QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
3.44K subscribers
8.42K photos
848 videos
64 files
2.58K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#REYD

🚨Toshkent viloyati Zangiota tumanida o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida, ko'p qavatli uyda yashovchi mulkdorlar tomonidan o'zboshimchalik bilan ko'p qavatli uyning bir necha joyidan chuqur kavlangan holda yerto'laga eshik ochilganligi aniqlandi


Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorlarga belgilangan tartibda jarima chorasi qo‘llanildi hamda o'zboshimchalik bilan qilingan ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.


Agarda inspeksiya xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, ushbu ishlarni majburiy tartibda bartaraf etish choralari ko'riladi.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📣 Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari diqqatiga!

📌 Sizni 19-mart kuni soat 10:00da boʻlib oʻtadigan ochiq muloqotga taklif qilamiz.

Bu yerda elektron reyting, tender jarayonlari va “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasi singari dolzarb mavzular yuzasidan savollaringizga javob topasiz.

📌Manzil: Toshkent shahri Abay koʻchasi 6A-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: 71 210-11-04 (12-73, 12-71, 12-70)

❗️Tadbirga avtomobilsiz kelish tavsiya etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Sirdaryoda reyd tadbirlari davomida ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgan 7 ta holat aniqlandi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat Suv ta’minoti xodimlari hamkorligida Mirzaobod va Guliston tumanlarida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish hamda suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 7 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar noqonuniy ulanishlar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar o‘tkazilib, qurilish obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda foydalanishga ruxsat berish tartibi tushuntirib o'tilmoqda.

#ANDIJON

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, “Farg‘ona suv qurilish invest” DM buyurtmachiligidagi Quvasoy shahri "Nayman" mahallasi hududida aholi tomorqa yerlarini sug‘orish sharoitlarini yaxshilash uchun barpo etilayotgan sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish obyekti o‘rganildi.

Natijada obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmaganligi oqibatida obyektning PK0+00 dan PK0+50 gacha bo‘lgan qismida beton ariqlar uchun quyilgan quyma beton ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan sifat talablariga javob bermaydigan ishlar joyida buzdirildi hamda qurilish mas’ullariga elektron tartibda yozma ko‘rsatmalar berildi.

Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo'ylab nazorat ishlari davom etmoqda.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Tadbirlar davomida ichimlik suvidan samarasiz foydalanish, oqova suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlanmoqda. Mazkur qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

#BUXORO

Telegram|Youtube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ko'p qavatli uyning konsturksiyasini buzgan mulkdorga qonuniy tartibda chora ko'rildi.


Berilgan yozma ko'rsatmalarga asosan qoidabuzarlik bartaraf etildi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨
Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli turar joylarning saqlanishi va ulardan foydalanish holatlarini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Monitoring davomida Mirzacho‘l tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish hududlari mulkdorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani hamda noqonuniy qurilmalar barpo etilgani aniqlandi.


Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qoidabuzar mulkdorlarga 15 kun muddat ichida holatni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi shart bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berildi hamda ushbu yozma ko'rsatmalarning ijrosi inspeksiya xodimlarining nazoratiga olindi.


#JIZZAX

Telegram|Youtube|Instagram