Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

ONA TILIM


Agar seni xafa qilsalar,
Bu koʼnglimga og'ir botadi.
Dilda senga cheksiz muhabbat,
Nodonlar o’z tilin sotadi.

Mayli, yolg‘iz qolayin, ammo
Sen boʼlmasang, telba boʼlaman.
Ona tilim yashnab, toʼlishgin,
Gar sen soʼlsang, men ham soʼlaman.

Eshitmaslar qalbim nolasin,
Oʼzing dilkash soʼzlaringni ayt.
Koʼmib qoʼydi meni xazonlar,
Ona tilim, bagʼrim uzra qayt.

Borliging-chun yashnaydi olam,
Sen boʼlmasang, qayda ezgulik.
Eshit, Rabbim, dildagi nolam -
Tilimga yor bo’lsin mangulik.

Kim uchundir sen oddiy tilsan,
Menga sening oʼrning boʻlakcha,
Sen ochgansan menga ilk bora
Dunyo sari jajji yo’lakcha.

Sayqallanib doimo tilim,
Kelajakka qadam tashlaydi.
U dunyoni egallar bir kun,
Jajji qizing shuni istaydi!


Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Jasmina


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍏16 oktabr - Butunjahon oziq-ovqat kuni.

Nima uchun bu kunni nishonlash butun sayyora uchun juda muhim? Chunki oziq-ovqat mahsulotlarini qanday ishlab chiqarishimiz, iste'mol qilishimiz va afsuski, tashlab yuborishimiz atrof-muhit va iqlimga katta zarar keltiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'p hollarda tabiiy yashash muhitining degradatsiyasi yoki yo'q qilinishiga va biologik turlarning yo'q bo'lib ketishiga olib keladi.

Butunjahon oziq-ovqat kunini qo'llab-quvvatlash maqsadida shu kunlarda butun O'zbekiston bo'ylab "Zamin" fondi FAO, Xalq ta'limi vazirligi va Prezident muassasalari agentligi bilan hamkorlikda to'g'ri ovqatlanish va yerdan oqilona foydalanish bo'yicha ochiq darslar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari tashkil etadilar.

🌱Esingizda bo'lsin: bizning kelajagimiz o'z qo'limizdadir!

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deleted Account
#Ижодий_маданий_масалалар_тарғиботчиси

#DAVRA_SUHBATI

O‘tgan kunlar asari hozirgi yoshlar nigohida.

Bugun 14-oktabr Urganch shahar 1-sonli umumt'alim maktabida O'zbek romanchiligining asoschisi A. Qodiriy xotirasiga bag'ishlab
"O'tgan kunlar asari hozirgi yoshlar nigohida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini maktab direktori Gahvar Dosyazova o'zining yozuvchining hayoti haqidagi iliq fikrlari bilan ochib berdilar. Shundan so‘ng men adibning hayoti, yozgan asarlari haqida o‘quvchilarga o‘z bilganlarimni so‘zlab berdim va o‘z sherlarimdan namunalar o‘qidim.
Yosh mehmon ijodkor sifatida ushbu maktabga taklif qilishganingdan va o‘quvchilar bilan ijodiy ochiq muloqotga sharoit yaratib berganligi uchun ustozlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Xorun Muso, shoir

#Ёзувчилар_уюшмаси_Хоразм_вилоят_бўлими
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

Ona tilimga

Saqlab qolmoq uchun seni dunyoda,
O'tdi bu olamdan qancha buyuk zot.
Endi yasha, o'sha odamlar haqqi,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Bo'lsam ham hattoki bir kuni gado,
Barcha yiqqanlarim bo'lsa ham barbod.
Shaksiz, faqat o'zing qolarsan menda,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Madh etib kuyladi seni Navoiy,
Kuyladi Ogahiy, Mashrabday zotlar.
Endi men kuylayin, yurakdan jo'shib,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.

Mayli sen bo'lmagin jahonning tili,
Lek menda yashaysan toki men hayot.
Faqat yurtim uzra jaranglasang bas,
Yasha, ona tilim, yasha umrbod.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon


O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soĝ_tanda_soĝlom_aql

Ogahiy ijod maktabida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida ijod maktabi jamoasi jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanib kelmoqda. 14-oktabr kuni sportning futbol turi boʻyicha Ogahiy ijod maktabi xodimlari va o'quvchi yigitlari "millionlar o'yini"da o'zaro bellashdilar. Uchrashuv murosasiz, qizg'in bahslarga boy tarzda oʻtdi. Sport va sogʻlomlashtirish mashg'ulotlari va musobaqalari yana davom etadi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi