Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#QONUN #Til #bayram #hujjat

21-oktabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

1989-yil shu kuni o‘zbek tili bo‘yicha qonun va qaror qabul qilindi, shundan so‘ng o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasida rasmiy til sifatida amalga kiritildi.

1989-yil 21-oktyabr kuni “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi 30 moddadan iborat Qonuni qabul qilingan.

Unda o‘zbek tilida so‘zlashuv va yozuvni mukammallashtirish borasida bepul o‘qitishni ta’milash to‘g‘risida modda ham kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu qonundan so‘ng O‘zbekiston Oliy Sovetining “O‘zbekiston SSRning davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Bu kabi tarixiy hujjatlar O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanib kelinmoqda.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yurtimizda Oʻzbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Til – millatning faxri va gʻururidir.
Bayramingiz muborak boʻlsin.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zulfiya To'liyevna
She'rlarimda latif baytim,
Har so'zingga sano-hamdim!
Qoshg'ariyu Navoiylar...
Avaylagan shirin-shahdim!
Bobur tavof qilgan Hindda,
Eng muqaddas oliy taxtim!
Ona tilim-o'zbek tilim...
Sen-la biyron shoir dilim!!!

Zulfiya To'liyevna.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xorun Muso
#HAZRAT_NAVOIYGA_CHUQUR_HURMAT
#XONQA_TUMANI

Bugun 21-oktabr O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi, viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Xonqa tumani Navxoz qilshlog'ida joylaygan Hazrat A.Navoiy bobomiz uy muzeyiga tashrif buyurdik. Bu dargohning fayzi, bayramona shukuh tumanning o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tadbirdan ham bilsa bo‘ladi. Joylarda bayramona tadbirlar davom etmoqda.

Xorun Muso, shoir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr_Òzbek_tili_bayrami_kuni

Ona tilim

,,Ona tilim” deb yongandir daholari,
Jarangidan gumburlagan samolari,
Navoiyning olam kezdi navolari,
Yassaviy-u Kubrolari bo‘lgan tilim,
Matonat-la o‘lmay kelding, Ona tilim.

Shukur, bizga yetib kelding
sog‘- salomat.
Yillari o‘tib sayqal topding,
Ona tilim!
Vatan sotib, senga qilsak
gar xiyonat,
Rizodurmiz, mayli, yurak bo‘lsin
tilim!
Ona tilim – o’zing mening jon-u dilim!


Ogahiy ijod maktabining 8-“B” sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Jahongir


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Filologiya fanlari nomzodi, Madina Matyoqubova Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.

🎥 Ogahiyshunos olimaning o'zbek tili tarixi haqidagi fikrlarini tinglaymiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube