Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
955 subscribers
5.18K photos
373 videos
22 files
1.5K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Chavandozlik_maktabi

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chavandozlik maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5212-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, o'quvchi-yoshlarni sog'lomlashtirish, ularning ushbu sportga qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi to'garak mashg'ulotlari tashkil etildi.

🐎
"Chavandozlar maktabi" milliy o'zbek ot sportini rivojlantirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu kabi mashg'ulotlar orqali o'quvchilarimizda milliy sport turiga boʻlgan qiziqishlari yanada ortmoqda. Bu sport turlari o'quvchilarimiz tomonidan yaxshi o'zlashtirib borilmoqda.

O‘quvchilar muntazam ravishda ot sporti bilan shug'ullanib kelishmoqda. Bu o'quvchilarimizning jismoniy holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Eng_yaxshi_kitobxon_ustozlar

📚  Nurafshon shahridagi Prezident maktabida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Eng yaxshi kitobxon ustozlar" tanlovi o'tkazildi.


📖 Ushbu tanlov Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asari asosida tashkil etildi.

📝 Tanlovda g'olib bo'lgan "Millat uchun" jamoasi final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook▶️ YouTube
#Zulfiya_tavalludining_110_yilligi
#Seni_kuylayman_hayot

❇️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Seni kuylayman hayot " mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

📚
Ushbu tadbir davomida shoira haqida maʼlumotlar, ijodidan sheʼrlar aytildi. Kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.Hayot va ijod yoʻli aks etgan videolavhalar namoyish etildi.

Tadbir doirasida o'quvchilarimizga shoira haqida ko'plab ma'lumotlar berilib, jonkuyar Zulfiyaxonim yana bir bor yodga olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook▶️ YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘qituvchilar avlodi – kelajak quruvchilari

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Pedagogika (STEM fanlari bo'yicha) yo'nalishi talabalari Toshkent shahridagi Prezident maktabida amaliyot o'tashmoqda.

Talabalar egallagan bilimlarini yurtimizdagi eng nufuzli maktablardan birida sinab ko'rish imkoniga ega ekanliklari va o'qituvchilik kasbini tanlaganliklaridan faxrda ekanliklarini ko'rib juda quvondim.

Kuchli liderlar va buyuk shaxslarning paydo bo'lishida ustozlarining o'rni beqiyos. Kelajak Al-Xorazmiylari va Ibn-Sinolarni yetishtiruvchi ustozlar, albatta, bizning talabalarimiz qatoridan chiqishiga ishonaman.

@hilola_umarova