Ogahiy ijod maktabi
1.17K subscribers
31.5K photos
2.51K videos
313 files
7.91K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

Mening Prezidentim – mening faxrim!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar o‘rtasida ''Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!'' shiori ostida va ''Mening Prezidentim – mening faxrim'' nomli ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

📌Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkazildi:

“Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzusida
🔸“Eng yaxshi she’r muallifi”
🔸“Eng yaxshi yozilgan insho”
🔸“Eng yaxshi yozilgan esse”
🔸 “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” nomli qo‘lda chizilgan rasmlar tanlovi

🔴Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilganlari tanlovning ikkinchi, yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yuborildi.

‼️Tanlov natijalari tafsiloti va g'oliblarning ijodiy ishlari bizning telegram kanalimizda yoritiladi.
Bizdan uzoqlashmang.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan ozodligi va tinchligi yo'lida kurashgan qahramon ota-bobolarimizning yo'li biz uchun doimo o'rnakdir. Ularning jasorati va porloq xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan aziz Vatandoshlarimizga, qadrli urush va mehnat faxriylariga sog’lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga fayzu baraka hamda barcha ezgu orzu-niyatlaringizning ijobatini tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo birdam bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik tilaymiz.

Xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#USTOZLAR_IJODI

YENGILMAS YURT


Dunyolarni quchganda olov,
Koʻksin tutgan jasur bobolar.
Frontdan qaytmagan yorin,
Butun umr kutgan momolar.

Men urushni koʻrmadim, biroq,
Koʻksi orden bobomni koʻrdim.
Koʻzlaridan urushga nafrat,
Tomib turgan momomni koʻrdim.

"Urush"-desa bobom "uh" tortib,
Kemtik qoʻlin silab qoʻyardi.
Buvim esa ukasin eslab,
"Jigarim"-deb boʻzlab qoʻyardi:

"Hali sabza edi moʻylovi,
"Xayr"-deya qildi tabassum.
Ketdi, na xat, na biror xabar,
Urush qildi ukamdan mahrum".

Oltin baldoq, nikoh uzugin,
Tankka almashtirdi kelinlar.
Jun roʻmolin askarlar uchun,
Qo'lqop qilib tikdi kelinlar.

Zavodda qurollar yasadi,
Oʻn oltiga toʻlmagan oʻsmir.
Ketmon chopdi qiz-u juvonlar,
Shaxtalarda tashidi koʻmir.

Bir yarim million norgʻul bobolar,
Besh yuz mingi magʻribda qoldi.
Qattol fashist inson boshiga,
Koʻz koʻrmagan balolar soldi.

Oʻzbekiston bagʻri keng vatan,
Bir yarim millionga boʻldi boshpana.
Besh yuz ming bolani bosdi bagʻriga,
Yutmasin deb urush poʻrtana.

Bolaligi, yoshligi, umri,
Xazon boʻlgan, aziz bobolar,
Unutmaymiz hech qachon sizni
Vatan uchun joni fidolar.

Hayot borki sinovlar bisyor,
Goh shamol, goh suv, gohi doʻl.
Qoravirus-dunyoga ofat,
Hech biriga biz bermaymiz yoʻl.

Birdam boʻlib birga boʻlamiz,
Bir jon, bir tan, yelka boʻlamiz.
Yurtboshim bor-dovrugʻi jahon,
Sinovlarda birga boʻlamiz.

Yana qaytib osuda kunlar,
Toʻy-bayramda birga boʻlamiz.
Sinovlarda toblanib, toʻlib,
Yengilmas yurt-oʻlka boʻlamiz.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Yusupova

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹XOTIRA BOR EKAN - MILLAT
BARHAYOT

🌷9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!

🖥Muallif: Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyozova

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9 - MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

"Xotirani iymondek saqlang"

🖥 Rustamova Sabrina,
Toʻliboyeva Mohinur,
Yoqubov Sardor - Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchilari

🎙Rustamova Sabrina

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

🔹XOTIRA MUQADDAS


Bahor ketishidan bergancha darak,
Ko'kdagi turnadek qanotin qoqib.
Go'zal tarovat-la kirib kelar May,
G'alaba kunining shodligin yoyib.

Tinch yashash istaydi har bir odamzod,
Lek g'araz niyatlar bermaydi imkon.
Ezgulik gullarin vayron qilgancha
Qalbim bo'stonini qiladi payhon.

Mening bobom bo'lgan o'zbek o‘g‘loni,
Qalbidan o'chmagan hurlik sururi.
Matonat yo'lidan o'tdi mardona,
Bugun ona yurtim faxri, g'ururi.

Ajdodlarim yodi, xotira ulug',
Shod bo'lsin qahramon jangchilar ruhi.
Boshimiz egamiz, qilamiz ta'zim,
Siz sabab tuyamiz tinchlik shukuhi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9 - MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xurshid Karim.

"Xotira xiyoboni"

🎙 Ziyoda Saparboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi