Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KUN_TAFSILOTI
#Qalb_javohiri

18-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari uchun pedagog-tarbiyachi, shoir Xorun Muso tomonidan tashkil qilingan "Qalb gavhari" nomli navbatdagi to'garak mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg'ulotda o'quvchilar Xorazm adabiy muhitining yirik namoyandalaridan biri, shoir, dramaturg, nosir Erkin Samandarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar o‘zlarining so'z chamanidan, ko'ngil olamida to'yingan yangi ijod namunlardan o‘qib berdilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand

Har yili 18-oktyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan «Samarqand shahri» kuni keng nishonlanadi.
Mazkur taklif Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1996-yil 18-oktyabrda Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bagʻishlangan tantanada berilgan va shu kunda shaharga Amir Temur ordeni topshirilgan.
Uch ming yillik tarixga ega boʻlgan bu shahar ilm, savdo-sotiq va hunarmandchilik markazi shuningdek, dunyo taraqqiyotining yirik markazlaridan biri hisoblanadi.
Samarqand shaharida hozirgi kunda oʻndan ziyod yangi bogʻ va hiyobonlar tashkil etilgan, tabiati va iqlimga mos daraxt koʻchatlari oʻtqazilgan. Shaharning barcha hududlarida zamonaviy loyihalar asosida yaratilgan favvoralar mavjud.
Shahardagi «Registon» majmuasi, «Amir Temur», «Oqsaroy», «Shohi Zinda yodgorligi», «Bibixonim» masjidlarida va boshqa bir qator tarixiy obidalarida rekonstruksiya ishlari bajarilgan boʻlib, YUNESKO tashkilotining 2001-yil Finlyandiyada oʻtkazilgan 25 sessiyasida Samarqanddagi mazkur meʼmoriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Samarqand (UzHits.Net)
Nasiba Abdullayeva
🎼

🎧 Bugun- Samarqand shahri kuni.

Ayyom muborak!
Forwarded from Zulfiya To'liyevna
Samarqand...

Zulqarnayga taslim bo'lmagan...
Temurbekni maftun aylagan...
Bobur qalbiga armon joylagan...
Samarqand-sayqali ro'yi zamin ast!

Yalangto'sh Bahodir qildirib bino,
Ulug'bek madrasa qurdirib barpo,
Registoni har kimni aylar mahliyo...
Samarqand- sayqali ro'yi zamin ast!

Noni o'zi kabi mashhur va laziz,
Naqqoshu,zardo'zi hunari aziz.
Har gumbazi o'ziga chorlar,shubhasiz!
Samarqand sayqali- ro'yi zamin ast!

Dunyo turguncha tur bebaho shahar,
Ko'ksingda gullasin lola,har bahor!
Senga maftun bo'lib qayttim har safar!
Samarqand-sayqali ro'yi zamin ast!!!

22:45. 18.10.2021y.

Zulfiya To'liyevna.
Bo'ylasin yulduz...!!!

Tush ko'ribman otam hovlisi,
Har kim uchun vatan asli - u!
Kezarmishman rayhonli bog'da,
Subhidammi?bilmam qay chog'da?!

Daydi shamol esib uv-uvlar,
Qulog'imga kelib huv-huvlar.
Otang qani izlagin yo-hu...?
Umr shamol o'tadi shuv-shuv...

Shamol kabi esdi yoshligim,
Nega yettik,nelardan kechdik.
Yulduz bo'lib uchdi yoshligim,
Hech kutmagan manzilga yettik...

Varaqlasak umr daftarin,
Har birida armon yashirin.
Armon nima? yetmagan orzu,
Orzu axir umr - shartiku...

Karami keng parvardigorim!
Orzularim bo'ldi armonim.
Desam cheksiz imkon beripti,
Takror takror yoshlik beripti...

Qizing, o'g'ling - umring davomi,
Sen ildizsan ular - niholi...
Chuqurroq kir yanada ildiz!
Nihollaring bo'ylasin yulduz!!!

Zulfiya To'liyevna.

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 19-maktab ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi

Ogahiy ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi Otaboyeva Mumtozxonning onasi

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUTOLAA_ZAVQI

AYOL


Ayolni yaratmish Egam,
Rizq ro‘zi-yu iymon bilan.
Unga cheksiz husn bergan,
Latofat-u, mehr dildan.

Ayol bu sabr timsoli,
Mavjli goh sokin hayoti.
Ko'nglida hech in qurmasin,
Armon bilmasin hayoti...

Ayolni hech ham ranjitmang,
Behuda dilin og'ritmang.
Oilam deya o‘tar umri,
Omonatligin unutmang!

Shaxzoda Matkarimova,
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MARSIYA
(Buvijonim xotirasiga bag'ishlanadi)

Yana qo'llarimga olib qalamim,
Qog'ozga aytishni boshladim dardim.
Ichimda toshyotgan, mungli alamim,
Axir boshqa kimga so'zlay olardim.

Aytishga qo'rqaman dengizga dardim,
Chunki, to'lqinlanib toshib ketadi.
Ichimdagi cho‘g'lar alanga olib,
Ulkan olov bo'lib yonib ketadi.

Har safar eslasam sizni Buvijon,
Bu dunyo ko'zimga torday ko'rinar
Afsus omonatdir har bir aziz jon,
Har doim o‘rningiz juda bilinar.

Farzandlar armonda qalblari o'ksik,
Sizsiz chamanzorlar huddi sahroday.
Dunyo to'lmay qolgan, bu zamin kemtik,
Ko'z yoshlar oqmoqda misli daryoday.

Men o‘tmish qariga cho'mib borarman,
Toki umidlarim nurlarga to'lsin.
So'zimning so'ngida aytib qolarman,
Ilohim joyingiz jannatdan bo'lsin.

: Dadaxon Qo'ziboyev,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijodkorlar uchun zo'r imkoniyat!

“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi boshlandi

Tanlovga arizlar 2 ta nominatsiya bo‘yicha qabul qilinadi:
• "Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob";
• "Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob".

G‘oliblar:
🥇100 million so‘m
🥈 75 million so‘m
🥉 50 million so‘m
pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Arizalar 2022-yil 1-yanvarga qadar @engyaxshikitob_bot 👈 orqali qabul qilinadi.

📑 Tanlov nizomi

Ma'lumot uchun: +998 97 750-01-89

Telegram sahifamiz
👉@xorazmnewsoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj 24 | Turk dunyosi shoirlar uchrashuvi

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot_ixlosmandlari_uchun

"Yurt ishqida yongan Oybek"

Adabiy-badiiy-ilmiy film

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyaqubova ishtiroki va suhbati asosida tayyorlangan.

Marhamat, tomosha qiling.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi