Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
#Ижодий_маданий_масалалар_тарғиботчиси

#DAVRA_SUHBATI

O‘tgan kunlar asari hozirgi yoshlar nigohida.

Bugun 14-oktabr Urganch shahar 1-sonli umumt'alim maktabida O'zbek romanchiligining asoschisi A. Qodiriy xotirasiga bag'ishlab
"O'tgan kunlar asari hozirgi yoshlar nigohida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini maktab direktori Gahvar Dosyazova o'zining yozuvchining hayoti haqidagi iliq fikrlari bilan ochib berdilar. Shundan so‘ng men adibning hayoti, yozgan asarlari haqida o‘quvchilarga o‘z bilganlarimni so‘zlab berdim va o‘z sherlarimdan namunalar o‘qidim.
Yosh mehmon ijodkor sifatida ushbu maktabga taklif qilishganingdan va o‘quvchilar bilan ijodiy ochiq muloqotga sharoit yaratib berganligi uchun ustozlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Xorun Muso, shoir

#Ёзувчилар_уюшмаси_Хоразм_вилоят_бўлими
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

Ona tilimga

Saqlab qolmoq uchun seni dunyoda,
O'tdi bu olamdan qancha buyuk zot.
Endi yasha, o'sha odamlar haqqi,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Bo'lsam ham hattoki bir kuni gado,
Barcha yiqqanlarim bo'lsa ham barbod.
Shaksiz, faqat o'zing qolarsan menda,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Madh etib kuyladi seni Navoiy,
Kuyladi Ogahiy, Mashrabday zotlar.
Endi men kuylayin, yurakdan jo'shib,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Mayli sen bo'lmagin jahonning tili,
Lek menda yashaysan toki men hayot.
Faqat yurtim uzra jaranglasang bas,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon


O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soĝ_tanda_soĝlom_aql

Ogahiy ijod maktabida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida ijod maktabi jamoasi jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanib kelmoqda. 14-oktabr kuni sportning futbol turi boʻyicha Ogahiy ijod maktabi xodimlari va o'quvchi yigitlari "millionlar o'yini"da o'zaro bellashdilar. Uchrashuv murosasiz, qizg'in bahslarga boy tarzda oʻtdi. Sport va sogʻlomlashtirish mashg'ulotlari va musobaqalari yana davom etadi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deleted Account
Assalomu alaykum ustoz. Yaxshimisiz, soʻgʻliqlaringiz yaxshimi? "Tushday kechgan umrlar yoxud hayot kitobining baʼzi varaqlari" nomli kitob nashrdan chiqqanini koʻrgandim. Kutubxonamizga hali kelmagan ekan. Ustozimiz Maqsuda Amanbayevnadan surishtirib topdim. Yotoqxonadagi bir qiz oʻqiyotgan ekan, bir kunga olib turdim, kitobni qaytarib berar ekanman, qoʻl telefonimga barcha sahifalarini suratga tushirib oldim, chunki qayta-qayta oʻqisam ham yana oʻqigim kelyapti. Kitobni oʻqir ekanman, beixtiyor koʻzlarimdan oqqan yosh bu haqida yozishga undadi. Padari buzrukvoringiz Xudoyor ota Abdullayevning yorqin siymosi haqida qalam tebratmasam aniq yuragim joyiga tushmasdi.

O'quvchingiz Hilola Jumanazarova
TUSHDAY KECHGAN UMRLAR

Bu dunyo foniydir, har ne oʻtkinchi,
Boshga tushganiga koʻnar odamzod.
Maʼrifatning yoʻli baxtga eltguvchi,
Bu yoʻlda taqdirlar boʻladi obod.

“Umr gʻanimatdir, umr g‘animat”*,
Poyonsiz yoʻl emas, tugar kuni bor.
Dilda mudom ustun elga sadoqat,
Men bugun angladim va boʻldim iqror.

Soʻzlar maʼrifatdan toʻyib suv ichib,
Unib chiqqan bilim nomli niholdek,
Ulkan chinor boʻlmish bugunga kelib,
Qulatolmas zarb-la esgan shamol lek.

Ijodning sachragan uchqun choʻgʻlari,
Bir yongan ekan-u, aslo soʻnmagan.
Maʼnoga toʻyingan ibrat soʻzlari,
Abadiy qolar deb kim ham oʻylagan?

Bu ijod yoʻlingiz oʻzgacha hayot,
Zulmatga belangan yurak yoʻq bunda.
Mahzun koʻngillarga beradi najot,
Soʻzingiz hikmati barhayot dilda.

Qorday oq koʻngilga yuqtirmasdan gard,
Maʼrifat suvi-la poklab saqlagan.
Oʻqish, izlanish deb yelib-yugurgan,
Lek sira tolmagan, nomin oqlagan.

Oʻn besh yil!
Bu muddat azobli davr,
Oʻn besh yil dard bilan kurashdi vujud.
Shunda asl doʻstlar oshirdi qadr,
Shundandir nomlari hamisha ulugʻ.

“Besh kunlik dunyo bu, besh kunlik dunyo”*,
Bu hikmat boqiydir, boqiydir azal.
Doʻstlar shirin soʻzi dardiga darmon,
Alloh hadya qilgan iymoni goʻzal.

Qanday bir kunlarni koʻrgan bolalik,
Lek uning yozlari oltinga misol.
Shunda ham bu soʻzlar hayrat solgulik:
"Qulluq senga, Egam, ey parvardigor!"*

Shukurga bezangan bunda har kunlar,
Ranjimoqlik yoʻqdir va nolimoq yoʻq.
Shu sabab jannatga yetaklar yoʻllar,
Har yaxshi amaldan koʻngillardir toʻq.

Bulbullar dillarga ilhom baxsh etgan,
Quyoshga tutashib ketadi tunlar.
Iymoni but qalblar murodga yetgan,
Ibrat bizga TUSHDAY KECHGAN UMRLAR!!!


* Ushbu satrlar "Tushday kechgan umrlar yoxud hayot kitobining ba'zi varaqlari" kitobidagi ayrim she'rlarning sarlavhalaridan olingan.


Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Jumanazarova Hilola


O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM