Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun O'rinov)
#JARAYON

Bugun Toshkentda joylashgan Astrum IT Academy markazida
O'zbekiston Volontyorlar Assotsatsiyasi rahbari @ChudoDolphin
(Shirin Abidova) bilan ko'rishdim.

@Xorun_Muso
Ogahiy ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi, shoir Xorun Muso bergan takliflari eng e'tiborli va ahamiyatli deb topilganligi sababli ayni paytda Toshkent shahrida davom etayotgan "Yoshlar forumi - 2021" yil tadbirlarida tashkiliy qo'mitaning maxsus taklifnomasi asosida ishtirok etmoqda. Biz Xorun Musoga faqat omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi👆👆👆👆
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TANLOVGA

(Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining o'quvchilari o'rtasida)

Tanlovning 1- “Ogahiyga ehtirom” she'riyat yo'nalishi uchun

Ikkinchi Navoiy

Xorazm eli azaldan,
Mashhur shoiri bilan.
Tarixin bayon qilsang,
Ogahiy, Komil bilan.

Ma'munni bunyod etib,
Beruniyni yod etib,
Nol sonin ijod etib,
Xorazmiy "Al- jabr" bilan.

Xiva xoni Rahimxon,
Ma'rifatparvar sarbon,
Yonida yurib mudom,
Ustod Ogahiy bilan.

Bayqaro-Navoiydek,
Do'stlik ko'rdimi tarix?
Yurtni qildi idora,
Feruz Ogahiy bilan.

Tarixni sevgan o'zi,
Yilma- yil tizgan o'zi,
Bebaho, nodir so'zi,
"Shohidi iqbol" bilan.

Zullisonaynlik bor edi,
Mohir tarjimon edi,
Tillarda doston edi,
"Guliston", "Qobus" bilan.

Oshiqlar tumor qildi,
G'azallarin yod bildi,
Feruz bastalab kuyni,
"Ustina", "Navro'z" bilan.

"Qasidayi nasihat",
Kelajak uchun ibrat,
Xalqiga etdi xizmat,
"Ogohnoma"si bilan.

Xorazm farzandiman men,
Zarra yolg'on demam men,
Faxr etay o'lguncha men,
Ogahiy bobom bilan.

Buyuklar yurti Xorazm,
Yarashgay kuy hamda nazm,
Jo'sh urar bu kun so'zim,
Ogahiy yodi bilan.



Urganch tumanidagi 4- son maktabning 8- "B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyeva Sinora


Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TANLOVGA

(Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining o'quvchilari o'rtasida)

Tanlovning 2- "Ogahiy lirikasining mavzu doirasi"- mavzusidagi video taqdimot yo'nalishi uchun

Xonqa tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Ikromova Shaxzoda

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#TANLOVGA

(Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining o'quvchilari o'rtasida)

Tanlovning 3- "Ogahiy g'azallarining mohir ijrochisi" yo'nalishi uchun

Xorazm viloyati Shovot tumani 28-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10- "B" sinf o'quvchisi Usmonov Murodjon

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ANONS

Xorazm televideniyasining "Xorazmnoma" ko'rsatuvi maxsus soni Ogahiy ijod maktabidagi o'qish jarayonlarini tasvirga olishdan boshlanib, qadimgi Xiva madrasalarida ilmi toliblar hayotiga sayohat shakliga o'tadi. Qiziqarli va o'zgacha ko'rsatuvda Ogahiy ijod maktabi o'quvchilari ham ishtirok etishdi. Yaqin kunlarda ko'rsatuv efirga beriladi va bu haqda sizga qo'shimcha ma'lumot beramiz.
Bizni kuzatishda davom eting.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM