OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
12.6K subscribers
24.7K photos
1.49K videos
3 files
3.68K links
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar.

2021/©
Download Telegram
Tadbirkorlarga yana bir qulaylik endilikda Oltinko'lda "Mebelchilik sanoat zonasi" tashkil etiladi
••••••••••

Oltinko'l tumani, S.Ashurov massivida "Mebelchilik sanoat zonasi" yangi megaloyihasini tashkil etish bo'yicha Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Oltinko‘l tumanida mas’ullar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat rahbari tashabbusi asosida amalga oshirilib kelinayotgan mebelsozlikni rivojlantirish harakatlari doirasida ishlab chiqilgan yangi loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Oltinko‘l tumanidagi 16 gektar yer maydonida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etadi. Viloyatimizdagi barcha mebelsozlik yo‘nalishlarini qamragan holda Andijondagi mebel mahsulotlarining yagona yirik bozorini o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunida Imom xatib, yoshi ulug‘lar va faollar ishtirokida ezgu maqsad oldidan qo‘llar duoga ochildi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
Bugun 14-sentabr 2024-yil, shanba.

📆 Bugun:
🌏 Shitirlashlarni eshitish kuni
🇺🇸 AQSh - Davlat madhiyasi kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Baxmal ayiq kuni 
🇲🇽 Meksika -  Chyapas shtati tashkil topgan kun.
🇮🇳 Hindiston - Hind tili kuni.
🇳🇵 Nepal - Bolalarni himoya qilish kuni.
🇷🇴 Ruminiya - Muhandislar kuni.

Tarixiy voqealar:
📝 1829 - Rossiya va Turkiya o'rtasida Adrianopol tinchlik shartnomasi tuzildi.
🔰1886 - Jorj Anderson yozuv mashinkasi tasmasini patentladi.
🏛1935 - Toshkent Pedagogika universiteti tashkil etildi.
💣 1954 - Sovet Ittifoqida atom qurollarining bir turini sinovdan o‘tkazish amalga oshirildi.
🌙 1959 - Luna-2 kosmik apparati dunyoda birinchi marta Oy yuzasiga qo‘ndi.
1991 - O'zbekiston Kommunistik partiyasi tarqatib yuborildi va Xalq demokratik partiyasi sifatida qayta tashkil etildi.
💻2000 - Microsoft Windows Milennium Edition operatsion tizimini chiqardi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#Tavsiya_qilamiz

Xonadoningiz xavfsizligini ta’minlamoqchi bo‘lsangiz, "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tomonidan yaratilgan "Aqlli uy" tizimidan keng foydalaning

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
Oltinko‘l tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi
••••••••••

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabuli Oltinko‘l tumani, Ijtimoyat MFY, "Qadir tekstil" MCHJ ma’muriy binosida bo‘lib o‘tdi.  

Tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini tinglash va uni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar joylarda davom etadi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
"Yangi O'zbekistonning namunali iqtisodchi-tadbirkor oilasi"
••••••••••

Bugun Oltinko'l tuman prokuraturasi tomonidan "Yangi O'zbekistonning namunali iqtisodchi-tadbirkor oilasi" shiori ostida tumanimizning yetti hududidan namunali oilalar ishtirokida ko'rik tanlov o'tkazildi.

Ko'rik tanlovdan ko'zlangan asosiy maqsad, aholi tomonidan tomonidan tomorqalarda samarali foydalanish, qo'shimcha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi uylarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorona foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tanlov nizomiga ko'ra yosh oilalar uchta shart asosida bellashdilar. Oqilona Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko'ra Katta Oqtepa mahallasidan Xasanboy Ibragimovlar oilasi g'olib deb topildi. ishtirokchilarning barchasi tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |