Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
959 subscribers
4.94K photos
350 videos
22 files
1.45K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri