OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
9.45K subscribers
26.1K photos
1.65K videos
3 files
4.17K links
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar.

2021/©
Download Telegram
"Tadbirkorlik va bandlik" yarmarkasi o'tkazildi
••••••••••

Oltinko'l tumani IIB JXX probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan tadbirkorlar uchrashuvi o‘tkazilib, uchrashuv davomida ularni bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida bir nechta probatsiya hisobiga olingan nazorat ostidagi shaxslar ish bilan bandligi ta'minlandi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#sport

Yosh futbolchilarimiz peshqadam
••••••••••

Oltinkoʻl tumanida Andijon viloyati sport maktablari oʻrtasida futbol musobaqasi final bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa viloyatimizning Paxtabod, Izboskan, Xo’jaobod, Baliqchi, Shahrixon, Bo’ston hamda Oltinko’l tumanlarining
2010-2011 yillarda tug’ilgan yoshlari o’rtasida o’tkazildi.

Qizg’in va murasiz o’tgan turnirda Oltinkoʻl sport maktabi futbol murabbiysi O’tkirbek Mamatqulov shogirdlari finalda Shahrixonlik tengdoshlarini 3-2 hisobida yengib, musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdilar.

Musobaqa qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Bugun, 10-avgust haftaning shanba kuni.

📆Bugungi bayramlar:

🌏 Xalqaro biodizel yoqilg‘isi kuni.
🌏 Oq yo‘l tilash kuni.
🇦🇷 Argentina - Harbiy-havo kuchlari kuni.
🇲🇨 Indoneziya - Veteranlar kuni.
🇪🇨 Ekvador - Mustaqillik kuni.

Tarixiy voqealar:

🏝 1500 - Diogu Diash Madagaskar orolini kashf qildi.
⛵️ 1519 - Fernand Magellan sayohatga chiqdi.
🤴🏻 1675 - Angliya qiroli Karl II Grinvich observatoriyasining tamal toshini qoʻydi.
⚔️ 2014 - Donbassdagi urush paytida Ilovaysk uchun jangning boshlanishi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Obodlik shukuhi...
••••••••••
Tumanimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tufayli har bir hudud obod maskanga aylanmoqda. Ayniqsa hududlarda ichki yo'llarni ta'mirlanishiga katta e'tibor qaratililishi, yo'llarning tekis va ravonligi mahallalarga nafaqat fayz berishi balki, xalqning bugunidan rozi bo'lib yashashlari uchun xizmat qilmoqda.

Oltinko'l tumani Markaz mahallasidagi ko'p qavatli binolar atroflarini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish hamda yo'lakchalarni asfatlash ishlari amalga oshirildi. Hududlarda amalga oshirilayotgan shu kabi bunyodkorlik ishlari mahalla ahlining quvonchiga sabab bo'lib, nuroniylarimizning qo'li duoda...

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogoh bo'ling❗️

👉 Talonchilik – Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
2024-2025 o'quv yiliga tayyorgarlik bo'yicha ko'rgazmali seminar o'tkazildi (fotoreportaj)
••••••••••


Bugun Oltinko'l tumani 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2024-2025 o'quv yiliga tayyorgarlik bo'yicha maktab direktorlari hamda ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktorlar o'rinbosarlari ishtirokida ko'rgazmali seminar o'tkazildi.

Seminar qatnashchilariga 1-maktab misolida davlat standartlariga mos ravishda yangi o'quv yili uchun sinf xonalarni jihozlash, devoriy burchaklarni to'gri tashkil qilish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Shundan so'ng maktab ota-onalar jamoasi raislariga o'quvchilar uchun maktab formalari ko'rgazmali chiqish tarzida tavsiya qilindi.

E'tiborli jihati shundaki seminarda maktab binosining o'zida "Maktab bozori" hamda "Kitoblar yarmarkasi" ham tashkil etildi. Bu esa, ota-onalarga qo'shimcha qulayliklar yaratadi.

📸 Seminarning batafsil foto jamlanmasi

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон қурувчиларига байрам табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева строителям Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
OLTINKO'L FAXRI.
USTA KULOL Mirzabahrom Abduvahobov

1950-yil 18-oktyabr Oltinkoʻl tumani, Jalabek qishlogʻida tug'ilgan.

Mirzabahrom Abduvahobov Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va respublika “Usto” jamiyati qoshidagi ijodiy uyushma aʼzosi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, YuNESKO huzuridagi Anʼanaviy xalq amaliy sanʼati tarqatish markazi. BMT nomidan “Usto” xalqaro unvoni berilgan.
Andijon shahar “Hunarmand” uyushmasi badiiy kengashi raisi.

Mirzabahrom ota o‘z asarlari bilan ko‘plab ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Jumladan, kulollar va kulolchilarning Respublika seminarida, rassomlarning Respublika badiiy ko‘rgazmasida bo‘ldi. Avstriya, Ispaniya va Germaniya, Makedoniya, Vengriya, Chexoslovakiya, Ruminiya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalar laureati.

Uning asarlari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi, xorijiy muzey va galereyalarda o‘z o‘rnini topgan. Ustozning yuzdan ortiq shogirdlari bor.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati