Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🔎 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

🖋 Chet tilini o‘qitishga e’tibor tufayli xususiy til markazlari soni 6 mingdan ortdi. Bugungi kunda 1,5 million yoshlarimiz bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.

📊 Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.

🏠 Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi.

☀️ Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

🌲 Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🥇Telegram 🥈Facebook 🥉Instagram
Ogahiy ijod maktabi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🔎 Yoshlarning bo‘sh…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.

🏠 Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.

👥 Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.

🗒 Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.

📊 Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🥇Telegram 🥈Facebook 🥉Instagram
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🏬 Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.

💳 Shu bilan birga, o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.

🛡 1-maydan yoshlar, talabalar, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazib, ular ko‘p ovoz bergan kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov ta’minoti bo‘yicha yengilliklar beriladi.

📌 Mutasaddilarga har bir tumanda “daftar”ga kirgan 100 nafardan yoshlarning ichki turistik sayohatlarini tashkil qilish topshirildi.

🔨 Joriy yildan boshlab yoshlar o‘rtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” o‘tkazilishi ta’kidlandi. Misol uchun, oshpaz, konditer, stilist, dizayner, hunarmandlar o‘rtasida olimpiada o‘tkaziladi va g‘oliblarga ustaxonalar qurib beriladi, zarur dastgohlar olib beriladi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Ogahiy ijod maktabi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🏬 Buxoro, Samarqand…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Yig‘ilishda globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani qayd etildi.

🕸 Misol uchun, o‘tgan yili huquq-tartibot idoralari tomonidan 86 ta noqonuniy “virtual hujralar” aniqlangan. Bular faqat mamlakatimiz hududida tashkil etilganlari.

🏠 Oliygohlar rektorlari talabalari darsdan keyin nima bilan shug‘ullanishi bilan qiziqmayotgani, ijodiy kechalar, sport o‘yinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning bo‘sh vaqtini boyitmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

🏬 Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati ham tubdan o‘zgarishi shartligi ta’kidlandi. Markazning birorta internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi, yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, qamrovi va ta’sirchanligi past bo‘lgan turli-tuman anjuman va davra suhbatlari o‘tkazish bilan ovora bo‘lib qolgani tanqid qilindi.

📊 Shu bilan birga, byudjet hisobidan yaratiladigan badiiy asarlar, multfilm, serial va kinolar, sahna asarlari xususiy sektor va xorijiy kontentlar bilan raqobat qila olishi zarur.

👤 Mutasaddilarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularga sog‘lom fikr va motivasiya berishga qaratilgan kontentlarni ko‘paytirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ixtisoslashgan alohida teleko‘rsatuvlar tashkil qilish, xorijdagi yoshlarimizga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Ogahiy ijod maktabi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🌐 Yig‘ilishda globallashuv…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Yig‘ilishda aytilgan taklif va tashabbuslar bo‘yicha yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi.

🖋 Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi.

📌 Dasturda sohada erishiladigan aniq maqsadli indikatorlar belgilanadi.

📌 Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, - dedi davlatimiz rahbari.

💬 Prezident bu borada parlament vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollarini ham qattiq bel bog‘lab, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish bilan astoydil shug‘ullanishga chaqirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va soha rahbarlarining axboroti tinglandi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
#Kitobxonlar_davrasi
#Live

Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da "Kitobxonlar davrasi" nomli tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Xorazm
#Test
#Live

🔴 Bugun, 30-iyul kuniga rejalashtirilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari va Ogahiy ijod maktabiga kirish imtihonlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida boshlanish arafasida. 

🔲 Test jarayonlari yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilishi uchun barcha zarur choralar va shart-sharoitlar ta'minlangan.

🔺30-iyul kuni  jarayonlar 1 ta smenada tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

🌐
Telegram | Facebook
#Qiyot_oqshomlari
#Live

🏢 Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Qiyot oqshomlari" nomli ijodiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.


➡️ Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Sadullayevlar chiroyli tilaklar bilan ochib berishdi. Ijodkor o‘quvchilarga ijodiy parvozlar tilab o‘tishdi.

🤩 Jarayonlar davom qilmoqda. Bizni kuzatib boring.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qiyot_oqshomlari
#Live

🏢 Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Qiyot oqshomlari" nomli ijodiy tadbir bo‘lib
o‘tmoqda.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qiyot_oqshomlari
#Live

🏢 Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Qiyot oqshomlari" nomli ijodiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram