Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#5_tashabbus_amalda
#Ogahiy_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachisi Zaripova Chinnigul rahbarligida 25-fevral kuni 7-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida ,,Bir haftada bir kitobʼʼ loyihasi boʻlib oʻtdi. Bu loyiha doirasida Madrimova Feruza Janni Rodarining ,,Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatidaʼʼ sarguzasht asarini, Rahmonova Zaxro Artur Konan Doylning ,,Yoʻqolgan dunyo romanining 1-qismini, Otaboyeva Mumtozxon Abdulla Qodiriyning ,,Mehrobdan chayonʼʼ romanini taqdimot qildilar. Oʻquvchilar asarni mohiyatiga tushunmagan joylarini o'zaro savol-javob qilish orqali tushunib oldilar. O'quvchilarimiz bu loyiha yordamida Oʻzbek va jahon adabiyoti durdona asarlarini oʻqib, bilim va dunyoqarashlarini yanada kengaytirib bormoqdalar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Til_bilganga_ming_tanga

Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng xorijiy tillar bo'yicha to'garaklar o'z faoliyatlarini davom qildirmoqda. 9-"A" sinfida fransuz tilidan to'garak mashg'ulotini tarbiyachi - pedagog Samiya To'qsonova olib bormoqda. Bu galgi darsda Fransiyaning mashhur xiyobonlaridan Champs- Ellysée haqida so'z bordi. Xiyobon haqida turli rasmlardan ko'rsatildi. Shuningdek, 200 yil davomida qurilgan Notre- Dame ibodatxonasi haqida va Triomflar Arki haqida ma'lumotlar beridi. Mashg'ulot o'quvchilarga katta qiziqish uyg'otdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_va_òquvchilar_tashrifi

Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Qoraqalpog'iston respublikasi Ellikqal'a tumanidagi maktabning o'quvchilari ustozlari rahbarligida tashrif buyurdilar. Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyatiga qiziqish doirasida o'quvchilar ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, o'quv-tarbiya jarayonlari, maktabga qabul qilinish tartiblari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar va o'zlarining iliq fikrlari hamda shu ijod maktabida o"qish istaklarini bildirdilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#HAMKORLIKDAGI_TÒGARAKLAR
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB

25-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng 9-"A" sinf o'quvchilari Milliy Gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Kamondan o'q otish" to'garagiga qatnashdilar. Maktabning ochiq sport majmuasida kamondan o'q otish mashqini Jumanazarova Shoxruza, Jumaniyozova Sarvinoz, Bahodirova Zarina, Bahodirova Komila, Bunyodova Parizodalar juda yaxshi bajarishga erishdilar.
So'ngra hamkorlikdagi "Chavandozlik" to'garagiga ham faol qatnashib, o'quvchilar otda yurish ko'nikmasini hosil qildilar. Jarayon davomida Milliy gvardiyaning qo'riqchi itlari bilan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. It egasi bergan barcha topshiriqlarni puxta bajardi. O'quvchilar uning harakatlaridan hayratda qolishdi.
2- tushlikdan so'ng sinfda "Kitobxonlik va mutolaa soati" bo'ldi.
Unda Bahodirova Komila Chingiz Aytmatovning " Yuzma- yuz" qissasini taqdimot qilib berdi. Asarning bosh qahramoni Saida va Ismoillarning hayoti, asarning mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.