Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#INTELLECTUALS_CONTEST

MUROSASIZ BO‘LIB O‘TGAN BELLASHUV

📆 Joriy yilning 6-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ma'naviyat kuni" doirasida turli tadbirlar belgilangan. Maktabning 8-sinf o'quvchilari o'rtasida ingliz tili savodxonligini oshirishga qaratilgan murosasiz bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuv 5 bosqichdan iborat bo'lib, bellashuv davomida guruh o'quvchilari o'zlarining ingliz tili bo'yicha gapirish, grammatika va lug'at boyliklarini sinovdan o'tkazib olishdilar.

🔸Murosasiz va hayajonli o'tgan bellashuvni mahoratli tarbiyachi-pedagoglarimiz Anaposhsha Sobirova va Go'zal Jumaniyazova olib bordilar.

So‘nggi natijalarga ko'ra har ikkala jamoa hisoblari teng hisoblanib, DO'STLIK g'alaba qozondi.


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#KÒKLAM_MUSHOIRASI
#JARAYON

MAKTABIMIZ O‘QUVCHILARI TOMONIDAN DO‘STLIK MUSHOIRASI BO‘LIB O‘TDI


🔰 May oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari tomonidan "Ko'klam mushoirasi" bo‘lib o‘tdi.

📖 Ohorli, bir-biridan go‘zal o‘qilgan she'rlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quvchilarning ko'pgina shoirlar she'rlarini yod olganliklari, ularning yaxshigina kitobxon ekanliklarini guvohi bo‘ldik.

🔻 Ko'taringki kayfiyatda o‘tgan mushoira davrasi yakunida tarbiyachi-pedagoglar o‘quvchilarga o‘z maslahat va tavsiyalarini ham berib o‘tishdi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Кўнглим тўлиб кетди,
Тўлиблар кетди,
Қалбим тирнайверар
Ғамлар, аламлар.
Менинг бор қувончим
Бошига етди
Менинг ҳаётимга
Яқин одамлар.
Сира ишонмайман,
Ёлғончи дунё,
Шунча алдоқларинг
Етар энди, бас!
Қалбимга интилиб
Яшайман, илло
Дилни дилдан ўзга
Ҳеч ким тушунмас.

Ғайрат Мажид

•┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
Kanalimizga a'zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing. 👇👇👇
t.iss.one/gayratmajidijodi
•┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#SPORT_MUSOBAQASI
#JARAYON

⛹‍♂ IJODKOR SPORTCHI YOSHLARIMIZ


📆 Joriy yilning 6-may sanasi kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-sinf oʻquvchilari o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tdi. Bu musobaqa shaffof tarzda, o'qituvchilar kuzatuvi ostida bo'ldi.

⚽️ O'quvchilar shartlarda o'z faolliklarini, ziyrak va chaqqonliklarini ko'rsatib berishdi. Musobaqada do'stlik g'alaba qozondi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RAHBAR_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI
#JARAYON

📅 Joriy yilning 6-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida "Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi" Xorazm viloyati hududiy bo'limi rahbari Jamol Boltayev tashrif buyurdi. Ular o'z hayoti, faoliyati, tajribalari borasida o'rtoqlashdilar.

📌 Bilimlarini mukammal egallash kerakligi, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjudligi to'g'risida fikrlashildi. Dars va to'garaklarda egallagan bilimlarini o'rganish maqsadida turli savollar bilan murojaat qildilar.

🔹O'quvchilarga o'z sohasi yetuk kadrlari bo'lib chiqishlarini maslahat berdilar. Ijodiy fikrlar bildirib, o'zlari o'qigan kitob, sevib mutolaa
qiladigan Mahtumquli she'rlaridan aytdilar.

🔸O‘ylaymizki, yoshlar uchun ilm yo’lida mashaqqat
chekkan insonlar bilan uchrashish katta ahamiyatga ega. Bu yoshlarning ma'naviyatli
inson bo'lib yetishishida muhim vazifa bo'lib xizmat qiladi.

🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi