Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_MART_XALQARO_XOTIN_QIZLAR_KUNI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Rahmanova Zahro tomonidan ijod maktabimiz ayol pedagoglari va o'quvchi qizlariga atab tayyorlagan bayram videoroligi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI

8-MART


Bahorda ochilgan nafis gul misol,
Ko'nglingiz doimo bo‘lsin beg'ubor.
Mehringiz borliqqa aylangan timsol,
8-mart bayram muborak bo'lsin!

Oftobdek chehrangiz yayrasin, kulsin,
Tabassum hamisha hamroh, yor bo'lsin.
Bog'ingiz turfa xil gullarga to'lsin,
8-mart bayram muborak bo'lsin!

Eng nekbin tilaklar bo'lsin armug'on,
Siz hammadan shodon, baxtli begumon.
Qutlayman men sizni bo‘lib shodumon,
8-mart bayram muborak bo'lsin!

:Rahmanova Zahro
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI

🌷O'ZBEK AYOLI


Ko'z tegmasin, gard yuqmasin origa,
Oy botinmas boqishga ruxsoriga.
"Shukur" deya ko'nib yashar boriga,
Basti uzra muqim qirqta kokila,
O'zbekning ayoli mudom oqila.

So'zlagan so'zlari shirin, muloyim,
Chehrasidan nur yog'ar kulsa doim.
Joning nisor etgulik o'zbekoyim.
Mehri go'yo oqib turgan shalola,
O'zbekning ayoli chunon oqila.

Tun-u kunduz lol qolar chiroyiga,
Qora qoshin kamoniga, yoyiga,
Hatto osmon alishtirar oyiga,
Uying yashnab turar uning bori-la,
O'zbekning ayoli shunday oqila.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Matqurbonova Nargiza


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_ONAJONLAR_BAYRAMI
***

Hammada ham ona bor, ammo
Hamma bilmas qadrini uning.
Bilib qo'ygin shafqatsiz samo,
Uni olar kutmagan kuning.

Shundan keyin qolib noiloj,
Qabriga ko'p tutasan gullar.
Ammo endi ular foydasiz—
Onangni shod qilmaydi ular.

Undan ko'ra tirik paytida
Gilam bo'lgin, yurgan yo'liga.
Qabriga gul qo'ygandan ko'ra,
O'sha gulni bergil qo'liga.


Su
nnatulla Jaloliy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#IJOD_ZAVQI

Yig'layotirman...


Bugun derazadan jimgina boqib,
Volidamni o‘ylab ezilyotirman.
Negadir yuragim, ko‘nglim juda g‘ash,
Onamni sog‘inib yig‘layotirman.

Ko‘nglimda armonim ummonday cheksiz,
Ezilgan qalbimni tig'layotirman.
Sig'masdan ichimga shu katta ochun,
Onamni sog‘inib yig‘layotirman.

Yiqilsam boshimda parvonam ekan,
Barchasini endi anglayotirman.
Siz mening borlig'im yagonam erkam,
Onamni sog'inib yig'layotirman.

: Artiqova Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Audio_511932
<unknown>
#BUGUN_ONAJONLAR_BAYRAMI
#JANNATIM_ONAM

Sayyid Abdulaziz Yusupov

💎 "Onam - oq Kaʼbam"

🎙Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN!

Abdulhamid Choʻlpon

💎 Goʻzal

🎙 Sheʼrni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev oʻqidi.

***
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022 yil 9-mart, chorshanba

👉 Bayramlar:

- 🇺🇳Jahon DJlar kuni
- 🇺🇳Millatlar hamdo‘stligi kuni
- 🇱🇾Livanda O'qituvchilar kuni
- 🇺🇦Ukraina er tuzuvchilar kuni
- 🇦🇺Avstraliyada Kanberra kuni

👉 Tarixda bugun(xronika):

- 1309 — Rim papasining Avinyon tutqunligi: Clement Vaviliyonga oʻrnashdi.
- 1500 yil - Kabral ekspeditsiyasi Hindistonga yo'l oldi va Braziliya yerlarini kashf qildi
1714 yil - Pyotr I oddiy askar sifatida xizmat qilmagan zodagonlarga ofitser unvonlari berilishini taqiqlovchi farmon chiqardi
1776 yil - Adam Smitning "Millatlar farovonligining tabiati va sabablarini o'rganish" kitobi Londonda nashr etildi
- 1796 — Napoleon I Josephine de Beauharnaisga uylandi.
- 1831 yil - Frantsiya xorijiy legionni ta'sis etuvchi qonun qabul qildi
- 1918 — Rossiya poytaxti Sankt-Peterburgdan​Moskvaga koʻchirildi.
-1959 yil - birinchi ,,Barbie’’ qo'g'irchoqlari sotuvga qo'yildi

👉 Tavalludlar:

- 1454 yil - Amerigo Vespuchchi - italyan sayohatchisi, Amerika qit’asiga uning nomi berilgan
- 1930 yil - Afanasy Kochetkov - sovet va rus kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti
- 1934 - Yuriy Gagarin - Sovet kosmonavti, Yerning birinchi kosmonavti, Sovet Ittifoqi Qahramoni
- 1940 yil - Larisa Golubkina - sovet va rus teatr va kino aktrisasi, qo'shiqchi, RSFSR xalq artisti
- 1943 - Robert Fisher - amerikalik shaxmatchi, shaxmat bo'yicha 11-jahon chempioni

Kanalimiz👇👇
👉 @kalendarlar

Yaqinlaringizga ham ulashing➡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM