QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
3.87K subscribers
7.76K photos
742 videos
64 files
2.35K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

☎️1298
📱https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
🏗https://web.ccnis.uz/
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Download Telegram
#REYD

🚨Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda
.

Xususan, Qo'qon shahri "Istiqlol"MFY hududidagi 16-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazilganda qurilish madaniyatiga amal qilinmagani, shu bilan bir qatorda ishchilarining xavfsizligi ta'minlanmaganligi aniqlandi.

Obyektda o'rnatilgan ayrim eshik va romlar devorga to'liq ankerlar bilan qotirilmagan, binoning 2-5-qavatida yuvinish xonasi qismida jihoz o'rnatish ishlarida asos beton ishlari loyiha bo'yicha bajarilmaganligi ham ma'lum bo'ldi
.

🔴 Aniqlangan holatlar yuzasidan qurilishning mas'ullariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar demontaj qildirildi.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#REYD

🚨Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etilib, hududlarda qurilayotgan binolarning holatini o'rganish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda.


Xususan, Buxoro viloyati Olot, Qorako‘l, Jondor, Buxoro tumanlari hududidan o‘tuvchi Jondor kanalini modernizatsiya qilish obyekti o'rganilganda betonlash ishlari hamda gidroizolyatsiya materiallarini yotqizish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Undan tashqari G'ijduvon tumani Nodirabegim MFY hududida  qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosining holati ham ko'zdan kechirilganda qurilish obyektida yuritilishi majburiy bo'lgan ijro texnik hujjatlar, geodeziya xulosalari hamda yopiq ishlar dalolatnomalari to'liq rasmiylashtirilmaganligi, binoning temir beton konstruksiyalariga quyilgan beton mustahkamligini tasdiqlovchi laboratoriya sinov natijalari mavjud emasligi aniqlandi.

Ushbu qurilish obyektlarida aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ullarga qonuniy choralar ko'rildi va qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish ishlari to'xtatildi.

#BUXORO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etadi.


#NAMANGAN

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#REYD

🚨Qibray tumanida reyd tadbirlari jarayonida 11 ta holatda ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlandi.


Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qibray tumani "Guliston" MFY hududida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish va suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri o'tkazildi.

O'rganish davomida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanishga oid 11 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi


🔴 Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda noqonuniy ulanish holatlari joyida mas'ul xodimlar tomonidan bartaraf etildi.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨QASHQADARYO VILOYATIDA NOQONUNIY QURILISHLARNI ANIQLASH VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN REYD TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
#REYD

🚨Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda noqonuniy hamda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram|Web|