QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
3.35K subscribers
8.51K photos
865 videos
64 files
2.61K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#MUNOSABAT

🔔 Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Videoda keltirilgan holat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KXAY ko'chasi 2/1-uy manzilida joylashgan buyurtmachi “AL-HUSN” XK tomonidan yer to’laga ega sakkiz qavatli ofis va umumovqatlanish binosi qurilishida sodir bo'lgan.

Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga chiqib o’rganilganda qurilish-montaj ishlarining ko'p yillar davomida moliyaviy sabablarga ko'ra to’xtatib turilgani va hozirda obyektda qurilish ishlarini davom ettirishga tayyorgarlik ko'rish jarayonlari kechayotgani aniqlandi.  

Yollanma ishchilar tomonidan obyekt devorlarini demontaj qilish paytida ehtiyotsizlikka yo'l qo'yilishi oqibatida beton bo'laklaridan biri qurilish maydonidan tashqariga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan qurilish-montaj ishlarini loyiha va qurilishda texnika xavfsizligi talablari asosida olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxslarga tegishli ko’rsatma va tushuntirishlar berib o’tildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📍Toshkent shahar,  Olmazor  tumani,  “Chinobod” MFYda “AL-HADID GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish  inspeksiyasi tomonidan o'rganildi va quyidagi choralar ko’rildi:

Jumladan, 2024-yilning 28-may kuni obyektda  montaj qilish maqsadida olib borilayotgan  yer ishlari joyida  to’xtatildi va qurilish egasi Q.Olimovga tegishli yozma ko'rsatma berildi hamda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmaguniga qadar qurilish ishlarini olib bormaslik to’g’risida kafolat xati olindi.


Yana shuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 31-yanvar kuni hududiy inspeksiya mutaxassislari o'rganish maqsadida obyektga borganlarida Q.Olimov chaqirtirilgan, ammo u kelmagan. Holat yuzasidan mahalla raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma tuzilgan. Mas'ulning yashash manziliga qurilish-montaj ishlarini to’xtatish yuzasidan o'sha kunning o'zida ogohlantirish xati berilgan va  ishlar to’xtatilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Olmazor tuman hokimligi ishchi komissiyasiga  2023-yil 14-noyabrda  va 2024-yil 31-yanvarda takroran tegishli xatlar yuborilgan.

2024-yilning 14-fevral kuni esa  Olmazor tuman prokuraturasiga “AL-HADID GROUP” MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda olib borilayotgan qurilish ishlariga huquqiy baho berish, tegishli chora ko’rish bo'yicha  xat taqdim qilingan.
   
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

2024-yil 28-may kuni ijtimoiy tarmoqlar "Generalissimus" telegram kanali orqali e'lon qilingan Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, "Chinobod" MFY hududida joylashgan noqonuniy ko‘p qavatli uy bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan shu kunni o‘zida
munosabat berilgan. Ammo unda inspeksiya tomonidan Olmazor tumani Prokuraturasiga 2024-yil 14-fevralda 1605-sonli xat chiqib ketganligi ko‘rsatilgan edi.
Qo‘shimcha o‘rganishlar natijasida Toshkent shahar qurilish va kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan hybrid.pochta.uz tizimi orqali 2024-yil 14-fevralda aniq manzili kiritilib (Qoraqamish 1/1-dahasi Dilsaroy ko‘chasi 5-uy), Olmazor tumani Prokuraturasiga xat yuborilgan. Biroq 1605-sonli xat Olmazor tumani Prokuraturasiga yetib bormasdan hybrid.pochta.uz tizimi orqali “Uyda yo‘q” sababini ro‘kach qilib, 2024-yil 22-fevral kuni inspeksiyasiga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi.
#MUNOSABAT

🚨Ijtimoiy tarmoqlarda, Namangan viloyatidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosi cho‘kib borayotganligi haqida video tarqaldi.

Mazkur holat Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi
.

O‘rganish natijasiga ko'ra ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab ichimlik suvi sizib chiqib binoning ikki yon tomonida to‘planishi natijasida, bino atrofidagi beton yo‘lak (otmoska) larda cho‘kish hosil bo‘lib, granit plitalar binoning poydevoridan ko‘chganligi ma'lum bo'ldi.


Binoning asosiy va yerto‘la qismi o‘rganilganda yon va to‘suvchi devorlarda yorilish hamda pol qismida cho‘kish holatlari kuzatilmadi.

🛑 holat yuzasidan quruvchi tomonidan bino ikki yon tomon yo‘lakdagi cho‘kish holati bartaraf etilib, beton yo‘laklari qayta taʼmirlangan hamda sokol qismidagi poydevordan ko‘chgan granit plitalar joyiga o‘rnatilib,holat bartaraf etilgan.

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
#MUNOSABAT 🚨Ijtimoiy tarmoqlarda, Namangan viloyatidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosi cho‘kib borayotganligi haqida video tarqaldi. Mazkur holat Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi…
#MUNOSABAT

🚨Ijtimoiy tarmoqlarda, Namangan viloyatidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosi cho‘kib borayotganligi haqida video tarqaldi.

Mazkur holat Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi
.

O‘rganish natijasiga ko'ra ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab ichimlik suvi sizib chiqib binoning ikki yon tomonida to‘planishi natijasida, bino atrofidagi beton yo‘lak (otmoska) larda cho‘kish hosil bo‘lib, granit plitalar binoning poydevoridan ko‘chganligi ma'lum bo'ldi.


Binoning asosiy va yerto‘la qismi o‘rganilganda yon va to‘suvchi devorlarda yorilish hamda pol qismida cho‘kish holatlari kuzatilmadi.

🛑 holat yuzasidan quruvchi tomonidan bino ikki yon tomon yo‘lakdagi cho‘kish holati bartaraf etilib, beton yo‘laklari qayta taʼmirlangan hamda sokol qismidagi poydevordan ko‘chgan granit plitalar joyiga o‘rnatilib,holat bartaraf etilgan.

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#MUNOSABAT

Samarqandda ko‘p qavatli uyning  pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.

Aholi murojaatiga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri "Sug’diyona" mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.

Ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo'lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin. 

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#MUNOSABAT

😄 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor tumani Novza koʻchasidagi qurilish obyekti boʻyicha kun.uz saytida eʼlon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ushbu obyektdagi qurilish ishlari “RUNA INTERNATIONAL TRADING INC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Pastki qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasidan iborat koʻp kvartirali turar joy obyektida qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori talablariga zid ravishda, yaʼni inspeksiyadan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali roʻyxatdan oʻtmagan holda boshlab yuborilgan.

🚨 Oʻrganishlar davomida hudud atrofi profnastil bilan oʻralib, yer ishlari tegishli qoida va meʼyorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotganligi aniqlangan va bu bo'yicha MCHJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini toʻxtatishga doir ogohlantirish xati yuborilgan.

Hozirda mazkur holat nazoratga olingan boʻlib, qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄 Kun.uz saytida 9-oktabr kuni “Toshkent tumanida “dom” qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan-handaq sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi”, – deya eʼlon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Mazkur holat Toshkent viloyati Toshkent tumani “Bahor” MFY hududida “TOSHKENT MEGA STROY” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp xonadonli turar joy majmuasi qurilishiga yondosh  hududda sodir boʻlgan. 

Qurilish tashkiloti tomonidan handaq (kotlavan) qazish ishlari  davomida  texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik  oqibatida mazkur holat yuzaga kelgan. 

Yondosh hududdagi uy egasining asosiy turar joyiga hech qanday zarar yetmagan.  Faqatgina oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmaning devor qismi buzilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 26-sentabrida Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumani sudining  ichki yoʻlga oʻzboshimchalik bilan  qurib olingan  noqonuniy xoʻjalik binolarini fuqaro hisobidan buzdirish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingan. 

🔗 Yuqoridagi holat yuzasidan inspeksiya tomonidan nizoli holatlar boʻyicha sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar obyektda qurilish ishlari toʻxtatildi.

Qurilishi olib borilayotgan obyektga Toshkent tumani Qurilish boʻlimidan ruxsatnoma berilgan.

2023-yil 22-iyundagi Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga asosan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi hamda  ekspertizaning xulosalari taqdim etilgan. Obyekt Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🗣 Kun.uz saytining telegram kanalida e'lon qilingan "Loydan qurilayotgan "dom" nomli xabar Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan qurilayotgan 4 ta besh qavatli uy-joylar inspeksiya tomonidan 2020-yilda roʻyxatga olingan. Mazkur uylarning 1 tasi 2020-yil 15-oktabrda foydalanishga qabul qilingan. Qolgan 3 tasida hozirda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda va ular bugungi kunga qadar hududiy inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.

O’rganishlar davomida 2 va 4-sonli turar-joy binolarining qurilish-montaj ishlarida shaharsozlik norma va qoidalarining buzilishi hamda tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi-pudratchi tashkilot rahbariga bir necha marotaba yozma koʻrsatma berilgan. Lekin ushbu koʻrsatmalar ijrosi taʼminlanmaganligi sababli 2-3 va 4-sonli uylarning qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshimcha yozma koʻrsatma taqdim etillgan. Qoidabuzarliklar o’z muddatida va belgilangan tartibda bartaraf etilmaganligi bois MCHJning mas’ullariga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Shuningdek, mazkur uy-joylar belgilangan qoidalarga rioya qilinmagan holda qurilayotgani, inson salomatligiga xavf keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olinib, obyektga laboratoriya jalb qilingan hamda sinov tekshiruvlari o’tkazilgan.

⚫️Belgilangan xulosa asosida MCHJga nisbatan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, 2024-yil 20-avgustdagi hal qiluv qaroriga asosan “Izzatbek savdo kapital” MCHJga 2-uyning 5-qavatini, 4-uyning 5-qavati tashqi devorlarini va 4-uyning 3-4-5-qavatlarida ichki toʻsuvchi gazoblok devor konstruksiyalarini demontaj qilish majburiyati yuklatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda loydan qurilayotgan “dom” deya eʼtirof etilgan 4-sonli turar joy binosining 5-qavatidagi barcha tuproq suvli qorishmadan barpo etilgan devorlari, bundan tashqari 4-uyning 3-4-5-qavatlarida ichki toʻsuvchi gazoblok devor konstruksiyalari toʻliq demontaj qildirilgan.

Albatta hududiy inspeksiya tomonidan mazkur uy-joylarning qurilishi boʻyicha davlat nazorati davom ettiriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🚨Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonadonimiz tomidan chakki o'tayapti, shirkatga murojaat qilishdan naf bo'lmayapti", sarlavhasi ostida e'lon qilingan murojaat inspeksiya xodimlari tomonidan o'rganildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining nazorati ostida murojaatda ko'rsatilgan muammolar boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan
bartaraf etilmoqda.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#MUNOSABAT

Kun.uz internet saytida "Anhor-Lokomotiv bog'i yonidagi qurilish" sarlavhasi ostida e'lon qilingan material yuzasidan rasmiy munosabat.

Buyurtmachi “Park Rentail” MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan “Anhor turar joy majmuasi” uchun Toshkent shahar hokimining yer ajratish tog'risidagi qarori asosida yer ajratilgan. Shundan so'ng Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Arxitektura va shahahrsozlik kengashi xulosasi hamda Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi davlat muassasasining xulosalari olingan va ushbu hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda obyekt Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro'yxatidan o'tgan hamda unda davlat nazorati o'rnatilgan.

Biroq ushbu qurilish aholining e'tirozlariga sabab bo'lgan va holat yuzasidan fuqarolar tomonidan qurilish ishlarini to'xtatish bo'yicha sudga murojaat yo'llangan.

Mazkur murojaat qanoatlantirilib Toshkent shahar ma'muriy sudi apellatsiya instansiyasining qaroriga ko’ra Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasining obyektga berilgan 2023-yil 17-avgustdagi 78721-sonli Arxitektura va shaharsozlik kengashi xulosasi bekor qilingan.

Yuqorida ko‘rsatilgan manzilda esa bugungi kunda barcha turdagi qurilish-montaj ishlari to'xtatilgan.


Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#MUNOSABAT

Markaz24_uz Telegram kanalida e’lon qilingan “Yangi qurilishlarni atrofini o‘rash qiyinmi?” mavzusidagi
murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Markaz24_uz Telegram kanalida e’lon qilingan mazkur murojaatda keltirilgan holatlar Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi qurilish obyektlarida kuzatilganligi aniqlandi.

O‘rganishlar natijasida, ayrim qurilish obyektlarida atrofni o‘rash uchun foydalanilgan tunuka qoplamalar kuchli shamol ta’sirida joyidan siljigan hamda tartibsiz holga kelgan, shuningdek, ba’zi obyektlarda atrofni o‘rash ishlari yetarli darajada tashkil etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, buyurtmachilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Hozirgi kunda esa mazkur maydondagi qurilish obyektlarining atrofini o‘rash ishlari to’laqonli amalga oshirildi.


Telegram|Youtube|Instagram|Web|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🚨Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida olib borilayotgan qurilish binosining qulab tushgani haqidagi videolar tarqaldi.


Mazkur holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganilganda mazkur obyektda bino qulamaganligi, aslida qurilish jarayonida ishchilarning ehtiyotsizligi va texnik talablarning buzilishi natijasida qoliblar (opalubkalar) tushib ketganligi aniqlandi.

Hodisa natijasida yon-atrofdagi fuqarolarga hamda qurilish ishchilariga hech qanday zarar yetmagan.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram|