OCHUN.UZ | Rasmiy kanal
6.34K subscribers
3.63K photos
1.49K videos
8 files
4.4K links
🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali
Murojaat va takliflar uchun:
@Ochun_Uzgamurojaat
Facebook facebook.com/profile.php?i
Instagram instagram.com/ochunuz
YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g
Tel +998956626161
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejaga kiritilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda: 3,2 metr va 6,5 metr bo‘ladi.
Bekatlar zamonaviy multimedia tizimlari va ichki ishlar organlariga tezkor chaqiruv tugmasi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi.

bizga obuna bo‘ling
Magistraturadagi o‘qish davri ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

batafsil - ochun
Xorijdagi vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

batafsil - ochun
O‘zbekistonda ayrim hokim yordamchilari maoshining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi

“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

batafsil - ochun
Jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan:

● jamoat transporti uchun ajratilgan alohida yo‘laklarda faqat jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi. Bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;

● alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishi mumkin;

● bunda ular yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Zangiotada avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonaga tashrif buyurdi

Shu yerda kelgusi rejalar haqida maʼlumot berildi. Xususan, 2025-yilda 1,15 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Natijada BYD, Chery, Changan, Geely avto, Dongfeng kabi yangi avtomobil brendlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

bizga obuna bo‘ling
Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tgan 9 oy davomida aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan holatlar va ularga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot

9 oy davomida Ózboshimchalik bilan 3610 ta holat (463,4 gektar) aniqlandi.
Shundan:
2315 ta holat (325,7 gektar) bartaraf etildi
763 ta holat (62,8 gektar) bo‘yicha Sud organlariga da’vo arizasi kiritildi.
52 ta holat (6,3 gektar) bo‘yicha hujjatlar Prokuratura organlariga yuborildi.
411 ta holatning (60,2 gektar) bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada robot birinchi marta orkestrga dirijyorlik qildi

Premyera Drezden simfonik orkestrining 25 yilligiga bag'ishlangan konsertda bo'lib o'tdi.

bizga obuna bo‘ling
TAYINLOV

Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi

Shovkat
Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabida

Bu yerda Germaniya tajribasi asosida yiliga 480 nafar muhandis tayyorlanadi hamda ming nafar xodimning malakasi oshiriladi.

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

Mazkur fabrika birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu orqali yilliga 917 ming tonna mis va 2,5 ming tonna molibden konsentratlari ishlab chiqariladi. 5 ming 600 kishining bandligi ta’minlanadi.

bizga obuna bo‘ling
Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlarni endi Qoraqalpoq tilida ham yechish mumkin

Testlar rus va o‘zbek tillarida ham yangilangan platformada testlar kelgusi haftada boshlanadi

batafsil - ochun
Sirdaryoda sholidan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborganlarga chora ko‘rildi

Huquqbuzarlarga tabiatga yetkazilgan zarar (19 million 190 ming soʻm) va jarima — jami 45 million 65 ming so‘m tovon to‘lash belgilandi.

batafsil - ochun
Navoiyda qiymati 100 mln dolarlik alyuminiy qutilar zavodini qurilishi kutilmoqda

Korxonaning quvvati yiliga 1,5 mlrd bankadan oshadi. 200 dan ortiq yangi yuqori malakali ish oʻrinlari yaratiladi. Zavod 2025-yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalari ishlab chiqargan shaxs qamoqqa olindi

Ikki manzildan 14 kilodan ortiq sintetik giyohvandlik vositasi topildi.

bizga obuna bo‘ling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boyovut tumani markazida oqova suv tizimi yaxshilanmoda

Ayni kunlarda Uchturgon, Sohil, Beruniy, Madaniyat, Ma’naviyat, Ijodkor, Farhod va Navro‘z mahallasida uzunligi 58 km bo‘lgan yangi tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.

bizga obuna bo‘ling
“Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi

Ovoz berish bosqichi 25 oktyabr 10:00 ga qadar dаvom etadi.
Loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishing!

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xonqada xalq uchun qurilgan koʻprikni oʻzlashtirib, “soqqa” qilayotgan “tadbirkor” faoliyatiga qachon chek qoʻyiladi?

Siz koʻrib turgan tasvirlar  Xorazm viloyati Xonqa tumani hududida joylashgan vaqtinchalik, omonatgina qurilgan koʻprikdan oʻtish chog‘ida tasvirga olingan.
Mahalliy aholining aytishicha, mashinada oʻtayotgan odam pul bermasa u boshqa qishloqdan aylanib oʻtishi uchun orqaga qaytarib yuboriladi.
Aslida ikki qishloqni bogʻlash uchun avvaldan koʻprik boʻlgan. Lekin koʻprik eskiligi sababli tadbirkor tomonidan buzib, qaytadan qurilayapti. Qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlarimiz esa Otning oʻlimi itning bayrami qabilida ish koʻrib, koʻpriksiz qolgan qishloq aholisidan shu bilan birga qishloqqa qandaydir yumush bilan tashrif buyurayotgan haydovchilardan muntazam yoʻl puli olib kelmoqda.
Xorazm viloyati masʼul mutasaddilarining holatga munosabatini kutib qolamiz!

bizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noturar joyni turar joyga oʻtkazish tartibini bilasizmi?

Batafsil maʼlumotni video orqali olishingiz mumkin.

bizga obuna bo‘ling
O‘qituvchi o‘quvchini igna sanchib jazoladi

Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga o‘qituvchisi igna tiqib jazolagan va xojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazgan. Ushbu holatni qizchaning otasi IIBga murojaatida ma’lum qilgan.
Bu haqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati xabar berdi.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jarohat darajasini aniqlash uchun qizaloqqa nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

bizga obuna bo‘ling