Nurafshon shahri hokimligi
5.27K subscribers
38.6K photos
3.51K videos
50 files
11.3K links
Download Telegram
#jarayon

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida shahrimizning barcha joylarida keng ko'lamli tozalash obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan shaharning markaziy(Bobur, Toshkent yo'li) ko'chalarida tozlash obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib, bino devorlar oqlandi, hududlar begona o'tlardan tozalandi.

Jarayonlar davom etmoqda...

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimizning_33_yilligiga

🇺🇿BIRLASHSAK VATANMIZ!

Barmoqlar birlashib bir musht bo‘ladi,
Irmoqlar jamlansa daryo to‘ladi,
Yulduzlar yuz ochsa tunni tiladi,
Gullar, chechaklardan bunyoddir chaman,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

Millatlar birlashsa xalq yaralgaydir,
Shu xalqdan olamga nur taralgaydir,
Birlashgan ellarga xush qaralgaydir,
Osuda osmonga yarashmas tuman,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

Gar dillar dillarga chiroq tutsalar,
Adovat, g‘arazni yiroq tutsalar,
Muazzam tonglarni uyg‘oq kutsalar,
Yagona vujuddir asli jon va tan,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan.

Unutma, insonsan, oqili zamon,
Vafodan yayraydi, borki tirik jon,
Vatan ham vafoga muhtojdir har on,
Vafoda yakdilmiz, asralgaydir sha’n,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

Buyuk ajdodlarning nomin yod etib,
Ulug‘ Amir Temur ruhin shod etib,
Najmiddin Kubrodek erk tug‘in tutib,
Bir bo‘lsak yo‘lolmas yov ham daf’atan,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

O‘zbek o‘zligidan iftixor qilsa,
Yuz o‘ttiz el-elat bir qaror qilsa,
Tenglikda birlikni barqaror qilsa,
Tarqoqni bir zarba tut kabi to‘kkan,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

Yurtboshi niyati nurdek nurafshon,
Tinchlikdan tovlansin bu ko‘hna jahon,
Birlik, ahillikda azizdir inson,
Yangi o‘zbekiston – bir jonu bir tan,
Birlashsak vatanmiz, birlashsak vatan!

                                        
✍️ Mahmud TOIR
O‘zbekiston xalq shoiri


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
👍1
#jarayon
#dolzarb_15_kun
#obodonlashtirish

Toshkent yo'li ko'chasi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bayram shukuhi

🏥Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yiligi munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbirlari tashkil etildi
.

🔹Bayramda  tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritib kelayotgan faxriy hodimlarning ko'p yillik samarali mehnatlari e'tirof etildi va estalik sovg'alari topshirildi.

🔸Bundan tashqari maktabga ilk bora qadam qo'yayotgan bolajonlarga tibbiyot birlashmasi ma'muriyati tomonidan o'z estalik sovg'alarini topshirishdi va bolajonlar bilan birgalikda tibbiyot birlashmasiga ekskuriya qilindi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Fuqarolarga mehnat jihozlari topshirildi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni  qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Uchqun", "Yangiobod" hamda "Birlik" mahallalarida "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turuvchi, bandligi ta'minlanmagan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat jihozlari olib berildi.

Jumladan, 2 ta nootbook va 2 ta nonpishirgich elektro pech taqdim qilindi.

Fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida subsidiya asosida topshirilgan ushbu asbob-uskunalardan endilikda ular o'zini-o'zi bandligini ta'minlashi hamda oilasi ro'zg'origa qo'shimcha daromad topishlari mumkin.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram.