Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT
❕ Bugun kun.uz nashri orqali Toshkent shahar Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasida qurilgan yangi 10 qavatli uyning tom qismida qo‘shimcha uy qurilganligi bo'yicha e'lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Maqolada keltirilgan holat bo'yicha joriy yil 10-iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan manzil o’rganilgan va 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud bo‘lgan mansardaning yon qismiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilma qurib olganligi aniqlangan.
Ushbu o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga nisbatan inspeksiya tomonidan o’z vakolati doirasida fuqaroga 15 kun muddat ichida, ya’ni 25-iyul kuniga qadar bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Ta’kidlash lozimki, mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga nisbatan Inspeksiya mutaxassislari tomonidan qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chora ko‘rilgan. Tartibga ko’ra belgilangan majburiy ko‘rsatma talablari fuqaro tomonidan bajarilmagan taqdirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga majburiy tartibda bartaraf etish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi.
🔤 Maqolada keltirilgan ikkinchi masalaga to’xtaladigan bo’lsak, joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani “Yangi turmush” MFY Tursunzoda ko‘chasi 10-ko‘p kvartirali uyning 88-xonadon mulkdori tomonidan qonun hujjatlariga zid ravishda tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uyning tom qismidagi ochiq ayvonga o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilma aniqlangan.
Toshkent shahar hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmaga nisbatan fuqaroga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va bartaraf qilish, avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan, biroq fuqaro tomonidan bartaraf qilinmagan. Inspeksiya o‘z vakolati doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmani bartaraf etish chorasi sifatida 2023-yil 28-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga da’vo arizasini kiritgan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining 2023-yil 4-may kuni 2-1005-2310/5395 - sonli hal qiluv qaroriga asosan ko‘p qavatli uyning tom qismidagi ochiq ayvon qismiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmani bartaraf qilish va avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi. Ma’lumki, sudning hal qiluv qarorini ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Shu o'rinda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi axborot xizmati maqola mualliflari bilan bo’lgan suhbat davomida ikki holatga doir ochiqlash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni taqdim qilganligini ta’kidlaymiz. Mualliflarning mamlakatimizda noqonuniy qurilmalar muammosiga befarq bo’lmaganliklarini alohida e’tirof etgan holda aholi tomonidan bunday qoidabuzarliklar juda ko’p amalga oshirilayotganligini va bu muammoni bartaraf etishda barcha daxldor vakolatli tashkilotlarning majburiyatlari borligini eslatib o'tamiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Maqolada keltirilgan holat bo'yicha joriy yil 10-iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan manzil o’rganilgan va 96-xonadon mulkdori kadastr hujjatlarida mavjud bo‘lgan mansardaning yon qismiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilma qurib olganligi aniqlangan.
Ushbu o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga nisbatan inspeksiya tomonidan o’z vakolati doirasida fuqaroga 15 kun muddat ichida, ya’ni 25-iyul kuniga qadar bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Ta’kidlash lozimki, mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmaga nisbatan Inspeksiya mutaxassislari tomonidan qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chora ko‘rilgan. Tartibga ko’ra belgilangan majburiy ko‘rsatma talablari fuqaro tomonidan bajarilmagan taqdirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga majburiy tartibda bartaraf etish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi.
Toshkent shahar hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmaga nisbatan fuqaroga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va bartaraf qilish, avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan, biroq fuqaro tomonidan bartaraf qilinmagan. Inspeksiya o‘z vakolati doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmani bartaraf etish chorasi sifatida 2023-yil 28-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga da’vo arizasini kiritgan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining 2023-yil 4-may kuni 2-1005-2310/5395 - sonli hal qiluv qaroriga asosan ko‘p qavatli uyning tom qismidagi ochiq ayvon qismiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan og‘ir turdagi qurilmani bartaraf qilish va avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi. Ma’lumki, sudning hal qiluv qarorini ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Shu o'rinda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi axborot xizmati maqola mualliflari bilan bo’lgan suhbat davomida ikki holatga doir ochiqlash mumkin bo’lgan ma’lumotlarni taqdim qilganligini ta’kidlaymiz. Mualliflarning mamlakatimizda noqonuniy qurilmalar muammosiga befarq bo’lmaganliklarini alohida e’tirof etgan holda aholi tomonidan bunday qoidabuzarliklar juda ko’p amalga oshirilayotganligini va bu muammoni bartaraf etishda barcha daxldor vakolatli tashkilotlarning majburiyatlari borligini eslatib o'tamiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT
😄 Kun.uz saytida e'lon qilingan "Yoʼlsiz yoʼlovchilar — trotuarni ham egallayotgan quruvchilar qachon standartlarga amal qiladi?" mavzusidagi maqolada poytaxtimiz hududlarida amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari atrofidagi holat keskin tanqid qilingan. Haqiqatdan ham maqolada ko'rsatilgan holatlar o'rinli. Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mazkur holatlarni manziliga chiqqan holda o'rgandi va mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.
Xususan, ko'rsatib o'tilgan obyektlar atrofi joyida tozalanib, tartibga keltirildi. Havoga chang ko'tarilmaslik choralari ham ko'rilib, asfalt yo'lga zarar yetkazilgan joylar to'g'irlangan va trotuarlar piyodalar o'tishi uchun qulay holatga keltirildi. Biz OAV va umuman keng jamoatchilik tomonidan sohaga oid ko'tarilgan barcha muammolar yechimiga xayrixohmiz va odamlarning fuqarolik pozisiyasini yuksak qadrlaymiz. Nazorat ishlari hududlar bo'ylab davom etadi.
🔵 Quyida ushbu holatlarning avvalgi va hozirgi ko'rinishi aks etgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Xususan, ko'rsatib o'tilgan obyektlar atrofi joyida tozalanib, tartibga keltirildi. Havoga chang ko'tarilmaslik choralari ham ko'rilib, asfalt yo'lga zarar yetkazilgan joylar to'g'irlangan va trotuarlar piyodalar o'tishi uchun qulay holatga keltirildi. Biz OAV va umuman keng jamoatchilik tomonidan sohaga oid ko'tarilgan barcha muammolar yechimiga xayrixohmiz va odamlarning fuqarolik pozisiyasini yuksak qadrlaymiz. Nazorat ishlari hududlar bo'ylab davom etadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
🗺 Toshkent viloyatining Chirchiq shahri “Iftixor” MFY hududida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi 11 va 12-sonli uylarda yuzaga kelgan holatni oʻrganish va yechim topish maqsadida ishchi guruhi tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Kozim Toʻlaganov boshchiligidagi ishchi guruh tarkibida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi loyiha institutlari, “Qishloqqurilishloyiha”, shuningdek, “OʻzGASHKLITI” loyiha-qidiruv tashkilotlari masʼullari, Toshkent viloyati va Chirchiq shahri hokimligi mutasaddilari, sektor rahbarlari, qurilish-pudrat tashkiloti vakillari bor.
Bugungi kunda yuzga kelgan holat yuzasidan ushbu ko'p qavatli turar-joyning holati o'rganilib, holatni oldini olishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ko'p qavatli turar-joy binolarining foydalanuvchilariga vaziyat o'rganilib, nazoratga olinganligi ta'kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|

➡️Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Kozim To'laganov topshirig'iga asosan "Qishloqqurilishloyiha" MJCH bosh loyiha qidiruv instituti mutaxassislari tomonidan Chirchiq shahar "Iftixor"MFY hududida qurib bitkazilgan turar-joy binosi ya'ni 11 hamda 12-uylarning texnik holati o'rganildi.
Unga ko'ra:
➖ 11 va 12-turar joy binolarining yuk ko'taruvchi konstruksiyalarida nuqsonlar, yoriqlar va boshqa shikastlanishlar kuzatilmaganligi sababli qoniqarli holatda ekanligi aniqlandi;
➖ turar joylarning yer to'la devorlari beton sinfi B20 (M250), devor panellari beton sinfi B (M250) va tom yopma plitalari beton sinfi B25 (300M)ni tashkil etmoqda.
Ayni damda ushbu qurilish obyektida SHNK 2.02.01.98 "Bino inshootlar asoslari" me'yorlarining 2.68, 2.69 va 3-13-bandlari talablariga asosan har 300 mmda qatlam-qatlam gruntning mustahkamligi 1.65/m3 ga yetgunga qadar shibbalab, uni qayta ko'mish ishlari bajarilmoqda hamda SHNKning 2,01,09-97 ya'ni "Cho'kuvchan va o'ta cho'kuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar" 9-bandiga talablariga muvofiq bino premetri bo'ylab eni 200mmli tarkibida nometall armaturasi bo'lgan qalinligi 100mmli beton yo'lak ya'ni (otmostka) ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ilk bosqichdagi ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotiga loyihaviy yechimlar taqdim etildi.
Amalga oshirilayotgan loyihaviy yechimlar pudrat tashkiloti tomonidan to'liq bajarilgandan so'ng ushbu binolarni kelajakda xavfsiz ravishda ekspluatatsiya qilish bo'yicha ikkinchi navbatdagi konstruktiv loyiha yechimlari ishlab chiqiladi.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan hozirda ushbu turar-joy binolari avariya holatida emasligi aniqlandi.

🗺 Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahri Piridastgir ko'chasidagi obyekt atrofidagi holat joyiga chiqib o'rganildi.
Mazkur manzilda qurilayotgan ko'p kvartirali turar joy hali foydalanishga topshirilmagani va murojaatda ko'rsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingani aniqlandi. Binoning atrofi beton qilinib, aholi uchun qulay holatga keltirilgan.

🗺Andijon viloyati Jalaquduq tumani "Sharxon cheki" MFY hududida "Garand omad" MChJ tomonidan 5 ta 5 qavatli jami 100 xonadondan iborat turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda ushbu binolarning 1 tasida fasad va ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda. Qolgan binolarda devor tiklash va 3 tasida poydevor tiklash ishlari bajarilgan holda to'xtab qolgan.
Yuqoridagi holatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan reglament hamda ShNQ 3.01.04-19 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” me'yoriy hujjat talablariga to'g'ri kelmasligi sababli obyektlar inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan. Jumladan, buyurtmachi “Garand omad" MChJ tomonidan foydalanishga topshirish yuzasidan DXM orqali inspeksiyaga murojaat qilinmagan. Shuningdek shartnomaviy munosabatlarni hal etish inspeksiya vakolatiga kirmasligini bildiramiz.
Murojaatda keltirilgan masala, ya'ni uy-joyni belgilangan muddatda topshirilmaslik holati bo'yicha sud idoralariga murojaat etish maqsadga muvofiq.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling 👇

🔴 Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi viloyatning Izboskan tumani Mirzo Ulugʻbek MFY hududida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binolari boyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Izboskan tuman hokimining 2019-yil 25-noyabrdagi qaroriga asosan tuman Qurilish boʻlimining Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. Loyiha tashkiloti tomonidan 7 ta 5 qavatli jami 140 xonadonli turar-joy binolarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, "Davlat ekspertiza sinov” XK tomonidan ijobiy xulosa berilgan. Obyekt 2020-yil 15-iyulda inspeksiya roʻyxatidan oʻtkazilgan.
2020-yil 9-oktabrdagi Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti boʻlmagan obyekt uchun) boʻyicha ariza raqami bilan qilingan murojaat, maʼmuriy reglament asosida inspeksiya tomonidan koʻrib chiqilgan va 1 ta 5 qavatli 20 xonadonda iborat turar-joy binosi uchun foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.
Bugungi kunda ushbu qurilish obyekti hududida 4 ta 5 qavatli turar-joy binolarida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Jumladan, 2 - va 3-uyning tomi yopilib, yoʻlagi pardozlangan, xonadon eshiklari va deraza romlari oʻrnatilgan, ichki pardozlash, elektromontaj, santexnika ishlari bajarilmoqda/ 4-uyning 4-qavatida devor tiklash ishlari amalga oshirilmoqda/ 5-uyning poydevorosti beton tayyorgarlik ishlari bajarilgan holda toʻxtab qolgan. 6- va 7-uylarda qurilish ishlari hali boshlanmagan.
Murojaatda koʻrsatib oʻtilgan masalalar yuzasidan tegishliligi boʻyicha hududiy inspeksiya tomonidan pudratchi tashkilotga yozma koʻrsatma berilib, ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
🚨Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarga Karmana tumani Ipak yo‘li ko‘chasi 31-sonli ko‘p kvartirali uyning 4-xonadonida yashovchi fuqaro Akramova.Sh tomonidan xonadonidagi issiqlik quvrlaridagi nosozliklar borligi yuzasidan video murojaat joylashtirildi,ushbu holat bo'yicha Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari hamda murojaat muallifi ishtirokida holat joyiga chiqib o'rganildi.
✅O‘rganish davomida, Karmana tumani Ipak yo‘li ko‘chasi 31-uy 4-xonadonining issiqlik quvrlaridagi nosozliklar tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan joyida bartaraf etilib, shay holatga keltirilganligini ma’lum qilamiz
#NAVOIY
Telegram|Youtube|Instagram|Web|

⚠️ Bugun telegram messenjeri orqali "Sirdaryo viloyati Guliston shahri. To‘rtinchi qavatni qurishsa qulab tushmasmikan" mavzusidagi rasm eʼlon qilindi.
Mazkur holat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.
Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
#MUNOSABAT ⚠️ Bugun telegram messenjeri orqali "Sirdaryo viloyati Guliston shahri. To‘rtinchi qavatni qurishsa qulab tushmasmikan" mavzusidagi rasm eʼlon qilindi. Mazkur holat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan…
#MUNOSABAT
🚨Bugun telegram messenjeri orqali tarqalgan "Sirdaryo viloyati Guliston shahri. To‘rtinchi qavatni qurishsa qulab tushmasmikan? " mavzusidagi tanqid yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Obyekt joylashgan manzil va nomi: Sirdaryo viloyati Guliston shahar Na’muna MFY Birlashgan ko’chasida joylashgan ''Yoshlar mehnat guzari'' binosi
Buyurtmachi-pudratchi: D.Shakarova
Loyihachi: “Sirdaryo viloyati loyiha ishlab chiqarish boshqarmasi” MCHJ
Mazkur obyekt inspeksiyadan 2022-yil 24-martda ro’yxatdan o’tgan. 66-sonli ruxsatnoma bilan “Shaffof” milliy axborot tizimidan ham ro’yxatdan o’tgan bo’lib, 2023-yil 1-yanvardagi yangi platforma “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali qayta ro’yxatdan o’tkazilmagan.
✅ Inspeksiya hamda loyiha tashkiloti mutaxassislari tomonidan holat joyiga borib o’rganilganda, qurilish ishlari vaqtinchalik to’xtatilganligi va hozirgi kunda pudratchi tomonidan obyekt qurilishida quyidagi qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi:
➖qurilish obyektida malakali mutaxassis (prorab) mavjud emas;
➖yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan;
➖poydevor osti ishlari uchun f-8 va akt razbivka hujjatlari mavjud emas;
➖poydevorning beton ishlari notekis bajarilgan va tashqi vertikal gidroizolyatsiya ishlari sifatsiz bajarilgan;
➖binoning 1-qavati 3-4 o’qlari A va B kesishmasida tasdiqlangan loyiha hujjatlarida qavatlararo zinapoya va zinapoya maydonchalari o’rnilari loyiha bilan kelishilmasdan o’zboshimchalik bilan binoning konstruktiv holatiga o’zgartirish kiritilgan;
➖ 3-qavatdagi ikkinchi o'q B-B kesishmasidagi quyilgan temir-beton ustunlarning o’zaro gorizontal va vertikal o’qlardan 5-6 sm qochgan;
➖beton uchun sinov – laboratoriya xulosalari olinmagan va bu pudratchi tomonidan taqdim etilmadi.
🔴 Aytib o'tishimiz joizki, bugungi kunda ushbu qurilish obyektida qurilish ishlari to'xtatilib, buyurtmachiga ogohlantirish xatlari berilgan hamda ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritilgan.

Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.
https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot