Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari.

🔰Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qilganidan barchangizning xabaringiz bor.

💠Tanlov 4 yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilingan edi. Tanlovga ijodkor o’quvchilar tomonidan ko'plab ishlar kelib tushgan.

💢Tanlovda ishtirok etgan barcha o‘quvchilar va ularning ustozlariga Ogahiy ijod maktabi ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

‼️ Tanlov materiallari kanalda berilmadi, chunki g‘oliblar Ogahiy ijod maktabida 23-may kuni soat 15:00da boshlanadigan “Vatan yagonadir” tadbirida e’lon qilinadi.

♻️Tanlov natijalari e’lon qilingach tanlovga kelgan eng sara ijodiy ishlar kanalimizga joylanadi.

🔖Va’da qilganimizdek, ishtirokchilarning barchasiga serifikatlar taqdim qilinadi. G’olib o‘quvchilar va ularning ustozlariga diplom hamda esdalik sovg’alar topshiriladi.

💫Shunday ekan, kanalimizda biz bilan birga qoling, bizni kuzatishda davom eting!

G’oliblar hozircha sir!
Ogahiy ruhi kezayotgan muqaddas dargohga tashrif buyuring va g’oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok eting!

💥Balki, g’olib SIZ bo’lishingiz mumkin!

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Ogahiy ijod maktabi pinned «📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari. 🔰Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qilganidan barchangizning…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI
#MAKTABIMIZGA_TASHRIF
#JARAYON

📆 May oyining 17-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Qo'shko'pir tumanidagi 1-, 2-, 5-, 7-, 9-, 17-, 36-, 38-, 52-sonli va Gurlan tumanidagi 17-sonli umumta'lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilari va ustozlari boshchiligida maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

🔶 Mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishish asnosida o'quvchilarga ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, o'quv-tarbiya jarayonlari, maktabga qabul qilinish tartiblari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar, ijodkor o'quvchilar maktabning muhtasham "Iste'dodlar markazi"da o'z ijod namunalaridan o'qidilar va o'zlarining iliq fikrlari hamda shu ijod maktabida o'qish istaklarini bildirdilar.

🔴Tashrifni tashkillashda jonbozlik ko'rsatgan ustoz ijodkor Boltaboy Muhammadqurbonga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM