OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
8.68K subscribers
24.5K photos
1.48K videos
3 files
3.65K links
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar.

2021/©
Download Telegram
Oltinko‘l tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi
••••••••••

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabuli Oltinko‘l tumani, Ijtimoyat MFY, "Qadir tekstil" MCHJ ma’muriy binosida bo‘lib o‘tdi.  

Tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini tinglash va uni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar joylarda davom etadi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
"Yangi O'zbekistonning namunali iqtisodchi-tadbirkor oilasi"
••••••••••

Bugun Oltinko'l tuman prokuraturasi tomonidan "Yangi O'zbekistonning namunali iqtisodchi-tadbirkor oilasi" shiori ostida tumanimizning yetti hududidan namunali oilalar ishtirokida ko'rik tanlov o'tkazildi.

Ko'rik tanlovdan ko'zlangan asosiy maqsad, aholi tomonidan tomonidan tomorqalarda samarali foydalanish, qo'shimcha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi uylarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorona foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tanlov nizomiga ko'ra yosh oilalar uchta shart asosida bellashdilar. Oqilona Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko'ra Katta Oqtepa mahallasidan Xasanboy Ibragimovlar oilasi g'olib deb topildi. ishtirokchilarning barchasi tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
💲 Пахта хомашёси етиштирувчилар молиявий қўллаб-қувватланади

📝 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Пахта хомашёси етиштирувчиларни молиявий қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Қарори қабул қилинди.

🔘Унга кўра, 2024 йил ҳосили йиғим-терим даврида жаҳон бозоридаги пахта толасининг шаклланган фьючерс котировкалари бўйича пахта хомашёсининг бошланғич фючерс нархлари бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўм атрофида шаклланаётганлиги кўрсатиб ўтилган.

🔘Ўзбекистон Республика Товар-хом ашё биржасида 2024 йил ҳосилидан биринчи нав иккинчи синф бир тонна пахта хомашёсининг бошланғич фьючерс нархи, жаҳон бозоридаги пахта толаси котировкаларидан келиб чиқиб, 7 млн 800 минг сўм миқдорида эълон қилинган.

🔘Ҳукумат жаҳон бозорида пахта толасининг нархи кескин пасайиши натижасида юзага келган вазиятда пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида:

пахта етиштирувчилар томонидан биржа савдолари орқали реализация қилинган (электрон ҳисоб-фактура асосида) бир тонна пахта хомашёси учун Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан 1 млн сўм миқдорида субсидия ажратилади.

2024 йил учун пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчилар ўртасида биржа савдоларида тузилган шартномалар бўйича қўшимча келишув тузилади. Бунда пахта хомашёсининг сотиш нархи 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаслиги керак.

2024 йил ҳосилидан фьючерс шартномаларидан ташқари пахта хомашёсини биржа савдоларига чиқаришда унинг бошланғич нархини бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаган миқдорида эълон қилиш талаб этилади.

2024 йилда барча ҳудудларда пахта териш машиналари томонидан терилган ҳар бир тонна пахта хомашёсини йиғиб-териб олиш хизмати баҳосининг 20 фоизи, бироқ 250 минг сўмдан ошмаган қисми қоплаб берилади.

🔘Шунингдек, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Жамғарма ҳамда Марказий банкнинг 2024 йил ҳосили пахта йиғим-теримини қисқа муддатларда ташкил этиш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 25 июлдаги 452-сон қарорига асосан, соғломлаштирилаётган пахта-тўқимачилик кластерлари билан 2024 йил ҳосили бўйича шартнома (фьючерс, спот ва вақтинча сақлашда) тузган фермер хўжаликларига, шунингдек, ўз ер майдонларида пахта хомашёси етиштирган пахта-тўқимачилик кластерлари ва фермер хўжаликларига йиғим-терим харажатларини молиялаштириш учун Жамғарма ресурслари ҳисобидан имтиёзли кредитлар ажратиш тўғрисидаги таклифлари маъқулланди.

🔘Бунда имтиёзли кредитлар электрон тарози орқали қабул қилинган пахта хомашёси учун - 10 ой муддатга, йиллик 10 фоиз ставкада (2 фоиз банк маржаси) пахта қийматининг 20 фоизи миқдорида 3 ойлик имтиёзли давр ва сўнгги 7 ойда тенг улушларда қайтариш шарти билан ажратилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Bugun 15-sentabr 2024-yil, yakshanba.

📆 Bugun:
🇺🇳 Xalqaro demokratiya kuni.
🇺🇳 Xalqaro limfomadan xabardor bo'lish kuni.
🌏 Shnobel mukofoti kuni.
🌏 Xalqaro nuqta kuni.
🇺🇸 AQSh - Ispan madaniy merosi oyligining boshlanishi.
🇧🇾 Belorussiya - Kutubxonalar kuni.
🇬🇹 Gvatemala - Mustaqillik kuni.
🇭🇳 Gonduras - Mustaqillik kuni.
🇮🇳 Hindiston - Milliy muhandislar kuni.
🇨🇷 Kosta-Rika - Mustaqillik kuni.
🇳🇮 Nikaragua - Mustaqillik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Bilimlar kuni.
🇸🇻 Salvador - Mustaqillik kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya o‘rmonlari kuni.
🇨🇳 Xitoy - Oyning Chjunsyu hosil bayrami.

Tarixiy voqealar:
📲 1904 - Toshkentda telefon aloqasi ishga tushirilgan. 
1946 - Bolgariya xalq respublikasi deb e'lon qilindi.
🌇1977 - Toshkent shahrida Akmal Ikromov tumani tashkil topdi.
🔰 1997 - Google.com domeni ro'yxatdan o'tgan.
🎉 2010 - A.Navoiy xiyobonida yozuvchi Oybek haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar Vazirligi ogohlantiradi❗️

⚠️Paxta mavsumini betalofat o‘tkazishga barchamiz birdek mas’ulmiz.
——————————
❗️Hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar va paxta klaster korxonalari rahbarlari!

Mavsum davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratishingiz maqsadga muvofiqdir.

Paxta hom ashyosini saqlash, tashish, qayta ishlash jarayonida ham bu ishlarni sifatli tashkil etish muhim sanaladi.

Paxta mavsumi davrida yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
Bugun 16-sentabr 2024-yil, dushanba.
☀️ +32°...+18°, Ochiq havo

📆 Bugun:
🇺🇳 BMT - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni.
🇮🇹 Italiya - Julietaning tug'ilgan kuni.
🇰🇳 Sent-Kits va Nevs - Qahramonlar kuni.
🇲🇾 Malayziya - Malayziya federatsiyasi kuni, 1963.
🇲🇽 Meksika - Mustaqillik kuni.
🇵🇬 Papua-Yangi Gveniya - Mustaqillik kuni (1975, Avstraliyadan).
🇰🇬 Qirg'iziston - Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇵🇼 Qozog‘iston - Onalar kuni.

Tarixiy voqealar:
🌊 1492 - Kolumb Saragoss dengizini ochdi.
889 - Vashingtonda 1-Panamerika konferensiyasi ochildi.
🚘 1908 - “General Motors” kompaniyasiga asos solindi.
🏅 1918 - SSSR da Qizil Bayroq ordeni ta’sis qilindi.
📝 1987 - Yerning ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risidagi Monreal protokoli imzolandi.
🏛1998 - Toshkentda O’zbekiston FA ning Ulug’bek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligi tantanali nishonlandi.

✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |