Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.04K subscribers
5.74K photos
410 videos
23 files
1.64K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tashabbus
#Yangi_loyiha

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi matematika fani o'qituvchisi Vasila G'ulomova tomonidan SAT bo'yicha yangi tashabbus amalga oshirildi.

Loyihada SAT imtihonidan yuqori natijaga erishgan o'quvchilardan guruh tashkil etilib, SAT va DIGITAL SAT bo'yicha kitob tayyorlandi hamda ilk taqdimot "Turon" xalqaro xususiy maktabida bo'lib o'tdi. Shuningdek, har ikkala maktab o'quvchilari o'rtasida turli hil musobaqalar ham tashkil etildi.

🔥Quvonarlisi, mazkur taqdimotlar tez kunda ixtisoslashtirilgan maktablarda ham davom ettirilishi ko'zda tutilgan.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Nurafshon_Prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi.

🟢 Xalqaro maktablar Kengashi - xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

✔️  Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
— maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
— maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

  Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishishni boshlashdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Zakovatda_kuch
#Õquvchilar_ligasi

⚡️⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual klubi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "O'quvchilar ligasi"ning 4-turi bo'lib o'tdi.

Mazkur ligada maktabimizning 10 dan ortiq jamoalari ishtirok etib, Respublika miqyosida jamoalarimizning natijalari yuqori o'rinlarda bormoqda.
Barcha jamoalarga omad tilaymiz❗️

📢Eslatma: mazkur liga har haftaning payshanba kuni maktab binosida tashkil etilmoqda.

📗
Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube