Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

RASSOMCHILIK
6-ISHTIROKCHI


🌠: Nurullayeva Laylo,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#OAV_mehmonimiz
#ona_tilim_faxrim

"TONG YULDUZI" GAZETASI OGAHIY IJOD MAKTABIDA AZIZ MEHMON BO‘LDI

🔰 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu yil ushbu bayram “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

🔹Joriy yilning 19-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga bayram munosabati bilan Respublikamizdagi nufuzli bolalar va o‘smirlar gazetasi hisoblangan "Tong yulduzi" gazetasi bosh muharriri Feruza Odilova, bosh muharrir oʻrinbosari Nurbek Xidiraliyev va boʻlim muharriri Nodira Nazarovalar tashrif buyurdilar.

🔸Mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishgandan so'ng, kutubxonada bir guruh o'quvchi ijodkor yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ “Tong yulduzi” gazetasi muhariri Feruza Odilova soʻzga chiqib, maktabda ijodkor oʻquvchilar koʻpligi, ularni ijodlari gazeta sahifalarida tez-tez chop qilinib borilayotganligini mamnuniyat bilan gapirib o‘tdi.

🌠 Gazetaning bo'lim muharriri Nodira Nazarova ijodkor oʻquvchilar yuborgan sheʼr, hikoya va maqolalarini telegram tarmog'i orqali qabul qilish yo'lga qo'yilgani haqida ma'lumot berib o'tdi.

🟤 Shundan so‘ng oʻquvchilar oʻz ijod namunalarini mehmonlarga oʻqib berdilar.

📌 Tadbirda tahririyat tomonidan kutubxonaga “Tong yulduzi” gazetalar toʻplami hadya qilindi. Maktab direktori Sarvar Abdullayev o'z navbatida mehmonlarga ijodkor oʻquvchilarimiz ijodi nashr qilingan "Ogahiy izdoshlari" jamoa toʻplamlaridan va otasi xotirasiga bagʻishlab yozgan “Tushday kechgan umrlar, yohud hayot kitobining ba'zi varaqlari” kitobini hamda maktab logotipi bilan tayyorlangan sovgʻalarni topshirdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Forwarded from Xorun Muso
#OAV_mehmonimiz
#ona_tilim_faxrim

"TONG YULDUZI" GAZETASI OGAHIY IJOD MAKTABIDA AZIZ MEHMON BO‘LDI


📸 Bugungi uchrashuv jarayonidan foto lavhalar.
Forwarded from Xorun Muso
#OAV_mehmonimiz
#ona_tilim_faxrim

"TONG YULDUZI" GAZETASI OGAHIY IJOD MAKTABIDA AZIZ MEHMON BO‘LDI


📸 Bugungi uchrashuv jarayonidan foto lavhalar.
#OAV_mehmonimiz
#ona_tilim_faxrim

"TONG YULDUZI" GAZETASI OGAHIY IJOD MAKTABIDA AZIZ MEHMON BO‘LDI

📸 Bugungi uchrashuv jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ona_tilim_faxrim
#zakovat

🏫 Joriy yilning 19-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bayramona "Zakovat " o‘yini bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda maktabning 8- "A" va 8- "B" sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.

🗒 Bellashuv sharti bo‘yicha jamoalar o'zaro savollarga tezkor javob berishi kerak edi.


📊 Bellashuv yakunida har ikki jamoa ballari tengligi sababli do'stlik g'alaba qozondi.

➡️ Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan bayram uchun tayyorlangan jurnalni taqdimot qilishdi.

📡 Ko'taringi kayfiyatda o'tgan tadbir so'nggida bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova o'quvchilarni qutlab, ularga kelgusi ishlarida ham omadlar tiladi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ona_tilim_faxrim
#nasr

Saboq
(Hikoya)


Shovqinli sinfxona ayrim bolalar sinfining u burchagidan bu burchagida oʻtib yurishlar, boshqalar guruh-guruh boʻlib ularning muammolari haqida, turli xil yangiliklar boʻlib oʻtgan voqealar haqida suhbat qurishardi. Yaxshi darajada shovqin solishadiki hatto ularning aytgan gaplarni ham eshita  olmasdilar. Yoʻlakda taq-taq etgan ovoz eshitilardi.
"Ustoz kelyapti",  - deb qichqirdi bolalardan bittasi. Sinfxona xuddi suv quygandek jimjit boʻlib qoldi. Ustoz xonaga kirdi. Bolalar bilan koʻrishib boʼlgandan soʼng birinchi navbatda bayramiga tayyorgarlik qanday ketayotganini soʼradi. Oʻquvchlardan biri oʻrnidan turib javob berdi:
— Yaxshi, ammo sahna koʻrinish biroz chala, ayrim oʻquvchilar gaplarini toʻliq yodlashmadi.
— Nega, axir ertaga bayram boʻlsa, nima uchun gaplaringizni yodlamadingizlar?
Norozi ohangda gapirdi oʻqtuvchi.
— Ustoz, aytishlaricha, bu ularga kerak emas ekan, ular oʻzbek tilini yoqtirishmasmish.
— Xoʻsh, kim ekan ular, javob beringlar-chi.
Hech kim gapirmadi, oʻqtuvchi battar jahl bilan yana soʻradi.
— Xoʻsh, kim deyapman?..
Oʻrta qatordan qora uzun sochlari taqimigacha tushib  yarmigacha yoyib qoʻyilgan, binafsha rang kofta va kalta yubka kiygan Ra'no oʻrnidan turdi.
— Menman. Xoʻsh, nima qipti, yodlamagan boʻsam, shunga shunchami? Oddiy narsadan  parablema yasash shartmi nima balo...
— Hali shunaqa degin. Bu oddiy narsami? — Jahl aralash gapiradi oʻqtuvchi
— Ha-da, nime  kere shuncha mashmasha, bosh orunu bizi tilimizi hechkim tanimasa, bilmasa, naprimer, boshqa davlatlaragayam bizi tilimiz qizumas, sechas odamlaga oʻzbe tildan boshqa tillada gapirish quley, luboy odamdamdan soʻrasezam oʻzbe  tilini hich kim sevmidi na vashe rasmatreni hurmatli ustoz.
Uning aytgan bu gaplari oʻqtuvchining figʻonini falakka chiqardi. Ikkala qoʻlini stolni ustiga qattiq urib, gʻazab bilan gapira boshladi.
— Birinchidan, Qodirova tilga bu daraja past nazarda qarashga haqqimiz yoʻq, ikkinchidan, oʻzbek tilini oldin yaxshi oʻrganib ol, undan soʻng gapir. Undan keyin esa shuni unutma: sendaylar koʻpligi uchun ham oʻzbek tilini jahon tanimaydi!

Raʼno yuzini burishtirgancha "hmm" deb qoʻydi.
— "Hm" ingni yigʻishtir, menga farqi yoʻq, nima qilib boʻlsa ham ertagacha  hikoyani boshidan oxirigacha oʻqib chiq, oʻzingga berilgan gaplarni yaxshilab yod ol. Ertaga butun maktab oldida sharmanda boʻlish niyatimiz yoʻq.
— Barbi , nima qilsezam man bulani yodlamiman.
— Unday boʻlsa indinga maktabdan ota-onang bilan birga direktorning xonasini sayohat qilib, maktab eshiklaridan qaytib kelmaydigan boʻlib chiqib  ketsan. Tushungandirsan nima deyotganimni.Qat'iylik bilan gapirdi ustoz.
Raʼnoning yuzlari  oʻzgarib ketdi, biroz boʻlsa-da qoʻrqayotgani  sezilib turardi...
Ustozi stoli ustida turgan kitobni qoʻliga oldi. Kitob hoshiyasiga Alfons Dode "Soʻnggi saboq" deb yozilgandi.
— Mana bu kitobni ol, ertagacha yaxshilab tayyorgargalikingni koʻr.
— Ladno...
— Gapirishingni ham toʻgirla.
— Yaxshi, — dedi u norozi ohangda.
Hash-pash deguncha tanaffus ham boʻldi. Hamma oʻquvchilar narsalarini yigʻib uyga qarab yoʻl olishdi. Raʼno uyga borguncha asablari adoyi tamom boʻldi. Uyga kelishi,xonasiga kirishi bilan sumkasi bir chetga uloqtirdi. Haligacha oʻqtuvchisining gaplari oʻylab oʻtirardi. Shu payt birdan kitob esiga tushib ketdi. "Voy Xudo" deb sumkasi oldiga yugurib borib ochib koʻrdi . Hayriyat, kitobni olib ketgan ekan. Darhol deraza tokchasiga borib  oʻtirdi, qilayotgan ishini sevmasa ham majburlikdan kitob oʻqishga tushdi.  Bir amallab kitobni oʻqib boʻlgach , yarim tungacha oʻtirib gaplarini yodladi. Koʻzlari borgan sayin oʻgirlashib borardi va shu yerning oʻzida uyquga ketdi.  Biroz vaqt oʻtdi, oyisi xonasiga kelib uni uygʻotdi.
— Raʼno, Raʼno, tur, qizim. Maktabingga kechga qolasan. — Boʻlaqol, qizim,  15 ta kam 9 boʻldi, bunaqada oʻqishingga ulgurmaysan.
#ona_tilim_faxrim
#ochiq_dars

Bayraming qutlugʻ boʻlsin,
ona tilim!

🇺🇿 Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan joriy yilning 20-oktabr sanasida Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfida "Bayraming qutlugʻ boʻlsin,
Ona tilim" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Ochiq darsni ijod maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hafiza Karimova oʻtdi.

🔸 Darsda oʻzbek tilimizni madh etuvchi sheʼrlar ifodali oʻqildi. Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik tomosha qilindi.


🔹 Oʻqituvchi tuzib kelgan mustaqil fikrlashga chorlovchi savollar oʻquvchilarning yanada faol boʻlishlariga, shaxsiy fikrlarini erkin bayon etishga chorladi. Dars juda qiziqarli, bahs-munozaraga boy tarzda oʻtdi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ona_tilim_faxrim
#bayramona_tadbir

"QADRING BALAND BO‘LSIN,
ONA TILIM" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da joriy yilning 20-oktabr kuni "Qadring baland bo‘lsin,
ona tilim!" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima tajribali pedagog Madina Matyoqubova o‘zining bayram munosabati bilan tayyorlagan ilmiy chiqishlarini taqdim qildi.

❇️ Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoir Rahimboy Karimov, shoir Otabek Ismoilov, Xiva shahar madaniyat markazi xodimi Otaxon Madrahimovlar o‘z tabriklarini bildirib, ijod namunalaridan o'qidilar va tadbirga o'zgacha fayz kiritdilar.

💠 Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan teatrlashtirilgan sahna chiqishlari, musiqiy raqslar va o‘z ijodidan loyihaviy chiqishlar kolleksiyasi namoyish etildi.


🎫 Tadbir yakunida bayram munosabati bilan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari maktab direktori Sarvar Abdullayev va mehmonlar tomonidan alohida e'tirof qilinib, ular diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔻 Bayramona tadbir hammada o‘zgacha ataassurotlarga boy tarzda o‘tdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ona_tilim_faxrim
#bayramona_tadbir

"QADRING BALAND BO‘LSIN,
ONA TILIM" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da joriy yilning 20-oktabr kuni o'tkazilgan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" nomli bayramona tadbirdan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram