#OCHIQ_HAVODAGI
#KAYFIYAT_ULASHUVCHI
#NOAÑANAVIY_DARS
🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinfida geometriya fanidan navbatdagi dars ochiq havoda bo'lib o'tdi. Darsning
mavzusi "Amaliy tatbiq, takrorlash" bo'lib, dars oliy toifali o'qituvchi Yulduzxon Polvonova tomonidan olib borildi.
♻️Dars boshlanishidan oldin o'quvchilar o'tgan mavzu bo'yicha o'z bilimlarini sinab ko'rdilar. Keyinchalik o'quvchilar o'zlarining 8-sinf darsligida o'tgan umumiy mavzular bo'yicha o'zaro bellashdilar. Har bir o'quvchi faollikni berishni istamadi.
💢Darsning yanada mazmunli bo'lishi uchun qiziqarli o'yin tashkil qilindi. Bu o'yinda o'quvchilar barcha geometrik shakllarni, geometriyaga doir atamalarni hatto teoremalarni pantomima qilib amalda ko'rsatishdi. Bir-biridan topag'on o'quvchilar esa ularning javobini vaqt ketmasidan topishdi. Ular yil davomida barcha mavzularni a'lo darajada o'qiganliklarini, ularning bu darsdagi o'zaro bellashuvlar jarayonida jo'shqinlik bilan qatnashishganini va shartlarni mahorat bilan o'z tillarida, o'zining teran fikrlarida bayon qilganlarini bemalol aytishimiz mumkin.
✅Ochiq havodagi bu dars o'quvchilarga o'zgacha zavq va yanada kuch-g'ayrat baxsh etdi.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Tugʻigan kun
HALIMA XUDOYBERDIYEVA TAVALLUDIGA 75 YIL TOʻLDI
Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun. Shoira hayot boʻlganida bugun 75 yoshni qarshilagan boʻlardi.
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tugʻilgan.
“Otam, – deb eslaydi shoira, – adabiyotga ixlosmand odam boʻlib, oʻrtoqlari bilan tez-tez yigʻilishib turishardi. Ular chaqchaqlashib suhbat qurib, kitobxonlik qilganlarida uyimizda tongotar bazm boʻlardi. Qiblagohim otam kitoblar qiroatini joyiga keltirib, gʻalati, yurakni larzaga keltiruvchi bir xonish bilan oʻqirdilar. Ijodkor boʻlib, ozgina nimagadir erishgan boʻlsam, buning uchun men avvalo oʻz onam Sharofat Xonnazar qizi, otam Ummatqulboy Xudoyberdi oʻgʻlining, keyin onayizorim Qarshigul Xonnazar qizining poyiga bosh qoʻyib, koʻnglimni izhor qilmogʻim lozim”.
Halimaxon ikki yoshida onasi Sharofat opa hayotdan koʻz yumib, boʻlgʻusi shoiraga xolasi Qarshigul Xonnazar qizi onalik qiladi.
“Es-es bilaman, – deydi Xalimaxon, – Qarshigul aya kechalari chiroq yorugʻida qarsillatib, qilich solib, pat toʻqir, men u kishining yonida oʻtirib, basma-bas patning turini chalishardim. Pat gilamning gulini biror joyi buzilmay chiqayotganini koʻrgan onam “oʻzimni chevar qizim” deb peshonamdan oʻpib qoʻyar va koʻngillari iyib ketsa, oʻzining qattiq boshidan kechgan bir-yarim voqealarni hikoya qilib berardilar. Mening anchagina asarlarim, shulardan “Bir oʻrim soch tarixi”, “Sayram baxshi aytimlari”, “Hindikushdan nola keldi” sheʼrlarim, “Ilinj” dostonim aynan onayizorim taʼsirida bitilgandir”.
Halima Xudoyberdiyeva oʻrta maktabdan soʻng 1968-1972-yillarda Toshkent Davlat universitetida taʼlim oldi. Soʻngra “Saodat” jurnalida avval boʻlim boshligʻi, muharrir oʻrinbosari va keyinchalik bosh muharrir sifatida samarali faoliyat koʻrsatdi. Buning orasida 1975-1977-yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.
1978-1982-yillarda “Yosh gvardiya” (hozirgi «Yangi asr avlodi») nashriyotida boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi kengashi rayisi lavozimlarida xizmat qildi. 1995-1996-yillarda “Yozuvchi” nashriyotida yetakchi mutaxassis va “Guliston” jurnalida adabiyot boʻlimini boshqardi.
Halima Xudoyberdiyevaning ijodi 60-yillardan boshlangan boʻlib, shu kungacha u yigirmadan ortiq sheʼriy toʻplamlar, dostonlar va publitsistik maqolalar yaratdi. Xususan, uning “Ilk muhabbat” (1968), “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch togʻlarim” (1976), “Bobo quyosh” (1977), “Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983), “Muqaddas ayol” (1987), “Yuragimning ogʻriq nuqtalari” (1991), “Hurlik oʻti” (1993), “Bu kunlarga yetganlar bor” (1994), “Toʻmarisning aytgani” (1996) kabi sheʼriy, nasriy kitoblari keng kitobxon ommasining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Halima Xudoyberdiyeva shoiragina emas, otashnafas publitsist hamdir. Uning “Yuragimning ogʻriq nuqtalari” toʻplamiga kirgan maqolalarida zamonamizning dolzarb muammolari haqida mushohada yuritiladi.
Uning Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupovdan qilgan tarjimalari eʼtiborlidir. Halima Xudoyberdiyeva oʻzining “Muqaddas ayol” (1990) nomli sheʼriy toʻplami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1992-yili unga “Oʻzbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, 2021-yili “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni berilgan.
Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil 17-avgustda vafot etgan.

DA’VAT
Kunduz yurib yozdim, tun turib yozdim,
Yozganda ko‘ksimga tigʻ urib yozdim.
Dardlarimga siyoh kor qilmay qolgach,
Qalamni qonimga botirib yozdim.
Qon asli yoruglik. Yorug‘lan, tiz cho‘k,
Asl mard Vatanga tiz cho‘kib o‘tar.
Qancha qoning bo‘lsa - Vatan uchun to‘k,
Qancha shoning bo‘lsa - Vatanni ko‘tar!
AYOL OʻTIB BORAR
Sen soʻrama, men ham aytmayin,
Kuragimning singanini qars.
Shovqin solma, men uygʻotmayin,
Yuragimda yotar bir yoʻlbars.
Baland bir oʻt yongan ichimni
Men sovutib yashashim kerak.
Oʻz-oʻzimga sarflab kuchimni,
Men ovutib yashashim kerak.
Ayol oʻtib borar, shoʻx yurib,
Shamollarda soch yoygan ayol.
Ich-ichida yoʻlbars oʻkirib,
Sirtdan mayin jilmaygan ayol!
✍ Halima Xudoyberdiyeva

#YANGI_NASHR
📚Oldinroq xabar berganimizdek, "Mahmud az-Zamaxshariy nashriyoti tomonidan yangi "BAHOR MUSHOIRASI" kitobi Toshkent shahrida nashr etildi.
✍️ To'plamga Ogahiy nomidagi ijod maktabi 3 nafar ijodkor o'quvchilarining she'rlari ham kiritildi.
⚡️Bugun ushbu kitoblar "Mahmud az-Zamaxshariy" nashriyoti rahbari Boltaboy Muhammadqurbon tomonidan maktabimizga taqdim qilindi.
📣Ijodkor o'quvchilarimizga kitoblar tez kunlarda tantanali topshiriladi.

📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari.
🔰Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qilganidan barchangizning xabaringiz bor.
💠Tanlov 4 yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilingan edi. Tanlovga ijodkor o’quvchilar tomonidan ko'plab ishlar kelib tushgan.
💢Tanlovda ishtirok etgan barcha o‘quvchilar va ularning ustozlariga Ogahiy ijod maktabi ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.
‼️ Tanlov materiallari kanalda berilmadi, chunki g‘oliblar Ogahiy ijod maktabida 23-may kuni soat 15:00da boshlanadigan “Vatan yagonadir” tadbirida e’lon qilinadi.
♻️Tanlov natijalari e’lon qilingach tanlovga kelgan eng sara ijodiy ishlar kanalimizga joylanadi.
🔖Va’da qilganimizdek, ishtirokchilarning barchasiga serifikatlar taqdim qilinadi. G’olib o‘quvchilar va ularning ustozlariga diplom hamda esdalik sovg’alar topshiriladi.
💫Shunday ekan, kanalimizda biz bilan birga qoling, bizni kuzatishda davom eting!
❓G’oliblar hozircha sir! Ogahiy ruhi kezayotgan muqaddas dargohga tashrif buyuring va g’oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok eting!
💥Balki, g’olib SIZ bo’lishingiz mumkin!
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari.
🔰Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qilganidan barchangizning xabaringiz bor.
💠Tanlov 4 yo‘nalish bo‘yicha e’lon qilingan edi. Tanlovga ijodkor o’quvchilar tomonidan ko'plab ishlar kelib tushgan.
💢Tanlovda ishtirok etgan barcha o‘quvchilar va ularning ustozlariga Ogahiy ijod maktabi ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.
‼️ Tanlov materiallari kanalda berilmadi, chunki g‘oliblar Ogahiy ijod maktabida 23-may kuni soat 15:00da boshlanadigan “Vatan yagonadir” tadbirida e’lon qilinadi.
♻️Tanlov natijalari e’lon qilingach tanlovga kelgan eng sara ijodiy ishlar kanalimizga joylanadi.
🔖Va’da qilganimizdek, ishtirokchilarning barchasiga serifikatlar taqdim qilinadi. G’olib o‘quvchilar va ularning ustozlariga diplom hamda esdalik sovg’alar topshiriladi.
💫Shunday ekan, kanalimizda biz bilan birga qoling, bizni kuzatishda davom eting!
❓G’oliblar hozircha sir! Ogahiy ruhi kezayotgan muqaddas dargohga tashrif buyuring va g’oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok eting!
💥Balki, g’olib SIZ bo’lishingiz mumkin!
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Ogahiy ijod maktabi pinned «📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari. 🔰Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qilganidan barchangizning…»