyli dasturxon tuzatildi, palov pishirildi.👆

O'quv yili davomida o'quvchilarimizning to'laqonli ovqatlanishlarini sifatli va ishtahabop holda tashkil qilib berganliklari uchun K. Jumaniyazovga, ish yurituvchi M. Matyaqubovga, "Navqiron Xiva zamini" mas'uliyati cheklangan jamiyati tajribali oshpazlari va oshxona ishchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Telegram kanal:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi