Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Oziqlanish_hayotning_muhim_qismi

▶️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni sog'lom va ratsional ovqatlanishlari masalasiga ham e'tibor qaratilmoqda. Ular uchun 5 mahal ovqatlantirish yo'lga qo'yilgan.

Bu yo'nalishda K.Jumaniyazov rahbarligidagi "Navqiron Xiva zamin" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan autsorsing xizmati tashkil qilingan bo'lib, jamiyatning tajribali oshpazlari va oshxona ishchilari o'quvchilar sevib iste'mol qiladigan turfa milliy va zamonaviy taomlarni sifatli tayyorlab, dilbandlarimiz uchun dasturxonga qo'ymoqdalar.

🥟 Buni kechagi va bugungi jarayonlar aks etgan yuqoridagi suratlardan ham ko'rishingiz mumkin. 👆

Bizning telegram kanalimiz:
🟥
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QUVNOQ_STARTLAR
#SPORT

SPORT INSONNI RUHAN VA JISMONAN SOG'LOM QILADI


🔰 Aprel oyining 27-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "O'quvchilar almashish dasturi" doirasida tashrif buyurgan Abdulla Oripov ijod maktabining 8-sinf "Ideal" jamoasi va Ogahiy ijod maktabining 8-sinf "Lokomotiv " jamoalari o'rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

💁‍♂ Musobaqa 5 ta shart bo‘yicha o‘tkazildi. Qiziqarli shartlarda ikkala maktab o'quvchilari faol qatnashishdi. Musobaqa qizg'in va do'stona tarzda o‘tdi.

🏆 O‘yinni jamoalar o‘zaro durrang hisobi bilan yakunlashdi. Mehmon "Ideal" jamoasi barchada iliq taassurot qoldirdi. Jamoalarga Xiva shahar hokimi o‘rinbosari M. Raxmanov tomonidan estalik sovg'alar topshirildi.

Bizning telegram kanalimiz:
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RESPUBLIKA_TANLOVI

OGAHIY IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI

DIQQAT, DIQQAT, DIQQAT!

📌 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi maktablar o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori hamda "Mening Prezidentim - mening faxrim" nomli o'tkaziladigan ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilindi.

Tanlov ikki bosqichda o'tkazilib, birinchi bosqichda 1-2-3-o'rinlarga munosib deb topilgan ijodiy ishlar mualliflari maktab tomonidan taqdirlanadi.

🌈Eng yaxshi ijodiy ish tanlovning Respublika bosqichi hakamlar hay'atiga taqdim qilinadi va yakuniy bosqich g'oliblari Prezident ta'lim muassasalari agentligining "Renessans" oromgohiga bir haftalik yo'llanma yutib oladi.

📌Marhamat, tanlov Nizomi bilan yaxshilab tanishib oling. 👆👆👆👆

💎 O'z bilim, ijodkorlik va iqtidoringizni namoyish vaqti keldi!
💎 Ajoyib imkoniyatdan foydalaning!
💎 G'oliblar safida bo'lib, e'tirof va rag'batlarga ega bo'ling!

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM