Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
963 subscribers
5.05K photos
360 videos
22 files
1.47K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
⚡️ 2023/2024-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga kelib tushgan hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlariga tayyorgarlik yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz so‘raladi.

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz lozim.

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz so‘raladi (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 15-iyul kuni – Prezident maktablari kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi!

🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR RO‘YXATI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi boshlanish arafasida!

📌 Respublika bo’ylab bo’lib o’tayotgan imtihonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: test2023.uz

🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

📌 Mazkur bosqichda talabgorlardan
matematika fanidan 30 ta test ishlash talab etiladi. Buning uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi saralash bosqichining 2-smenasi o’z ishini boshladi.

🔴 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: test2023.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️ Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📆 Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 31-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🗣Ma'lumot uchun, imtihonlar 3 smenada o‘tkazildi.

🗺 Lavhada Toshkent shahridagi jarayonlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#fakt
#imtihon_2023

❗️Prezident maktablarining imtihon savollari xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Unga binoan Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari to‘liq mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan savollar yuzasidan rasmiy munosabat

Xabaringiz bor, 15-iyul kuni barcha Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 smenada bo‘lib o‘tdi.

Turli ijtimoiy tarmoqlarning "1-smena savollari 2- va 3-smenada ham takrorlangan" deya, xavotir bilan bildirayotgan fikr-mulohazalari asossiz.

Hurmatli ota-onalar, shuni ma’lum qilamizki, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqib mazkur birinchi bosqich imtihonlari 3 smenada 3 xil variantda tashkil qilingan. Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti har yili imtihon savollarini zaxirasi bilan taqdim etadi.

Agar talabgorlar soni bundan ham ko‘p bo‘lib, yanada ko‘proq smenada tashkil qilganida ham shuncha smenaga mos har xil variantlar taqdim etilgan bo‘lardi. Bir smenada berilgan savollar keyingi smenalarda aynan qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi saralash bosqichi hisoblanib, udan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi Respublika bo‘yicha bir vaqtda va 1 smenada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi asosiy bosqich imtihonlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib ko‘radilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube