Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#OCHIQ_DARS

"Bir soatlik adolat qilgʼonning savobi odamlarning, farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortiqdurur."
Ushbu fikrlar muallifi Xoja ijodini o'rganish yuzasidan joriy yilning 23-sanasida 9-"B" sinf II guruh o'quvchilari bilan "Xoja hikoyatlari. Ularda ilgari surilgan gʻoyalar" mavzusida o'tkazilgan dars mashgʻuloti o'zining noan'anaviyligi bilan ajralib turdi. Dars bevosita o'quvchilarning Xoja hikoyatlari asosida tayyorlagan sahna ko'rinishlari bilan boshlandi. Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazova tomonidan dars mashgʻuloti uchun tanlangan "Ramzlar so'zlaganda" ,"Mening tanlovim", "Talqin", " Raqamlar va faktlar", "Lugʻatlarni izohlang" kabi bir qator usullar mavzuni oson o'zlashtirish imkonini berdi. Dars mashgʻulotini kuzatib borish va ish tajribasini o'rganish maqsadida ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasi a'zolari, rus tili fani o'qituvchisi Sohiba Karriyeva hamda informatika fani oʻqituvchisi Nodirbek Abdullayevlar ishtirok etdilar. Dars juda mazmunli hamda qiziqarli tarzda oʻtdi.

#Ogahiy_ijod_maktabi
Xojaning hikoyalari.ppt
2.5 MB
Ochiq dars uchun tayyorlangan taqdimot ishi

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fizika_barcha_texnikaviy_fanlar_asosi

23-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfida tajribali uztoz Atayev Rahimberdi domla tomonidan "Molekulaning o'lchamini baholash" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Bunda o'quvchilar mexanik model asosida mosh donalarini o'lchamini baholadilar. Darsning o'ziga xos topshirig'i bo'lgan - mustaqil ravishda fizika fani xonasidagi barometr, termometr, o'lchov chizg'ichi yordamida xonadagi havo zichligini aniqlash vazifalarini o'quvchilar qiziquvchanlik va faollik bilan bajardilar hamda shu mavzu doirasida zarur ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi