OCHUN.UZ | Rasmiy kanal
6.31K subscribers
3.63K photos
1.49K videos
8 files
4.4K links
🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali
Murojaat va takliflar uchun:
@Ochun_Uzgamurojaat
Facebook facebook.com/profile.php?i
Instagram instagram.com/ochunuz
YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g
Tel +998956626161
Download Telegram
Qashqadaryoda o‘qituvchi maktab o‘quvchisini urib, burnini qonatdi

Avvalroq Qashqadaryoda maktab o‘quvchisini o‘qituvchi kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan ayollarning ish joyi saqlanishi lozim

Ombudsmanga murojaat: “Tug‘ruq ta’tilidan so‘ng meni tug‘ruq ta’tiliga ketgan boshqa xodimning o‘rniga ishga qo‘yishdi. U ishga qaytgandan so‘ng esa meni ishdan noqonuniy bo‘shatib yuborishdi. Nima qilay?
Ombudsman axborot xizmati bunday holatda fuqarolarning qanday huquqlari borligini tushuntirdi.

bizga obuna bo‘ling
O‘zbekistonda keksalarga poyezd va samolyot qatnovlariga chiptalar sotib olishda noyabr oyida chegirmalar beriladi

Keksalar uchun turizm oyligi munosabati bilan Uzbekistan Airways barcha ekonom klassdagi tariflarga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Chegirma 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga amal qiladi.
Chegirmali aviachipta xarid qilayotganda O‘zbekiston fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi bo‘lishi kerak.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ham shu sana davomida “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari mahalliy yo‘nalishlar uchun chiptalarning tarif qismidan 20 foiz chegirmalar belgiladi.
Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo‘nalishlarga amal qiladi.
Ma’lumot uchun, chiptalarni O‘zbekiston temiryo‘l kassalaridan pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda xarid qilishi mumkin.

bizga obuna bo‘ling
Kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Qanda hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi? Savollarga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Mahmudjon Azimov maqolasida javob topishingiz mumkin.

batafsil - ochun
Nogironligi bor yoshlar yuridik texnikumlarda bepul o‘qishadi

Hujjat bilan qonun hujjatlariga boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.

batafsil - ochun
Qo‘lbola alkogol mahsulotlarini yashirincha ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A., M.M. va boshqalar Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani “Qovunchi” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qalbaki aksiz markalardan foydalangan holda sotish maqsadida qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarganliklari aniqlanib, ushbu xonadondan “Toshkent oqshomi” nomli 185 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsuloti hamda 85 dona yelim idishdagi jami 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda yuk mashina haydovchisi yo‘l chetida turgan uch kishini urib yuborib qochib ketdi

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, hodisa 7 oktyabr kuni Boysun tumani hududida sodir bo‘lgan.
Captiva haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchisi M-39 avtomobil yo‘lining Boysun tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetida to‘xtab mashinaga yonilg‘i quyayotganda noma’lum transport ularni urib yuborib, qochib ketgan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida gumondor yuk mashinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani aniqlangan. 56 yoshli haydovchi tegishli tartibda ushlanib, Boysun tuman IIBga olib kelingan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor prosessual tartibda qamoqqa olingan.

bizga obuna bo‘ling
Metro bekatlariga yaqin korxonalarda ham ish vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Hozirda metropolitenning Paxtakor, Amir Temur xiyoboni hamda Chilonzor bekatlari eng yuqori yo‘lovchi oqimiga ega.

bizga obuna bo‘ling
Fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofotlar daromad solig‘idan ozod etiladi

2025 yil 1 yanvardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi.

batafsil - ochun
Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi 18,7 mln soʻm jarimaga tortildi

bizga obuna bo‘ling
Onlayn qimorga yutqazib qo‘ygan MIB xodimi 6,5 yil muddatga muddatga ozodlikdan mahrum etildi

MIB Yunusobod tumani bo‘limining depozit bo‘yicha mutaxassisi 13 nafar fuqaroning plastik kartasiga o‘tkazib olish orqali bo‘lim depozit hisobraqamidagi mablag‘dan 932 mln so‘mni o‘zlashtirib yubordi. U bu pullarni onlayn qimorga tikib, yutqazgan.
1992 yilda tug‘ilgan M.B. 2022 yil 2 dekabrdan 2023 yil 21 iyulga qadar MIBning Shayxontohur tumani bo‘limi depozit bo‘yicha mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu davrda ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning ortiqcha to‘langan 46 mln so‘m pulini egasiga qaytarmasdan, jiyanining plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Sud hukmi bilan M.B. 6,5 yil muddatga muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda qalbaki dorifurushlar qo‘lga olindi

Namanganda 1 mlrd so‘mlik dori vositalarini qalbakilashtirayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.
Ular “Perasetam”, “Deksametazon” kabi arzon narxdagi dorilarni olib, qadog‘i va yorliqlarini o‘zgartirish orqali qimmat narxdagi boshqa dorilarni tayyorlagan.

bizga obuna bo‘ling
Navoiyda qurigan terakni ruxsatsiz kesgan fuqaro salkam 10 mln so‘m jarima to‘laydi

Holat nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.

batafsil - ochun
Roddomdan bolani olib chiqish uchun pul talab qilishgani haqidagi video tarqaldi

Holat Shofirkon tumanida sodir bo‘lgani aniqlanib, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi. Ammo munosabatda tibbiyot muassasasida haqiqatan ham korrupsiya holati yuz bergan yoki bermagani haqida aniq ma’lumot keltirilmagan.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umra xizmatlarini tashkil etish uchun turfirmalarga yangi litsenziya shartlari eʼlon qilindi:

- 1 mln dollar mablagʻni “Ziyorat jamgʻarmasi”ga zaxira qilib qoʻyish;

- Ziyoratchilarning guruh rahbari etib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni tayinlash;

- Turfirma shtatida diniy (islomiy) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

- Voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik;
- Oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;

- Ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining faqat “Umra vizasi”ni rasmiylashtirish – boshqa viza bilan olib borish noqonuniy hisoblanadi;
- Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podshohligidagi hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular koʻrsatadigan xizmatlar uchun toʻlovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish.

bizga obuna bo‘ling
Ish faoliyatidagi xato va kamchiliklari tufayli Karmana tuman hokimi jazolandi

Karmana tumani hokimi Valijon Adizov Ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari, o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgan. Bu haqda Navoiy viloyat hokimi farmoyishida bayon etilgan.
Tuman hokimi Valijon Adizov Mehnat kodeksining 312-moddasi (ntizomiy jazo choralari) birinchi qismining 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Bunga Valijon Adizovning viloyat hokimi nomiga yozgan tushuntirish xati asos qilingan.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejaga kiritilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda: 3,2 metr va 6,5 metr bo‘ladi.
Bekatlar zamonaviy multimedia tizimlari va ichki ishlar organlariga tezkor chaqiruv tugmasi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi.

bizga obuna bo‘ling
Magistraturadagi o‘qish davri ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

batafsil - ochun