Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Fizika_barcha_texnikaviy_fanlar_asosi

23-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfida tajribali uztoz Atayev Rahimberdi domla tomonidan "Molekulaning o'lchamini baholash" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Bunda o'quvchilar mexanik model asosida mosh donalarini o'lchamini baholadilar. Darsning o'ziga xos topshirig'i bo'lgan - mustaqil ravishda fizika fani xonasidagi barometr, termometr, o'lchov chizg'ichi yordamida xonadagi havo zichligini aniqlash vazifalarini o'quvchilar qiziquvchanlik va faollik bilan bajardilar hamda shu mavzu doirasida zarur ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUTOLAA_ZAVQI

BUVIJONIM

Onamday suyukli men uchun aziz,
Mehringiz oldida ojizdir quyosh.
Issiq taftingiz-la istib bizni,
Erkaligimizga berasiz bardosh.

Qalbingizda bizga mehr limmo-lim,
Bizlarga boringiz bag‘ishlab mudom.
Hayot so‘qmog‘ida qoqilmasin deb,
Qo‘limizdan ushlab, qo‘llagan har on.

Bizlar-chun qayg‘urib, baxtimiz o‘ylab,
Qaddingizni bukdi yillar to‘zoni.
Sochingizga tushgan har bir oq tola,
Bu hayot zahmati, qalbning armoni.

Yuz bahor qarshilab, baxtimiz ko‘ring,
Quvonchingiz ko'rib yuray har zamon.
Duoyingiz sabab, yetay kamolga,
Mo‘tabarsiz doim aziz Buvijon!

Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KINEMATOGRAFIYA_OLTIN_FONDI

"Adabiyot xalqning yuragi, xalqning ma'naviyati"
Shavkat Mirziyoyev


O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlanadi

O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi

Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda

"OGAHIY" filmi

Filmda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabidan olingan lavhalar va ijod maktabi o'quvchilarining Ogahiy g'azalidan aytgan namunalari ham o'rin olgan.

Marhamat, tomosha qiling.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_kun

24-oktyabr – 🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni

📌 BMT Bosh Assambleyasi oʻzining 1947-yildagi 168 (II) rezolyutsiyasida 24-oktyabr —BMT Ustavi kuchga kirgan kunni “Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni” deb eʼlon qilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo’lingiz oq bo’lsin, bexatar bo’lsin

Yo’lga otlandingmi, aziz haydovchi,
Yo’llaring oq bo’lsin, bexatar bo’lsin!
Uyga qaytgin omon, sog’-u salomat,
Oilangning bag’ri shodlikka to’lsin!

Olloh bergan umr bizga omonat,
Gunoh erur unga qilmoq xiyonat.
Intizomga amal qilgin har doim,
Agar bo’lsa senda zarra diyonat.

Harakat xavfsizlik xodimlari bor,
Ular hushyor turar doim postida.
Sen ham hushyor bo’lgin, chalg’ima yo’ldan,
Axir bormoqdasan olov ustida.

Jahl chiqsa, aql ozayganidek,
Tezlik oshsa ba’zan kamayar hayot.
Tezlikni oshirma, oshir hushyorlik,
Bevaqt chorlamasin bag’riga mamot.

Bevaqt olib ketma boshqalarni ham,
Ularning ham uyda kutar farzandi.
Ayirma kimnidir yaqinlaridan,
Har kim ham birovning jon - jigarbandi.

Yo’lga otlandingmi, aziz haydovchi,
Yetgin manzilingga yorug’ yuz bilan!
Rizqing uzilmasin, buzilmasin uy,
Dasturxoning kutsin non-u tuz bilan!


Ogahiy ijod maktabi ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shoira G'ulomova

Telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUTOLAA_ZAVQI

BIZNING SEVGIMIZ


Ruhimda joʻsh urar cheksiz muhabbat,
Tunlari oy boʻlar qalbim imdodi.
Ishq ichra borarsan, kezib sarosar,
Men esa nigohing qariga botib…

Bugun koʻklamoyim toʻshab poyandoz,
Tole ham biz tomon sochajak nurlar.
Naʼmasoz kuyiga tavallo aytib,
Baxtimiz hovuchlab kelmoqda hurlar.

Ikki qaro zulfing boʻylaydi taqdir,
Borki umrimizning oʻchmas bayoni.
Men tilab olganim oʻzing Xoliqdan,
Odam tilagandek Momo Havvoni.

Sadoqat bogʻini kezamiz birga,
Burkanadi hislar gullar kabi shod.
Va olib kiraylik borliq zaminga,
Xush damlar, xush onlar etaylik bunyod.

Eski qasidasin aytadi dunyo,
Soʻnmas eʼtiqodga sodiq ikkimiz.
Biz asriy muhabbat qurmasmiz ammo,
Asrlarga tatir bizning sevgimiz.


:Xorun Muso, shoir,
Ogahiy ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM