Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#MAHORAT_DARSI
#URDU

Dekabrning 9 - sanasida dars mashg'ulotlaridan so'ng "Mahorat darsi" bo'lib o'tdi. Mahorat darsini Urganch Davlat Universiteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi o'qituvchisi Boymuratova Xosiyat Atabayevna "Ogahiy- tarixnavis" mavzusida 8-9- sinf o'quvchilariga ma'ruza qildi.Turli xil matematik sanalardan foydalangan holda Ogahiy asarlarining yaratilishi, shu vaqtdagi siyosiy ahvol haqida so'zlab berdi. Ma'ruza boshida videorolik namoyish qilindi. Unda maktabimiz o'quvchilari ham borligi o'quvchilarni quvontirdi. O'quvchilar bilan savol- javob qilindi. Mahorat darsi o'quvchilarga foydali, ahamiyatli va qiziqarli tarzda tashkil qilindi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_TAFSILOTI

Joriy yilning 9-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. Darsda o‘quvchilarga "Reading: Verbs with prepositions" mavzusida noan'anaviy tarzda ingliz tiliga qiziqishini orttirish, aql-zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularga turli xil mashqlarni bajarish va matn tarjima qilish o'rgatildi. Ushbu to'garak, o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat va so'z boyliklarini oshirishda yordam berishi shubhasizdir.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlanadi

Abad xotira!

Oddiydir hayoti, emas shohona,
Sabrni sinarkan keng bu jahona.
Yillar to‘zonidan o‘tib, mardona,
Siz chekkan zahmatlar abad xotira.

Hadsiz bisotingiz ba’zan titkilab,
Ruhingizdan har tong madadlar tilab.
Purhikmat she'riyat olami bo‘ylab,
Sohir so‘zlaringiz abad xotira.

Kulgular baxshida etib insonga,
Matmusaning dong'i yetdi jahonga.
Ulangay har kuni mangu alyorga,
Matmusaning hajvi, abad xotira.

Ash’orlari xuddi sarjinday qator,
Falakga sochilgan ajib zavqi bor.
Oy bir-la yig‘amiz, ko‘ngilga tumor,
Boqiy baytlaringiz abad xotira.

Umr sarhisobi boshlangan zamon,
She’rlari uning-chun bo‘ladi qalqon.
Yangragay sha’niga dostonlar mudom,
Shonli shuhratingiz abad xotira.

Soqiylari yetdi Nazrul boshiga,
Ming fitnalar tuzdi uning qoshiga.
Yondi hakimlari o‘zning toshiga,
Ruhlar chekkan isyon abad xotira.

Shogirdlar qo‘lida bugun tug‘ingiz,
Hech qachon o‘chmagay nurli izingiz.
Tavallud-la qutlar o‘g‘il-qizingiz,
Yorqin xotirangiz abad xotira!


Ogahiy ijod maktabining 9-“A” sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonu


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga
(Tarjimalar)

Shoir qalbi

Shoir qalbi goʻyo anor,
Sheʼri uning sharbati.
Boʻlmas ekan sheʼr ahlining
Oʻz qalbiga shafqati.
Tinmay ezar, ezar uni
Ammo shoir biladi —
Piyolasi toʻlgan kun
Paymonasi toʻladi.

The poet's heart is like a pomegranate,
Poetry is its juice.
The poetry people have no compassion
For their own heart.
It keeps him suffered,
But the poet knows -
In the day the cup is full
He will face the death.

*****
Tush

Bir oy bo’ldi,
Takror-takror
Men bir xil tush ko’raman,
Tushlarimda mudrab yurgan
El ichida yuraman.

Ular bilan
Men ham mudrab,
Asta qadam sudrayman.
«Bu – tush», - deyman,
«Uyg’on!», - deyman,
Uyg'onolmay mudrayman.

Har tun shu hol,
Falak bergan
Bu ne balo, qiynoqdir?!
Ey, Xudoyim,
Ey, Xudoyim,
Kecha buncha uzoqdir!

It has been a month.
Over and over.
I saw alike dreams.
In my dreams, I wander drowsy.
Among people who are sleepy

With them.
I am drowsy as well.
I take a slow step ahead.
"It's a dream," I say.
"Wake up!" I say.
I sleep without awake

This is the case every night
The sky gave
What a tragedy, torment ?
Oh my lord,
Oh my lord,
Night is so far !



Erkin Vohidov qalamiga mansub she'rlarni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Hayitboyeva Kumushoy ingliz tiliga tarjima qildi.


O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy ishlari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM